Mavzu: tola sifatini zamonaviy usullarda aniqlash
Tolaning pishib yetilganligini qutblangan yorug ‘lik orqali aniqlash
Download 150.03 Kb.
|
paxta tolasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5,0 4,5 4,0 24-rasm. Tolaning pishganlik koeffitsiyentlari
Tolaning pishib yetilganligini qutblangan yorug ‘lik orqali aniqlash
Paxta tolasining pishib yetilish davrida uning kanalining ichki devorlariga selluloza qatlamlari yigilishi natijasida o’sish halqalari paydo boiib, kanali toraya boshlaydi. Pishmagan tolaning yigirilish xususiyatlari past boiib, bo’yoqni ham yaxshi qabul qilmaydi. Pishib yetilgan tolaning xususiyatlari, undan ishlangan ip va to’qimalaming sifati yaxshi boiadi. Tola piltasi kengligining uning kanali kengligiga nisbati tolaning pishganligini ifodalaydi. Shartli ravishda paxta tolasining pishganlik darajasini belgilash uchun uni 2-guruhga (24-rasm) bo’lish qabul qilingan. Oiapishgan tolada selluloza ko’p yigilishi natijasida shakli ham silindrga o’xshab qolgan, buralishi yo’qolganligi uchun uning pishganlik koeffitsiyenti 5,0 deb qabul qilingan va butunlay pishmay qolgan tolada selluloza deyarli boimaganligi uchun devorlari juda yupqa bo’lganligidan uning pishganlik koeffitsiyenti 0,0 deb qabul qilingan. 5,0 4,5 4,0 24-rasm. Tolaning pishganlik koeffitsiyentlari Tolaning pishganligini aniqlash uchun 250 dona paxta tolasi 300- 400 marta kattalashtiradigan mikroskopda qarab chiqiladi, etalon rasmda koisatilganlarga taqqoslab ulaming pishganlik koeffitsiyentlari aniqlanadi, so’ng shu koeffitsiyentlaming o’rtachasini hisoblab tekshirilayotgan holat guruhining o’rtacha pishganlik koeffitsiyenti topiladi. Paxta tolasining pishganligini mikroskopda qutblangan yorugiik orqali qarab, tezroq topish mumkin. Bu usul to’qimachilik tolalari orqali yorugiik oikazilganda qutblanib interferensiyalanish xususiyati paydo boiishiga asoslangan. Buning uchun polyaroid deb ataladigan maxsus moslama bilan har qanday mikroskopni ishlatish mumkin. Paxtaning asosiy xossalari undan olinadigan mahsulotlarning sifatiga bevosita ta’sir qiladi. Agar paxta butunlay pishmagan - oiik boisa chigiti puch, yetilmagan, tola devorlari juda yupqa, uzun naychaga o’xshaydi. Uning tolasi juda notekis va bo’sh bo’lib, undan sifatli ip olib boimaydi, bo’yoqni yaxshi olmaydi. Bunday tolaning devori faqat bir qavat kutikuladan iborat, xolos, kutikulada esa moy mumli moddalar juda ko’p, hujayrada selluloza juda kam boiadi. o’lik tolalar bir-biriga yopishgan yaltiroq, nafis qatlamlardan iborat. Paxta tolasi yetilishi chanoq ochilgandan keyin tola quriydi, uning devorlari bir-biriga yopishgan lentasimon shaklni oladi hamda unda jingalaklik hosil boiadi. Paxta tolasi pishgan sari uning tashqi diametri ichki diametriga nisbatan oshadi va u pishganlik koeffitsiyenti deb ataladi. Paxta tolasi uzunligi, tolaning bir tekisligi, yo’g„onligi, tolaning pishiqligi va cho'ziluvchanlik xossalari vapaxta tolasining namligi bilan belgilanadi. Paxta namroq boisa, uni qayta ishlaganda mashina qismlariga yopishib qoladi, juda qumq bo’lsa, tolalar sinib, chiqindi ko’payadi. Download 150.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling