Fizik–kimyoviy xossalari: to`yinmagan atsetilen qatori uglevodorodlarining xossalarini atsetilen misolida ko`rib chiqiladi. Atsetilen–rangsiz, havodan yengil gaz, suvda kam eriydi. Mr(C2H2)=122+12=26 g/mol. Molekulasi sp1–gibridlanish holatida bo`ladi. Atsetilenning kimyoviy xossalari: 1. Biriktirib olish reaksiyalari:
a) HCCH + H2 CH2=CH2 + H2 CH3CH3 gidrogenlanish
b) HCCH2 + Cl2 CHCl=CHCl CHCl2CHCl2 tetraxlor etan
c) HCCH + HBr CH2=CHBr brometilen
CH3CCH + HBr CH3CBr=CH2 + HBr CH3CBr2CH3
d) HCCH + H2O [CH2=CHOH] CH3COH
vinil spirt sirka aldegid
Kucherov reaksiyasi 1881 yilda M. G. Kucherov tomonidan kashf qilingan. CH3COH + H2 CH3CH2OH (a)
CH3COH + O CH3COOH (b)
2. Oksidlanish reaksiyasi:
HCCH + H2O + [O] HOOCCOOH oksalat kislota
3. «Kumush ko`zgu» reaksiyasi:
HCCH + 2AgOH AgCCAg + 2H2O kumush atsetilenid
HCCH + 2CuOH CuCCCu + 2H2O mis (I)–atsetilenid
5. To`yinmagan diyen qatori uglevodorodlari (alkadienlar).
Uglerod zanjirida ikkita qo`shbog` bo`ladigan uglevodorodlar diyen uglevodorodlar deyiladi. Ularning tarkibini umumiy CnH2n-2 formula bilan ifodalash mumkin. Ular atsetilen qatori uglevodorodlarga izomerlardir.
Diyen qatori uglevodorodlarning nomi to`yingan uglevodorodlar nomidan oxirgi harfini –diyen qo`shimchaga almashtirisb hosil qilinadi. Masalan, CH2=CHCH=CH2 CH2=CCH=CH2 (izopren)
butadiyen–1,3 (divinil) CH3 2–metilbutadiyen–1,3
Diyen qatori uglevodorodlarining umumiy xalqaro nomi–alkadiyenlardir.
Divinil (butadiyen–1,3) oson suyuqlanadigan gaz va izopren (2–metilbutadiyen–1,3) qaynash harorat past bo`lgan suyuqlik.
Kimyoviy xossalari jihatidan ular to`yinmagan uglevodorodlarga o`xshaydi.
CH2=CHCH=CH2 + Br2 CH2BrCH=CHCH2Br
Butadiyen etil spirt bug`larini katalizator ustidan o`tkazilganda (S. V. Lebedev usuli) hosil bo`ladi:
2CH3CH2OH CH2=CHCH=CH2 + H2 + 2H2O
Sanoatda butadiyen butanni katalitik digidrogenlash usuli bilan olinadi:
CH3CH2CH2CH3 CH2=CHCH=CH2 + 2H2
Izopentanni (2–metilbutanni) katalitik digidrogenlash yo`li bilan izopren olinadi: CH3CHCH2CH3 CH2=CCH=CH2 + 2H2
CH3 CH3
Do'stlaringiz bilan baham: |