Mavzu: Tovarlar bozori konyuktura o’zgarishlarini hisobga olgan holda iqtisodiy tahlilni amalga oshirish va asosiy ko’rsatkichlarni prognozlash. Reja


Umumxo‘jalik kon’yunkturani strukturaviy birlik


Download 1.22 Mb.
bet3/7
Sana15.12.2022
Hajmi1.22 Mb.
#1008042
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ekonometrika MI

Umumxo‘jalik kon’yunkturani strukturaviy birlik deb, shunga qaramasdan tovar bozorlarining va ko‘plab o‘zaro munosabatlar kon’yunkturasini yig‘indisi deb qarash mumkin. Tovar kon’yunkturasi umumxo‘jalik kon’yunkturasini tashkil etadi, umumxo‘jalik kon’yunkturasi esa tovar bozorlari kon’yunkturasini keltirib chiqarida. Shunday qilib, uning butun qismi va bo‘g‘inlarining belgilari o‘zaro ta’sirchanligi va o‘zaro aloqadorligi shakllarining fe’l - atvorini, umumxo‘jalik va tovar kon’yunkturasini rivojlanishni aniqlaydi. Bozorni va avvalo butun bozorni kon’yunkturasini kompleks izlanishlar ishbilarmonlar doirasining fikriga ko‘ra, ishbilarmonlarga ularning xo‘jalik qarorlarini qabul qilishda xatoga yo‘l kuymasligi uchun tavakkalchilikni pasaytirishda qurol hisoblanadi. Iqtisodiy kon’yunkturani izlash, faqatgina ayirboshlash sohasini rivojlanishi va uning qayta ishlab chiqarish jarayonining boshqa bosqichlari bilan o‘zaro aloqadorligining umumiy qonunchiligini o‘rganish bilan chegaralanib qolmaydi. U, u yoki bu tovar bozorda vujudga keladigan asoslangan tahlil va bashorat qilishni amalga oshirishga qaratilgan.




  1. Bozorni segmentlash va uning mohiyati.


Bozorni segmentlash atamasini Uendell Smit 1950-yillarda AQSh da keng tarqalgan ishlab chiqarish strategiyasi bilan bog’liq holda birinchi bor qo’llanadi. Bu strategiya potensial iste’molchilar guruhlari orasida aniqlangan talablarga ko’ra ishlab chiqaruvchilar o’z tovarlarining sifat tavsiflarini modefikatsiyalashdan iborat. Shuning uchun iste’molchilar va ularning istaklari, afzal ko’radigan narsalarini yaxshiroq tushunish maqsadida ularni aniq guruhlarga bo’lish kerak. Bu guruhlarning vakillari umumiy ijtimoiy belgilarni: jins, yosh, daromad, ma’lumot, e’tiqod va hakozolarni o’zida tashuvchilar hisoblanadi va bozor qo’zg’atuvchilariga (tovar, baho, dizayn, o’ram, reklama va boshqalar) bir xil taa’surotda bo’ladilar. Ijtimoiy umumiy belgilarni o’zida tashuvchi iste’molchilar bozorning muayyan segmentini tashkil qiladi. bunda bozorni turli xil belgilar bo’yicha alohida bo’g’in (segmentlar) ga bo’lish jarayoni segmentatsiya degan nomni oldi. Bunday belgilar sifatida iste’molchi va tovarlarning tavsiflari, iste’molga undovchi sabablar, taqsimlash kanallari va boshqalar ishlatiladi.
Bozor segmenti – bu boshqa guruhlardan farq qiluvchi, o’xshash belgilariga ega bo’lgan iste’molchilarning kichik guruhidir. Bunda bozorni turli xil belgilari bo’yicha alohida bo’g’in (segmentlar) ga bo’lish jarayoni segmentlash deb ataladi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling