Mavzu: Tom yopma elementlari. Tomlarning konstruksiyalari. Tom rejalarini ishlab chiqish


Download 9.47 Kb.
bet3/4
Sana05.05.2023
Hajmi9.47 Kb.
#1431031
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Tom yopma elementlari. Tomlarning konstruksiyalari. Tom r-fayllar.org

Kamchiliklar orasida:

  • Vaqt, zararli moddalar bir ajratish bor (qaysi asbest olib keladi).

  • moddiy juda nozik bo'ladi.

  • Bu higroskopiklik yuqori darajasiga ega, natijasida, nami to'playdi, qaysi mox shakllanishiga sabab bo'ladi.

    Tomlarning ko‘taruvchi konstruksiyalari kamida ikki tayanchga tiralgan starapil to‘sinlari (taxta, g‘o‘la, brus) va starapil fermalari hisoblanadi. Bu konstruksiyalar ustidan yopmani ko‘taruvchi obreshyotka taxtalari yoki bruslari yotqiziladi. Tayanchlar oralig‘i 6 m gacha bo‘lgan proletlar ustidan starapil balkalari o‘rnatiladi. Katta proletli yoki proletlarda oraliq tayanchlari bo‘lmagan (masalan, tomosha zallari, sprot zallari va hokazolar) tomlarda starapil fermasi ishlatiladi. Bunday xollarda chordoq ora yopmasi osma ko‘rinishda bo‘ladi. Starapil ayrim elementlarini o‘zaro biriktirish odatda o‘yib olingan joylarga element uchlarini tushirish yoki metall qotirgichlar (mixlar, boltlar, xalqalar) yordamida amalga oshiriladi.Starapil yog‘och konsturksiyalarining o‘tga chidamliligini oshirish maqsadida ularga ohak yoki maxsus qorishmalar surtib chiqiladi. Yog‘och konsturksiyalarning tom devorlarga tegib turuvchi qismiga odatda chirishga qarshi ishlov berilib, ular orasiga tol yoki ruberoid qog‘ozi tiqiladi.Nishobli tomlarning eng samarali ko‘taruvchi konstruksiyalaridan biri tekis panjarasimon starapil fermasi hisoblanadi. Ferma ostki va ustki belbog‘lar, ustunlar sistemasi va ular orasiga qo‘yilgan tirgaklardan iborat bo‘ladi. Fermalar materialiga ko‘ra metalldan, temir-betondan, yog‘ochdan yoki yog‘och metalldan ishlangan bo‘lishi mumkin, ko‘rinishiga ko‘ra uchburchak, trapetsiya shaklida, siniq chiziqli, segment ko‘rinishida bo‘ladi.

    Yumshoq rulon materiallardan qilingan tom yopmalari qalinligi 19-25 mm bo‘lgan yaxlit (tekis) taxta to‘shama ustidan yotqiziladi. Bunda yog‘och asos ikki qavat bo‘lib, usti yaxlit himoya qatlam chirishiga qarshi ishlov berilgan, qalinligi 16-19 mm va kengligi 50-70 mm bo‘lgan brusoklardan iborat bo‘ladi. Bunday qatlam ishchi qatlamga nisbatan 450 burchak xosil qilib qoqiladi. Bunday konstruksiyalarda to‘shama tob tashlab ketmaydi va rulon materialni yirtilishdan saqlaydi. Tomlarga rulon materiallar ikki qatlamli (agar tom nishabi 120 dan katta bo‘lsa) yoki uch qavatli (agar tom nishabi 120 gacha bo‘lsa) qilib yopishtiriladi. Nishabi 120 dan katta bo‘lgan tomlarda rulon materiallar chordoq “konyok” qismiga perpendikular (tikka), nishobi 120 gacha bo‘lganda esa unga parallel qilib yopishtiriladi. Polimer materiallardan (izol, brizol, polietilen plyonka va hokazolar) tayyorlangan tom yopmalari ruberoidlar kabi yopishtiriladi. Qalinligi 0,2-0,3 mm bo‘lgan polietilen plyonkalar umuman namlikni o‘tkazmaydi. Ular asosga bitum yoki maxsus plastik mastikalar yordamida yopishtiriladi. Temir-betondan ishlangan tomlar uzoq vaqtga chidamliligi va olov bardoshligi bilan boshqa tom konstruksiyalaridan farq qiladi.


    Download 9.47 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling