Mavzu: tirik organizmlarning xilma-xilligi
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
7 sinf 2 dars slayd
O’qituvchi ; Mamajonova Zulfiya. Mavzu:TIRIK ORGANIZMLARNING XILMA-XILLIGI Reja: 1.Organik olamning zamonaviy sistematikasi. 2.Sistematik birliklar. 3.Organik olam. YANGI BILIMLARNI KASHF ETAMIZ. Sayyoramizda yashaydigan tirik organizmlar hayratla_x0002_narli darajada xilma-xil. Yerda tirik organizmlarning nechta turi mavjud? Olimlarning taxminiy hisob- kitoblariga ko‘ra, dunyoda 3 millionga yaqin organizm turlari yashaydi. Sayyoramizda_x0002_gi hayotning xilma- xilligini o‘rganish qulay bo‘lishi uchun ularni ma’lum tartibga keltirish, ya’ni organizmlarni muayyan xususiyatlariga ko‘ra tizimlashtirish zarur. Tirik organizmlarning qaysi xususiyatlari muhim? Masalan, agronomlar o‘simliklarni yovvoyi va madaniy, sabzavot va mevali o‘simliklarga ajratadilar. Dorishunoslar esa o‘simliklarni shifobaxshlik xususiyatlariga ko‘raklas_x0002_sifakatsiya qiladilar. Bu tasniflarning barchasi muhim, ammo ular faqat iqtisodiy vazifalarni hal etishga qaratilgan. Barcha tirik organizmlar uchun umumiy bo‘lgan klassifikatsiyani qanday yara_x0002_tish mumkin? Ushbu muammoni sistematika fani hal etadi. Sistematika tirik organizmlarni tashqi va ichki tuzilishidagi o‘xshashlik darajasiga qarab ma’lum tartibga sistema (tizim)ga solish bilan shug‘ullanadi. Ikki o‘quvchi bahslashib qoldilar. 1- o‘quvchi: kitlar tashqi tuzilishi bilan akulalarga o‘xshaydi, har ikkisi ham dengiz hayvoni, shuning uchun kit va akula baliqlardir. 2- o‘quvchi: hayvonlarni faqat tashqi tuzilishiga ko‘ra bir sistematik guruhga birlashtirish noto‘g‘ri. Oq akula va kitni baliqlar guruhiga birlashtirish to‘g‘rimi? Tirik organizmlarni bitta sistematik gu_x0002_ruhga birlashtirishda faqat tashqi tuzilishini hisob olish yetarlimi? Organizmlarning qarindoshlik darajasini baholash uchun, albatta, bir emas, balki barcha or_x0002_ganlar sistemalarini taqqoslash hamda taqqoslanayotgan organizmlar tuzilishidagi o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlash muhim. Shunday qilib, taqqoslash metodidan foydalanib, organizmlar sistematik guruhlarga birlashtiriladi. Organik olamning zamonaviy sistematikasi. Hozirgi vaqtda organizmlarning tuzilishi va ke_x0002_lib chiqishi umumiyligi nuqtayi nazaridan organik olam sistematikasi qabul qilingan. Tirik organizmlar kelib chiqishi, o‘xshashlik darajasi va tarixiy rivojlanishiga qarab guruhlar – sistematik birliklarga birlashtiriladi Bir-biriga yaqin hayvon turlari avlodlarga, avlodlar oilalarga, oilalar turkumlarga, turkumlar sinflarga, sinflar tiplarga, tiplar esa hayvonot dunyosiga birlashtiriladi. O‘xshash o‘simlik turlari turkumlarga, turkumlar oilalarga, oilalar tartiblarga, tartiblar sinf_x0002_larga, sinflar bo‘limlarga, bo‘limlar o‘simliklar dunyosiga birlashtiriladi. Yuqorida sanab o‘tilgan birliklar, ya’ni tur, avlod, oila, turkum (tartib), sinf, tip (bo‘lim) sistematik birliklar – taksonlar deb nomlanadi Taksonomik birliklarning qo’llanishi bilan o’simliklar misolida tanishamiz. Tur – hamma organlari bir-biriga o‘xshash, ma’lum hududda – arealda tarqalgan tirik organ_x0002_izmlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, sariq do‘lana – tur. Tog‘larda sariq do‘lana turiga kiradigan o‘simlik tuplari o‘sadi. Ular guli, mevasi, bargi va boshqa belgilari bilan juda o‘xshash. Shuning uchun ular bir turga kiritilgan. Fanda har bir turni qo‘sh (ikki) nom bilan, o‘simliklar tur va turkum (hayvonlarda tur va av_x0002_lod) nomlari bilan atash qabul qilingan. Bu binar nomenklatura deyiladi. Turni ikki nom bilan atashni birinchi bo‘lib shved tabiatshunosi Karl Linney (1707–1778) fanga kiritgan. Masalan, sa_x0002_rimsoq piyoz va anzur piyozdagi sarimsoq va anzur so‘zlari turga tegishli, piyoz so‘zi esa turkumga tegishli nom bo‘lib, mazkur turlarning piyoz turkumiga oid ekanligini bildiradi. Fanda har bir turning mahalliy nomlaridan tashqari yana ilmiy, ya’ni “lotincha” nomi ham bor. Har bir turni lotin tilida nomlashning qanday ahamiyati bor? Turkum – bir-biriga yaqin turlardan tashkil topgan. O‘zaro o‘xshash turkumlar oilaga bir_x0002_lashtiriladi. Masalan, bodom, olma, o‘rik, na’matak, do‘lana turkumlari birlashib, ra’nodoshlar oil_x0002_asini tashkil etadi. Kelib chiqishi jihatidan yaqin bo‘lgan oilalarga, ular esa o‘z navbatida sinflarga birlashtiriladi. Masalan, loladoshlar, bug‘doydoshlar (boshoqdoshlar), chuchmomadoshlar kabi oilalar to‘planib, bir urug‘pallali o‘simliklar sinfini hosil qiladi. Ra’nodoshlar, ituzumdoshlar, gul_x0002_xayridoshlar kabi oilalar birlashib, ikki urug‘pallali o‘simliklar sinfini tashkil etadi. O’simlik turlarining klassifikatsiyasi Hayvon turlarining klassifikatsiyasi B ir va ikki urug‘pallalilar sinflariga oid o‘simliklarning barchasi gulli o‘simlik bo‘lgani uchun bu ikki sinf, Gulli o‘simliklar yoki Yopiq urug‘li o‘simliklar bo‘limiga birlashtiriladi. O‘simliklar dunyosi o‘simliklar sistematikasidagi eng katta birlik bo‘lib, yo‘sinlar, qirqbo‘g‘imlar, qirqquloqlar, ochiq urug‘li o‘simliklar, yopiq urug‘li o‘simliklar kabi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi. Hozirgi kunda ko‘pchilik mutaxassislar tomonidan organik olam ikkita katta dunyo: prokariot va eukariotlarga ajratilgan. Prokariotlarga bakteriyalar, eukariotlarga esa protistalar, zamburug‘lar, o‘simliklar va hayvonlar dunyolari kiradi. Bakteriyalar dunyosiga birlashtirilgan tirik organizmlarning hujayralarida yadro bo‘lmaydi. Shuning uchun ular prokariotlar deb ataladi. Eukariotlarning hujayralarida yadro mavjud. 1 . Eng yirik sistematik birlik qanday nomlanadi? 2. Biologiyada sistematikaning ahamiyati nimada? 3. Tur deganda nimani tushunasiz? 4. Nima uchun fanda tirik organizmlarni qo‘sh nom bilan atash qabul qilingan? Qo‘llash O‘simlik va hayvonot dunyosining asosiy sistematik guruhlarini sxemada ifoda eting. Dala qirqbo‘g‘imi organik olam sistematikasida qaysi dunyo va katta dunyoga mansub? Topshiriq Prokariot va eukariot organizmlar haqida ma’lumot to‘plang va do‘stlar_x0002_ingiz bilan o‘rtoqlashing. Uyga vazifa ? Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling