Mavzu: tolali optika mundarija kirish i-bob optik tola haqida nazariya
Download 169.79 Kb.
|
TOLALI OPTIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishi mavzusining vazifalari
Mavzuning dolzarbligi: Bizga malumki nur tola optikasi rivojlandi bunga sabab aloqa tizimi juda muamoli mavzu bo‘lib kelmoqda edi optik tola chiqgach internet aloqasi juda rivojlandi asosoiy muamo aloqa tizimi edi.
Kurs ishi mavzusining maqsadi: Kurs ishi maqsadi shundan iboratki optik tolani aloqa tizimida qanday qollanilishi va samarali taraflarini ko‘rsatib berish va optik tolani aloqa tizimidagi yangi qirralarini ochib berishdir. Kurs ishi mavzusining vazifalari: aloqa tizimini jadal rivojiga optik tola orqali ko‘proq hissa qo‘shish va yanada rivojlantirishga hissa qo‘shishdir. Zamonaviy davr jamiyatni axborotlashtirish jarayonini keskin rivojlanishga olib kirmoqda. Bu jarayon axborot-kommunikatsiyalar xizmatlaridan foydalanuvchilarni telekommunikatsiyalar tarmoqlariga yuqori tezlik bilan (keng polosali) ulanishga undaydi. Bunday talab internetdan foydalanuvchilarning keskin o`sib borishi va multimediya, videokonferensiya, elektr raqamli imzodan foydalanish, elektron tijorat, elektron hujjat aylanish va boshqa bir qancha zamonaviy xizmatlarni hayotga kirib kelishidan chiqib kelyapti. Ma`lumki yuqori tezlikdagi signallarni uzatish va qabul qilib olish uchun yuqori darajada o`tkazish qobiliyatiga ega bo`lgan yo`naltiruvchi muhit bo`lishi kerak. Bundaytalablargaoptikaloqavositalarigatengvositalar hozirgi kunda mavjud emas.Bundan tashqari optik aloqa tizimlari orqali katta hajmdagi axborotlarni xohlagan masofalarga uzatish mumkin. Shuning uchun optik aloqa jamiyatni axborotlashtirish jarayonini rivojlantiruvchi mukammal va istiqbolli aloqa vositasi hisoblanadi. Foton texnologiyasi asosidagi optik aloqa (OA), ya`ni to`liq optik tarmoqlar AON (All-optikalNetworks) telekommunikatsiya tarmoqlarini kelajagi hisoblanadi.To`liq optik aloqa magistral tarmoqlarni, shuningdek abonentlarni tarmoqqa ulanishini ham qamrab, mijozlarni telekommunikatsiya tarmoqlariga keng polosali ulanishlarni ta`minlaydi. Foton texnologiyasi asosidagi to`liq optik aloqada kommutatsiya, multipleksorlash va regeneratsiyalash optoelektron yoki elektrooptik emas, balki faqat optik texnologiya asosida amalga oshiriladi. Bu bilan qurilmani texnik iqtisodiy ko`rsatkichlari, ishonchliligi va uzatish tezligi bir necha martaga oshadi. Foton texnologiyasini aloqa tarmoqlariga tadbiq etishda optik kommutatorlar, optik regeneratorlar, kuchaytirgichlar, filtrlar, spektr bo`yicha zichlashtirish tizimlari qo`llaniladi. Optik tolalarning eng muhim xususiyati uning uzoq vaqt xizmat qilishidir.Tolali texnologiyaning o‘ziga xos kamchiliklari mavjud; qimmat texnologik sarf xarajatlarni talab etadi.Berilganlarni uzatish tezligi axborotni birdaniga ikki yo‘nalishda uzatish imkoniyatiga egaligidir, negaki yorug‘lik to‘lqinlari bir toladan bir-biriga xalaqit bermasdan tarqalish xususiyatiga egadirlar. Bundan tashqari optik toladan har xil qutblanishga ega bo‘lgan yorug‘lik signallari tarqalishi mumkin va bu optik aloqa kanalining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini ikki barobar oshirish imkoniyatini beradi. Bugungi kunda optik tola orqali axborotni uzatish zichligi borasida chegaraviy qiymatga erishilgan emas. Toladagi yorug‘lik signalining so‘nishi boshqa muhitlarga nisbatan olganda juda kichik. Download 169.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling