1. Qо’l va mashina operatsiyalarda ishlovchilar quyidagilarga rioya qilishi kerak:
-mashinalar, asbob va moslamalarning ishga yaroqliligi tekshiribt turiladi. Ish boshlashdan oldin ish о’rni saranjomlab olinadi, mashinada barmoqqa igna kirib ketishining oldini oladigan saqlagich, yuritgich, tasma tо’sig’i mashinani ishga tushirish joylarida izolyatsiya g’iloflari bor yо’qligini tekshiriladi va xokazo;
-elektr simlariga ip, latta, simchalar osmaslik lozim, aks xolda qisqa tutashuv yuz berishi mumkin. Simlarda nuqson sezilsa, darxol elektromantyorga xabar berish, ochirib qolgan simlarga qol tekkizmaslik kerak;
-narsalarni ishlayotgan mashina ustidan uzatish mumkin yemas;
-elektr dvigatelini о’chirmasdan mashinaga moy surish, uni tozalash, mashina shkiviga tasma kiydirish man yetiladi;
-ish о’rnida asboblar sochilib yotmasligi, qaychi va iplar mashinaning aylanayotgan qismlari yoniga quyilmasligi kerak;
-ish о’rinlari orasidagi yо’lni tо’sib qо’ymaslik kerak.
2. Dazmol bilan ishlaganda quyidagilarga rioya qilish kerak:
-elektr dazmolda ish boshlashdan oldin shnur izolatsiyasi tekshirib kо’rilishi lozim;
-dazmol, shtepsel‘ rezetkasi, vilkaning tok о’tkazuvchi qismlariga qol tekizish mumkin emas;
-dazmolning tuzuqligiga axamiyat berish zarur (korpusda qisqa tutashuv bо’lsa, ishlayotganda qo`lga salgina igna sanchilganday bо’ladi);
-ishlayotganda shnur dazmolga tegib turmasligi kerak;
-dazmolning о’ta qizib ketishiga yо’l qoymaslik lozim;
-dazmol, shtepsel, razetkasi, vilka buzuq bо’lsa ishni tо’xtatib, elektromontyorni chaqirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |