Mavzu: to’qimachilik tovarlari


Download 0.55 Mb.
bet6/7
Sana14.11.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1773127
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
toqimachilik tovarlari

Gazlamalarning xizmat muddati ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiradi: tortilishdagi mustag‘kamligi va cho‘zilishi, egilish-bukilishga, suv, harorat, ishqor, erituvchilar hamda boshqa kimyoviy reagentlarga, yorug‘lik nurlari va biologik ta’sirlarga hamda yemirilishga chidamliligi.

Gazlamalarning assortimenti

Paxta gazlamlari va donaboy buyumlar. Paxta gazlamalari ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha eng ko‘p (65%) hisoblanadi. Ularning assortimenti juda keng va xilma-xil. Paxta gazlamalari ishlab chiqarishda har xil tarkibli hamda tuzilishdagi kalavalar va to‘qilish turlaridan foydalaniladi.

Gazlamalarning assortimenti ichida chitlar, xomsurplar, batist, markezit, vial va boshqalar asosiy o‘rinni egallaydi. Ular ishlatilishi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi: ichki kiyimlar uchun, ko‘ylakbop, sochiqbop, ro‘molbop, adyolbop, astarbop va mebel-dekorativ.

Zig‘ir tolali gazlamalar va donaboy buyumlar. Zig‘ir tolali gazlamalar ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha paxta gazlamalaridan orqada turadi. Shunga qaraganda bu gazlamalar qimmatli iste’mol xususiyatlari sababli muhim ahamiyatga ega. Ular yuqori gigiyenik, estetik xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Undan tashqari zig‘ir tolali gazlamalar suvni yaxshi shimishi, oson tozalanishi, ko‘plab yuvilishlarga chidamli. Shuning uchun kshproq oshxona buyumlari, ko‘rpa-to‘shak va ichki kiyimlar tayyorlashda ishlatiladi. Ularning kamchiliklaridan biri kam elastikligi bo‘lib tezda g‘ijimlanadi.

Zig‘ir tolali gazlamalar assortimenti uncha ko‘p emas. Ular pardozi bo‘yicha xom, qaynatilgan, olachipor, melanj, yarim oq, oq, sidirg‘a bo‘yalgan va gulli bo‘ladi. Tola tarkibi bo‘yicha to‘la, yarim zig‘ir tolali guruhlarga bo‘linadi. Zig‘ir tolali gazlamalar va donaboy buyumlar ich kiyimbop, sochiqbop, kiyimbop, bezak, ichki astarlar uchun qo‘llaniladi.

Zig‘ir tolali gazlamalar assortimenti uncha ko‘p emas. Ular pardozi bo‘yicha xom, qaynatilgan, olachipor, melanj, yarim oq, oq, sidirg‘a bo‘yalgan va gulli bo‘ladi. Tola tarkibi bo‘yicha to‘la, yarim zig‘ir tolali guruhlarga bo‘linadi. Zig‘ir tolali gazlamalar va donaboy buyumlar ich kiyimbop, sochiqbop, kiyimbop, bezak, ichki astarlar uchun qo‘llaniladi.


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling