5. Pijin tillari. Mahalliy tillarning Evropa tillari bilan chatishuvi natijasida yuzaga kelgan
tillardir. Pijin va kreol tillari o‗xshash va farqli tomonlarga ega. Agar kreol tilida
so‗zlashadigan, uni ona tili deb hisoblaydigan aholi bo‗lsa, pijin tili bunday xususiyatga
ega emas. Pijin tillaridan ikkinchi aloqa vositasi sifatida katta port shaharlarida
foydalaniladi. Umuman olganda, pijin tili kreol tillarining paydo bo‗lishida boshlang‗ich
bosqich sanaladi. Hozirgi vaqtda eng ko‗p tarqalgan pijin tillaridan biri «pijin-inglish»
deb nomlanuvchi janubiy Xitoy portlarida qo‗llanadigan tildir. SHuningdek, X1X asr
o‗rtalarida S.I.CHerepanov tomonidan urganilgan «rus tilining xitoy dialekti», ya‘ni
kyaxta deb atatuvchi pijin tili ham mavjud (Rosiya va Xitoy chegarasidagi Kyaxta
shahrida yashovchi aholining o‗ziga xos «tili»). YAmayka, Gaiti singari orollarda
mahalliy aholi bilan francuz, ispan, portgal tillari aralashuvidan yuzaga kelgan pijin tillari
hozir ham keng qo‗llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |