Mavzu: Tik shaxta stvoli markazi va o‘qini tabiy sharoitda (joyda) belgilash va o‘rnatish. Reja


-Rasm. Bitta tik vosstayushiy orqali qavat laximlarini stvor usulida ikkita otves yordamida yo‘naltirish (oriyentirlash) sxemasi: a-vertikal qirqim; b-planda


Download 491.05 Kb.
bet5/6
Sana23.01.2023
Hajmi491.05 Kb.
#1113669
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tik shaxta stvoli markazi va o‘qini tabiy sharoitda (joyda) belgilash va o‘rnatish.

20.6.-Rasm. Bitta tik vosstayushiy orqali qavat laximlarini stvor usulida ikkita otves yordamida yo‘naltirish (oriyentirlash) sxemasi: a-vertikal qirqim; b-planda.
Yo‘naltirilayotgan gorizontda A va B nuqtalarni maxkamlaymiz, ular orasiga a va b otveslarni maxkamlagan holda (20.6, a rasm) sim tortamiz. Otveslar vosstayushiy 2 orqali asosiy gorizont 3 ga tushiriladi. Asosiy gorizontda otveslar stvorida C nuqtani belgilaymiz, gorizontal burchaklar β1 va β2 (20.6, b rasm) larni o‘lchanadi va KD tomon direktsion burchagini bilgan holda uni otveslar stvoriga o‘zatiladi. Shu tarzda AB chiziq direktsion burchagi qavat gorizontida aniqlanadi.
A nuqta koordinatasini aniqlash uchun qavat gorizontida Aa masofa, asosiy gorizontda esa Ca va CD masofalar o‘lchanadi. Keyin koordinatalar orttirmasi hisoblanadi va D nuqtaning ma`lum koordinatasi orqali A nuqtaning x va y koordinatalari hisoblanadi. Otveslar stvori bo‘yicha C nuqtada teodolitning o‘rnatilishini o‘zgartirib yo‘naltirish (orientirlash) ni ikki marta bajariladi. Oxirgi natija sifatida ikki marta o‘tkazilgan yo‘naltirish natijalari o‘rtachasi olinadi. Olingan AB chiziq direktsion burchagi va A nuqta koordinatasi asosida qavat laximlarida teodolit s’yomkasi o‘tkaziladi.
Balandlik otmetkasi asosiy gorizontdan qavat gorizontining qazish blokida teodolit s’yomkasi punktlariga tik vosstayushiy orqali ruletka yordamida, qiya vosstayushiy orqali trigonometrik usulda teodolit yo‘llarini o‘tkazish bilan bir vaqtda o‘zatiladi. Balandlik otmetkasini qavatlar gorizontlariga o‘zatish xatoligi ±0,15 m dan oshmasligi kerak.
20.7-rasmda balandlik otmetkasini o‘zatishning geometrik va trigonometrik nivelirlashlarni birga olib borgan holda amalga oshirish sxemasi keltirilgan.

20.7. – rasm. Balandlik otmetkasini uzatish sxemasi.

Bu holatda qavat gorizontiga nivelir 2 o‘rnatiladi, voostayushiy tepa qismiga esa ruletka 3 tushiriladi. Nivelir bilan qarab ruletkadan b va S reperga o‘rnatilgan reykadan 1 sanoqlar olinadi. Asosiy gorizontda teodolit A nuqta ustiga (yoki nuqta ostiga) shunday o‘rnatiladiki teodolit ko‘rish trubasidan osilgan otvesning pastki qismida a sanoq ko‘rinadigan bo‘lishi kerak. Teodolit yordamida vertikal burchak δ aniqlanadi va teodolit ko‘rish trubasi aylanish o‘qidan ruletkadagi a sanoq nuqtasigacha bo‘lgan qiya masofa L o‘lchanadi. Asbob balandligi i ni A nuqta ustidan teodolit ko‘rish trubasi aylanish o‘qigacha ruletkada o‘lchanab olinadi, keyin balandlik otmetkasi HC hisoblanadi:


НС= НА+i+h+(b-а)-с,
bunda НАA nuqtaning balandlik otmetkasi; iasbob balandligi;
h=L sinδ,
bunda L — qiya ko‘rish nuri uzunligi; δ — vertikal burchak; b — ruletkaning nul qiymati (delenie) pastda joylashgan holatda asosiy gorizontda ruletkadan olingan sanoq; a - ruletkadan pastgi qismi bo‘yicha A nuqtadan olingan sanoq; s - reyka bo‘yicha S nuqtadan olingan sanoq.
Yo‘naltirish (orientirlash) va balandlik otmetkasini asosiy gorizontdan o‘zatish s’yomkalaridan so‘nг qavat laximlarida tafsilot s’yomkalariga kirishiladi.

Tafsilot s’yomkasi usullari.


Tafsilot s’yomkasi marksheyderlik planlar va geologik qirqimlarda barcha kon lahimlarining holatini, shaxtadagi har xil inshootlarning, shuningdek foydali qazilma yotqizig`i (zalej) yotishining geometriк elementlarini batafsil aks ettirish uchun bajariladigan marksheyderlik ishlarni qamrab oladi. Tafsilot s’yomkasida o‘lchash ishlari aniqligi teodolit yo‘llarini o‘tkazishdagi o‘lchashlardan ancha kichik bo‘ladi va s’yomkaning maqsadi, s’yomka planini tuzish masshtabiga bog`liq bo‘ladi. Tafsilot s’yomkasi shaxtada teodolit yo‘lini o‘tkazish mobaynida yoki alohida amalga oshiriladi. SHaxtada tafsilot s’yomkasi teodolit yo‘llarini o‘rnatish bilan bir vaqtda yoki alohida o‘tkaziladi. Yer osti kon laximlarida tafsilot s’yomkasi: qutbiy, burchak kestirma va chizg`iy kestirma, ordinata usullarida amalga oshiriladi. Barcha s’yomka usullarida s’yomka qilinayotgan kon laximining abrisi (tashqi ko‘rinishi, xomaki chizmasi) albatta tuziladi. Kon laximlari s’yomkasida boshqa kishilarning ishtiroki taqiqlanadi, maxsus usullar va asboblarda o‘tkaziladi, ishning xavsizligini ta`minlagan holda o‘tkaziladi.



20.8. – rasm. Lavalar s’yomkasi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



  1. Download 491.05 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling