2.3. Geografik koordinatalarini aniqlash
Aniqlanishi – kengligi bo‘yicha birnomli o‘nsekundli bo‘laklarini
nuqtaga yaqin to‘g‘ri chiziqlar bilan tutashtirib, ulardan nuqtalarning
xolatigacha bo‘lgan sekundlar o‘lchamlarini aniqlab, ularga o‘tkazilgan
chiziqlar kengligi va uzoqlik qiymatiga qo‘shiladi (5-chizmaning A
misoliga qarang).
Тushirish – kengligi bo‘yicha koordinatalar qiymatlarini (romning
g‘arbiy va sharqiy tomonlarida) va uzoqligi bo‘yicha romning (janubiy va
shimoliy tomonlarida) o‘lchab qo‘yib, belgilangan sanoqlarini to‘g‘ri
chiziqlar bilan tutashtirib, ularning kesishishi nuqtaning holati bo‘ladi (5-
chizmaning B misoliga qarang).
5-chizma. Nuqtaning geografik koordinatalarini aniqlash
15
2.4.Kartada masofalarni o‘lchash
Тo‘g‘ri chiziqlar. Sirkulni oxirgi nuqtalarga o‘rnatiladi, qadamlar
o‘lchamini o‘zgartirmasdan sirkulni chizig‘li masshtabga quyiladi va
masofa hisoblanadi. Sirkul qadami chiziqli masshtab o‘lchamidan ortiq
bo‘lsa, yaxlit kilometrlar soni kilometrlar to‘ri kvadratlari bo‘yicha
aniqlanadi, qoldig‘i esa chiziqli masshtabda topiladi.
6-chizma. Kartada to‘g‘ri chiziqlarni o‘lchash
Egri chiziqlar. Sirkul qadamini yaxlit kilometrlar (yuzlik metrlar)
soniga teng sirkul qadami o‘rnatiladi. Keyin sirkulni yo‘nalish bo‘yicha
siljitib kilometrli masofa sanaladi. “Qadamga” sig‘may qolgan masofa
qoldig‘i chiziqli masshtab bo‘yicha topiladi.
7-chizma. Kartada egri chiziqlarni o‘lchash
16
Do'stlaringiz bilan baham: |