Mavzu: Tizim xossalari va prisiplari Tizimning asosiy belgisi va ko‘rsatkichlari
Download 479.51 Kb. Pdf ko'rish
|
3-маруза.docx
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tizimlilik tamoyili
4. Tizimning tamoyillari
Umumiy tizim nazariyasi rivojlanishida mantiq, to‘plam nazariyasi, kibernetika va boshqa fanlar katta ahamiyat kasb etadi. Sohaga oid tizim nazariyasi har xil usullar yordamida tizim xususiyatlarini ochib beradi. Gap fan sohalariga tegishli ko‘zatib boriladigan fizik, kimyoviy, biologik, iqtisodiy, ijtimoiy tizim nazariyalari ketmoqda. Maxsus tizim nazariyalari, ularning alohida tomonlari, aspektlari, kesimlari, bosqichlarida aks etishiga yunaltirilgan. Tizimlilik tamoyili dialektik falsafaning bir chegarasi bo‘lib, dialektik usulni aniqlash va rivojlanish sifatida talqin qilinadi. “Ushbu fanni to‘liq egallash uchun, uni har taraflama o‘rganish talab qilinadi. Bunga to‘liq erishib bo‘lmaydi, ammo har taraflama o‘rganish xatolardan xolis etadi…” Tizimlilik tamoyili - funksiya elementlarini o‘zaro aloqasi jamlanmasini taqdim qiladi, kutilayotgan natijaga erishishni oz muddat ichida, kam mehnat bilan moliyaviy va iqtisodiy sarf - harajatni, atrof - muhitga kam miqdorda zarar keltirishini ta’minlaydi, kompleksli obekt kabi yangi texnikaga yaqinlashishni ko‘zlaydi. U ob’ekt tadqiqotini bir butun deb, boshqa tarafdan esa kattaroq tizimning qismi, qilinayotgan belgilangan munosabatdagi qolgan tizimlar o‘rtasidagi joylashgan tahlil qilinayotgan o‘bekt sifatida talqin qilinadi. Bu holatda, tizimlilik prinspi ob’ekt va predmetni har taraflama qamrab oladi. Tizimli tahlilning foydaliligi resurslarni yuqori samaradorlik bilan taqsimlashida, nostandart echimlarini aniqlovchi qobilyatga egaligida, maqsadni yuqori aniqlikda shakllantirishida, o‘zaro aloqalarni ko‘rsata olishida, muammolar mohiyatiga so‘zsiz chuqur kirib borishidadir. Tizimli tahlilning chegaralanganligi sababi tahlilning to‘laqonlik emasligidan qochib qutulolmasligi (anglanmaganlik tamoyili), samaradorlik bahosiga yaqinlashish istiqbolining aniq bashorat qilish usullarining yo‘qligi tizimli tahlil jarayoni to‘liq shakllanmagan bo‘ladi, ammo tajribada tekshirilgan ayrim ko‘p takrorlangan qonunlarni tavsiya qilish mumkin. Bizning oldimizda turgan ko‘p xilli va o‘sib boruvchi xajmga ega xo‘jalik qurilishi topshiriqlari ularning o‘zaro bog‘liqligi va umumiy maqsadga yo‘naltirilganlikni ta’minlashni talab qiladi. Lekin, mamlakatdagi alohida rayonlar o‘rtasidagi, xalq xo‘jaligi sohalaridagi, mamlakatdagi jamiyat sohalarining barcha yo‘nalishlari orasidagi murakkab bog‘liqlikni e’tiborga olmasdan buni amalga oshirib bo‘lmaydi. Aniqrog‘i, mutaxassis 40% axborot aralash sohalardan o‘ziga kerakligini ajratib olish, alohida ajratilganlardan tanlab olishi kerak bo‘ladi. Bugungi kunda tizimli yondashuv ilm-fanning barcha sohalarida qo‘llanilmoqda, shunga qaramay, u har xil sohalarda har xil namoyon bo‘lmoqda. Demak, gap texnika fanlarida-tizimli texnika haqida, kibernetikada - boshqaruv tizimi haqida, biologiyada – biotizimlar va ularning tuzilmali darajalari haqida, sotsiologiyada – funksional- tuzilmali yondashuv imkoniyatlari haqida, tibbiyotda ko‘p tarmoqli terapevtlar (tizimshunos-vrachlar) og‘ir kasalliklar (kollagenozlar, Tizimili vaskulitlar va x.k)ni tizimli davolash haqida ketmoqda. Download 479.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling