Mavzu: to’qimachilik tovarlari


Gazlamalarni oqartirish jarayonida ochiq tusga bo‘yaladigan va gul bosiladigan gazlamalarga och rang beriladi. Oqartirish kimyoviy va optik usullar bilan amalga oshiriladi


Download 0.55 Mb.
bet5/7
Sana14.11.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1773127
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
toqimachilik tovarlari

Gazlamalarni oqartirish jarayonida ochiq tusga bo‘yaladigan va gul bosiladigan gazlamalarga och rang beriladi. Oqartirish kimyoviy va optik usullar bilan amalga oshiriladi.

Gazlamani bo‘yash jarayonidan o‘tgan gazlamalar sidirg‘a bo‘yalgan deb ataladi. Barcha bo‘yoqlar tarkibi bo‘yicha ma’danli (pegmentli) va organik bo‘yoqlarga bo‘linadi.

Gazlamani bo‘yash jarayonidan o‘tgan gazlamalar sidirg‘a bo‘yalgan deb ataladi. Barcha bo‘yoqlar tarkibi bo‘yicha ma’danli (pegmentli) va organik bo‘yoqlarga bo‘linadi.

Gazlamalarga gul bosish quyidagi usullarda amalga oshiriladi: qo‘l bilan gul bosish, aerografli, tshrli, andozali, gazlamaga gul bosish mashinalari bilan, termopechatli va polixromatik bo‘ladi.

Gazlamalarni yakunlovchi pardozlash gazlamalarningtashqi tomoni bezaklarini oxiriga yetkazish, estetik xususiyatlarini yaxshilash va o‘ziga xos xususiyatlar berish maqsadida o‘tkaziladi.

Gazlamalarni maxsus pardozlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi: suv va iflos o‘tkazmaydigan, gazlamalarni metallizatsiyalash, gazlamalrga sun’iy patlar beri shva boshqa pardozlash qo‘llaniladi, natijada, ularning o‘ziga xos xususiyatlari shakllanadi.

Gazlamalar tarkibi gazlamalarning ko‘pchilik xususiyatlari, asosan, qo‘llaniladigan tolalarning tarkibi va xususiyatlari bilan belgilanadi. Bundan tashqari, ularning tuzilishi va pardoz turi ham ta’sir ko‘rsatadi.

Tabiiy va kimyoviy tolalar bir xil xususiyatlarga ega bo‘lmasa-da, ishlatilishi bo‘yicha har xil gazlamalar tayyorlashda qo‘llaniladi. Masalan, paltobop gazlamalar olishda jun tolalari, kostyumbop gazlamalarda aralash tolalar, ichki kiyimlar uchun paxta tolalari, yozgi ko‘ylakbop gazlamalarda viskoza tolalari ishlatiladi.

Gazlamalarning xizmat muddati mexanik, fizik, kimyoviy, biologik va boshqa ta’sirlarga chidamliligi bilan aniqlanadi. Undan tashqari, bu xususiyatlarga ishlatish paytida tashqi ko‘rinishi va xususiyatlarining saqlanishi hamda ijtimoiy omillar ham ta’sir ko‘rsatadi.

Gazlamalarning xizmat muddati ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiradi: tortilishdagi mustag‘kamligi va cho‘zilishi, egilish-bukilishga, suv, harorat, ishqor, erituvchilar hamda boshqa kimyoviy reagentlarga, yorug‘lik nurlari va biologik ta’sirlarga hamda yemirilishga chidamliligi.


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling