6. Sun’iy tillar. Maxsus yaratilgan xalqaro aloqa tillariga sun‘iy til deyiladi. Masalan,
esperanto tili 1887 yilda polyak shifokori A.Zamengof tomonidan yaratilgan. Bu til ancha
keng tarqalgan. Bu tilda gazeta va jurnallar nashr etiladi, badiiy asarlar nashr etiladi.
Bunday sun‘iy tillar qatoriga yana ido, volyapyuk, okcidental, interlingva, neo kabi
tillarni ham kiritish mumkin.
7. Dialekt. Bu so‗z yunoncha bo‗lib, sheva, lahja ma‘nosini ifodalaydi. Ma‘lum bir
qabila, xalq yoki millat tarkibiga kiruvchi kichik hududga tarqalgan aholi tilidir. Mahalliy
dialektlar ijtimoiy dialektlar va jargonlardan o‗ziga xos grammatik qurilishga, lug‗at
fondiga ega ekanligi, kelajakda milliy adabiy tilga asos bo‗lib xizmat qila olishi bilan
farqlanib turadi.
Demak, jamiyatga til qanchalik zarur bo‗lsa, til uchun jamiyatning bo‗lishi shunchalik
ahamiyatlidir. Tilning mavqei, rivojlanishi uning muomalada bulishi, aloqa vositasi
sifatida xizmat qilishiga bog‗liq. Jamiyatning har bir a‘zosi tilning sotsiolingvistika fani
yuqoridagi masalalardan tashqari yana ayollar, erkaklar, o‗smirlar, maktab va bog‗cha
yoshdagi bolalarning nutqiga xos xususiyatlarni o‗rganishga xam katta e‘tibor qaratadi.
3-ilova (1.4)
Do'stlaringiz bilan baham: |