Mavzu: til va jamiyat


Download 160.5 Kb.
bet3/14
Sana09.05.2023
Hajmi160.5 Kb.
#1448354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Til va jamiyat. Sotsiolingvistika

Fonetik-fonologik sath.
Tilning bu sathi til tizimidagi nutq tovushlarini o’rganadi. Fikr almashish uchun foydalaniladigan so’zlar va gaplar, albatta, tovush lar tizimida o’z ifodasini topadi. Tilning tovush tizimini turli tomondan o’rganish mumkin, chunki nutq tovushlari o’z tabiatiga va til tizimida bajaradigan funksiyasiga ko’ra murakkab hodisadir. Inson nutqining tovushlari fizik xususiyatlariga ko’ra tabiatda paydo bo’ladigan tovushlarning bir turidir. Shuning uchun tovushlar tizimini o’rganishda akustik nuqtayi nazardan ham yondashiladi. Ammo, inson foydolanadigan tovushlar, tabiatdagi boshqa tovushlardan farqli o’laroq, kishining nerv sistemasi tomonidan boshqarilib turadigan nutq organlari mahsulidir. Shuning uchun, tovushlar fiziologik nuqtayi nazardan ham o’rganiladi. Nihoyat, tovushlarni tildagi bajaradigan funksiyasi nuqtayi nazrdan ham o’rganish mumkin, chunki tovushlar tilda o’z holicha mavjud bo’lmaydi. Ular so’zlarni yasashda va fikr almashish vositasini ta’minlab berishda muhim rol o’ynaydi. Tovushlarning fizik va biologik xususiyatlarini fonetika fani o’rganadi. Tovushlarning til tizimida bajaradigan funksiyalarini esa fonologiya o’rganadi. Fonetikaning bir necha ko’rinishlari bor: nazariy fonetika, amaliy fonetika, segmental, supergmental fonetika va fonologiya.
Fonetikaning to’rtinchi asosiy sohasi hisoblanmish fonologiya alohida fan sifatida qaraladi.
Fonetika tilning boshqa qismlari va sathlari bo’lgan morfologiya va sintaksis, leksika va uslubiyat bilan uzviy bog’liqdir. Nutq fonetik jihatdan fraza, takt, bo’g’in va nutq tovushlariga ajraladi. Fraza nutqning eng katta fonetik birligi bo’lib, ikki tomondan pauza bilan chegaralanib, o’ziga xos ohangga ega bo’ladi. Frazalar taktdan tashkil topgan bo’ladi. Frazaning ikki kichik pauza orasiga joylashgan va yagona urg’u bilan talaffuz qilinadigan bir yoki bir nechta bo’g’inning yig’indisiga takt deyiladi. Frazada nechta urg’u bo’lsa shuncha takt bo’ladi.
Takt bo’g’inlardan tashkil topadi. Bo’g’in bir yoki bir nechta tovushdan tahkil topib, bir zarb bilan talaffuz qilinadigan fonetik birlikdir. Bo’g’in ta’rifiga aloqador bir qancha nazariya mavjud. Shulardan ikkitasi: fonologik bo’g’in nazariyasi va fonetik bo’g’in nazariyasi keng tarqalgan. Tovushlar fonetika birligi sifatida o’rganilganda “nutq tovushlari” yoki “fonlar” deb yuritiladi. “Fon” hozirgi tilshunoslikda keng tarqalgan atama bo’lib, nutqning eng kichik, ma’no anglatmaydigan birligidir.
Nutq tovushlarining o’rganilishidagi aspektlardan biri fonologiya deb yuritiladi. Nutq tovushlarining vazifaviy qiymatini fonologiya o’rganadi. Fonologiyaning o’rganish manbai fonemadir. Fonema so’z, so’z shakllari va morfemalarni tashkil etuvchi, ma’no farqlash uchun xizmat qiluvchi eng kichik, boshqa bo’laklarga bo’linmaydigan til birligidir. Masalan, tup-tub; quy-qo’y; sut-sud so’zlari fonemalar yordamida farqlanadi. Tarkibidagi birgina fonema bilan farq qiluvchi so’zlar kvaziomonimlar deb yuritiladi. Tildagi barcha fonemalar bir-biriga nisbatan ma’lum ko’lamda bo’ladi. Fonemalarning bog’lanishi, o’zaro munosabati fonologik tizimni tashkil etadi.

Download 160.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling