Mavzu: to’qimachilik tovarlari

Gazlama yuzida tanda va arqoq iplarining to‘qilishidan hosil bo‘lgan gul to‘qilish guli deb ataladi. gazlama hosil qilishda tanda va arqoq iplari bir-birini yopish yo‘li bilan har xil to‘qilishlar hos

Download 0.55 Mb.
bet3/7
Sana14.11.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1773127
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
toqimachilik tovarlari

Gazlama yuzida tanda va arqoq iplarining to‘qilishidan hosil bo‘lgan gul to‘qilish guli deb ataladi. gazlama hosil qilishda tanda va arqoq iplari bir-birini yopish yo‘li bilan har xil to‘qilishlar hosil qiladi.

To‘qilish raporti deb, to‘qilish turining tamomlangan bir qismi guliga aytiladi. To‘qilish turlari to‘rt sinfga bo‘linadi: oddiy (bosh), kichik naqshli, yirik naqshli va murakkab.

Oddiy yoki bosh to‘qilishlarga polotnoli, sarjali va atlas (satin)li to‘qilishlar kiradi.

poloinoli to‘qilish eng oddiy, ko‘p tarqalgan hisoblanadi. U eng kichik raportga ega. Shuning uchun bu to‘qilishda olingan gazlamalar qattiq, mustahkam hamda kam cho‘ziladigan bo‘lib, chit, xomsurp, ich kiyim matolari va boshqa buyumlar tayyorlashda ishlatiladi.

Sarjali to‘qilish polotno to‘qilishdan rapporti bilan farq qiladi. Bu usulda olingan gazlamalarning yuzalarida o‘ng yoki chap tomonda yunalgan diagnolga o‘xshash rasmlari bo‘ladi. Bundan tashqari, polotno to‘qilishiga nisbatan tanda va arqoq iplarining bo‘shroq bog‘lanishi sababli sarjali gazlamalar yumshoq bo‘ladi. Sarjali to‘qilishdan kostyumbop, ko‘ylakbop, astarbop va boshqa gazlamalar olishda foydalaniladi.

Atlasli to‘qilishlar iplarning yopilish uzunligi bilan farqlanadi. Agar tanda iplari ko‘proq gazlamaning yuziga chiqsa, u holda atlasli, agar arqoq iplari gazlama yuziga chiqsa, satinli to‘qilish deb ataladi. Atlasli to‘qilishda olingan gazlamalarda iplarning bog‘lanishi deyarli kuchsiz bo‘lganligi sababli ular yumshoq va silliq bo‘ladi, astarbop gazlama sifatida ishlatiladi.

Mayda naqshli to‘qilish xususiyati va olinishi bo‘yicha hosilali va qurama to‘qilishlarga bo‘linadi.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling