Mavzu: to’qimachilik tovarlari


Download 0.55 Mb.
bet7/7
Sana14.11.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1773127
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
toqimachilik tovarlari

Jun gazlamalar va donaboy buyumlar. Barcha gazlamalar assortimenti ichida jun gazlamalar uncha katta bo‘lmagan hissaga (8 %ga yaqin) ega, lekin artikullar soni, xomashyo tarkibi, tuzilishi va xususiyatlarining o‘zaro xosligi sababli ulardan har xil gazlamalar tayyorlash mumkin.

Gazlamalar yuqori issiq va shamoldan asrashi, yaxshi shakl saqlash, elastikligi, uzoq xizmat muddati bo‘yicha boshqa gazlamalardan ustun turadi. Shuning uchun bu gazlamalar qishki va mavzumli paltolar, erkaklar kostyumlari, forma kiyimlar, ayollar va bolalar ko‘ylaklari yoki boshqa buyumlar tayyorlashda ahamiyati katta.

Jun gazlamalarining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri ularni tayyorlashda xilma-xil tarkibdagi xomashyolardan foydalanishdir. Bu gazlamalarni tayyorlashda Mayin, yarim mayin, yarim dag‘al va dag‘al qo‘y, echki, tuya junlari va qayta tiklangan junlar, nitronli tolalar, viskoza va kapron iplari hamda paxta kalavalari ishlatiladi.

Ipak gazlamalari va donaboy buyumlar. Ipak gazlamalariga tabiiy ipak va kimyoviy tolalardan ishlab chiqariladigan gazlamalar kiradi. Hozir ularning ko‘pchilik qismi kimyoviy tolalardan olinadi. Ipak gazlamalar boshqalaridan originalligi bilan ajralib turadi. Tarkibi bo‘yicha xilma-xil tolalar ishlatiladi. Shuning uchun ipak gazlamalarning assortimenti keng hamda xilma-xil.

Ipak gazlamalari va donaboy buyumlar. Ipak gazlamalariga tabiiy ipak va kimyoviy tolalardan ishlab chiqariladigan gazlamalar kiradi. Hozir ularning ko‘pchilik qismi kimyoviy tolalardan olinadi. Ipak gazlamalar boshqalaridan originalligi bilan ajralib turadi. Tarkibi bo‘yicha xilma-xil tolalar ishlatiladi. Shuning uchun ipak gazlamalarning assortimenti keng hamda xilma-xil.

Bu gazlamalar tashqi ko‘rinishining bezagi bo‘yicha xilma-xil: oqartirilgan, sidirg‘a bo‘yalgan, gul bosilgan, olachipor, yaltiroq guli, kimyoviy yo‘l bilan gul bosilgan, nafis gulli, gofre, metallashgan.

Ipak gazlamalar qo‘yidagi sifat belgilari bo‘yicha guruhlarga bo‘linadi: ishlatilishi, xomashyo tarkibi, ishlab chiqarish usuli, pardoz turi, ishlatiladigan i pyoki kalavalari va boshqalar.

Yagona sanoat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari klassifikatori bo‘yicha ipak gazlamalari ishlatilishi quyidagi guruhlarga bo‘linadi: a). ko‘ylakbop, bluskabop va kostyumbop; b). erkaklar ko‘ylaklari uchun; d). astarbop; ye). kiyimbop; g). bezakli; z). texnik maqsadlar uchun. Ular o‘z navbatida tola tarkibi bo‘yicha guruhchalarga ajratiladi: tabiiy, sun’iy va sintetik ipakdan hamda har xil tolalar birligida.


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling