Falsafa Olamning universal aloqalari va rivojlanishi. Falsafaning qonun va kategoriyalari


Download 25.5 Kb.
Sana15.11.2021
Hajmi25.5 Kb.
#174711
Bog'liq
Falsafa 5- mavzu-WPS Office


Falsafa Olamning universal aloqalari va rivojlanishi. Falsafaning qonun va kategoriyalari.

1 Rivojlanish g‘oyasi inson ongida uzoq asrlar davomida shakllanib boradi. Lekin dastlabki davrlarda mutafakkirlar rivojlanishni butunlay yangi narsaning, yangi bosqichning paydo bo‘lishi, deb tushunish darajasiga ko‘tarila olmaganlar. Rivojlanish g‘oyasini bir butun dunyo rivojlanishi bilan bog‘lab tushunishda muhim qadamni birinchi bo‘lib fransuz faylasufi Rene Dekart qo‘yadi. U, dunyoni xudo yaratayotib, unga dastlabki turtkini kiritgan va uni harakatga keltirgan, deydi. XVIII asr fransuz ma’rifatparvarlari Volter va Russo inqilobiy qayta qurishni o‘z ichiga olgan tarixiy rivojlanish g‘oyasini ilgari surishadi. Ularning izdoshi Kondorse esa o‘zining jamiyatning ilgarilama harakati, uzluksiz taraqqiyot to‘g‘risidagi ta’limotini yaratadi. Bu mutafakkirlar o‘z qarashlarida g‘oyaviy omilla jamiyatni harakatga keltiruvchi, rivojlantiruvchi asosiy kuchlardir, degan g‘oyani ilgari suradilar. Nihoyat, rivojlanish to‘g‘risidagi har xil qarashlarning sintezi sifatida bir butun taraqqiyot nazariyasi faqat nemis klassik falsafasidagina paydo bo‘ldi. Bu falsafaning asoschilaridan biri I.Kant rivojlanish g‘oyasini Quyosh sistemasi va barcha yulduzlar dunyosini izohlashga tatbiq etib, uni hatto insonning ijtimoiy rivojlanishiga, xususan, insonning axloqiy rivojlanishiga ham joriy etishga urinadi Kantning shogirdi Gerder esa rivojlanish g‘oyasini butun xalqlarning tarixi taraqqiyotiga va insoniyat madaniyati taraqqiyotiga birinchi bo‘lib tatbiq etadi. Bu davrga kelganda, rivojlanish g‘oyasini dialektika tushunchasi ifodalay boshlaydi.Falsafaning mazkur bo’limi rivojlanish muammosini turli nuqtai nazarlardan o’rganuvchi konsepsiyalarni o’z ichiga oladi. Ularning orasida dialektika, metafizika va sinergetika alohida o’rin egallaydi. Ularning ayniqsa keng e’tirof etilgani va mufassal ishlab chiqilgani dialektikadir.«Dialektika» (yunon. dialektike – suhbat qurish san’ati) so’zining «dialog» (yunon. dialogos – ikki yoki bir nechta suhbatdoshlar so’zlashuvi) so’zi bilan umumiy jihatlari bisyor. Dastlab dialektika bahslashish, munozara qilish san’ati sifatida tushunilgan, bunda fikrlar, qarashlar qarama-qarshiligi vositasida haqiqatning tagiga yetish maqsadida muammoni o’zaro manfaatdor muhokama qilishga qaratilgan munozara nazarda tutilgan.

2 Qonun tushunchasi kundalik hayotimizda nisbatan tez-tez ishlatib turiladigan tushunchadir. Xususan, fizika yoki kimyo qonunlari deymiz, tabiat qonuni yoki bo’lmasa, iqtisodiy qonunlar, yuridik qonunlar va h.k.Qonun - olamdagi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy va takrorlanib turuvchi bog’lanishlari, o’zaro aloqalari va munosabatlarining namoyon bo’lishidir.Qonunlarning bir qancha turlari bor. Ular voqelik qonunlari, fan qonunlari, yuridik qonunlar, falsafa qonunlari. Fan qonunlari ob’ektiv voqelik qonunlarining inson tafakkuridagi in’ikosidir. Fan ta’riflab beradigan qonunlar muayyan sharoitdagi ob’ektiv, umumiy, zarur va muhim aloqalarning in’ikosidir Qonun - muayyan shart-sharoitda narsalar voqealar rivojining xususiyati va yo‘nalishini belgilaydigan, ma’lum bir qat’iy natijani taqoza etadigan ob’ektiv dunyodagi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy, nisbiy, barqaror munosabatlaridir.Qonunlar quyidagi xususiyatlarga ega: - eng muhim belgilarni aks etadi; - umumiy munosabatlarni ifodalaydi; - zaruriylik,majburiylik; - barqarorlik, takrorlanuvchanlik.

3 Qonunlar amal qilish doirasiga ko‘ra uch guruxga bo‘linadi: 1. Eng umumiy qonunlar - tabiat, jamiyat, tafakkurning istisnosiz barcha ob’ektlariga xos bo‘lgan universal, falsafiy qonunlardir. Ular tabiat, jamiyat taraqqiyotining umumiy hamma erda, doim mavjud bo‘lgan xossalari, mayllari o‘rtasidagi umumiy, zaruriy, barqaror ichki takrorlanib turuvchi, muhim ob’ektiv bog‘lanishlarni ifodalaydi.

2. Umumiy qonunlar - moddalarning saqlanish va aylanish qonuni; butun olam tortishish qonuni va hokozalar.

3. Xususiy qonunlar - Fizikada qulon qonuni, Mendeleevning kimyoviy elementlarining davriy sistemasi, huquqshunoslikda fuqora-lik qonuni, saylovlar haqidagi qonun, jinoyat kodeksi va boshqalar.

Namoyon bo‘lishiga ko‘ra qonunlar ikki guruxga bo‘linadi: 1. Dinamik qonunlar - mutloq ma’nodagi sababiy, zaruriy bog‘lanishlarni ifodalaydi.

2. Statistik qonunlar - mutloq ma’nodagi zaruriy qonunlar emas, ular ehtimollik sababiga muvofiq bo‘lgan bog‘lanishlarni ifodalaydi. Masalan: nishonga otilgan o‘qning mo‘ljalga tegish ehtimolidir Har qanday fanning asosini uning qonunlari tashkil etadi. Jumladan, falsafa fanining qonunlari, eng umumiy qonunlar sifatida tabiat, jamiyat va inson tafakkurining umumiy bog‘lanishlarini tarzida ifodalaydi. Falsafaning uch qonuni bor: 1. Miqdor o‘zgarishlarning sifat o‘zgarishlariga o‘zaro o‘tish qonuni; 2 Qarama - qarshiliklar birligi va kurashi qonuni; 3 Inkorni inkor qonuni. Bu qonunlar haqida fikrlarimizni quyida batafsilroq davom ettiramiz.



4 " Kategoriya" grekcha so‘z bo‘lib, "muloxaza", "ta’rif" degan ma’noni anglatadi. Matematika «son», «differensial», «integral» kabi kategoriyalar bilan bog’liq. Biologiyada «tur», «irsiyat», «o’zgaruvchanlik» kabi kategoriyalar mavjud. Mazkur ta’rifga ko‘ra ob’ektiv reallikdagi narsa va hodisalarning umumiy, muhim tomonlarini, xususiyatlari va munosabatlarini aks ettiruvchi tushunchalar kategoriyalar deb ataladi.Falsafa kategoriyalari o‘ziga xos kategorial apparat tizimiga ega bo‘lib, bu tizim o‘z mohiyatiga ko‘ra turli kesimlarda namoyon bo‘lishi mumkin. Falsafa kategoriyalari deganda bir tomondan,narsa va hodisalar, hamda ular o‘rtasidagi takrorlanib turuvchi aloqadorliklarni ifodalovchi keng mazmundagi - borliq, voqelik, makon, zamon, miqdor, sifat kabi tushunchalarni aks ettiruvchi kategoriyalarni, ikkinchi tomondan, o‘z xususiyatlariga ko‘ra juft holda keluvchi kategoriyalarni tushunishimiz lozimdir. XVII-XIX asrlarga kelib, falsafiy kategoriyalar tahlilida. yangi davr vujudga keldi. Xususan, I. Kant qarashlarida kategoriyalar «sifat» , «miqdor» «munosabat», «modallik» tarzida izohlangan. Kantdan farqli o‘laroq, Hegel esa mantiqiy kategoriyalarni: «borliq» (sifat, miqdor, me’yor), «mohiyat» (asos, hodisa, mavjudlik), «tushuncha» (ob’ektiv, sub’ektiv, absolyut g‘oya) tarzida izohlagan.Falsafa fanining kategoriyalari haqidagi turli qarashlarni umumlashtirib aytganda, ularning mantiqiy tushunchalar sifatidagi quyidagi tavsiflari bor: 1) ob’ektiv voqelikning in’ikosi; 2) narsa va hodisalarning o‘zaro bog‘lanish va aloqadorligini mantiqiy umumlashtiruvchi bilish usuli; 3) narsa va hodisalarning rivojlanishi bilan o‘zgarib turuvchi mantiqiy tushuncha; 4) borliqning mavjudligidan kelib chiqadigan tarixiy — mantiqiy bilish darajalaridan biri. Ko‘pchilik mutaxassislar kategoriyalar olam, undagi narsa va voqealar, ularning asosiy va takrorlanib turuvchi aloqadorligini ifodalaydigan keng mazmundagi tushunchalardir, degan fikrga qo‘shiladilar. Bu ma’noda borliq, voqelik, harakat, makon, zamon, miqdor, sifat va boshqalar falsafaning ana shunday kategoriyalaridir.
Download 25.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling