Mavzu: To`yingan va to`yinmagan uglevodorodlar. Reja. Тo`yingan metan qatori uglyevodorodlari (alkanlar). Yopiq halqali to`yingan uglevodorodlar


Download 29.11 Kb.
bet5/5
Sana08.02.2023
Hajmi29.11 Kb.
#1177628
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu1

Tabiiy va sintetik kauchuklar. Kauchuklar–elastik materiallar bo`lib, ulardan vulkanlash (S bilan birga qizdirish) yo`li bilan rezina olinadi. Kauchuklardan samolyot, avtomobil va velosipedlarning g`ildiraklari uchun pokrishka va kameralar tayyorlanadi. Ular elektr izolyatsiyasi uchun, sanoat mahsulotlari va tibbiyot asboblari ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.
Tabiiy kauchuk kimyoviy tarkibiga ko`ra yuqori molekulyar to`yinmagan uglevodorod bo`lib, tarkibi (C5H8)n, bunda n 1000 dan 3000 gacha bo`ladi. Tabiiy kauchuk–izoprenning polimeri:
n CH2=CCH=CH2  (CH2=CCH=CH2)n
CH3 CH3
U kauchukli o`simliklarning, asosan Braziliyada o`sadigan geveya daraxtining shurasidan olinadi.
Sanoat miqyosida sintetik kauchuk dastlab 1932 yilda sobiq SSSR da S. V. Lebedev usuli bilan olingan. U divinilni Na katalizatori ishtirokida polimerlab olinadi. n CH2=CHCH=CH2  (CH2CH=CHCH2)n
butadiyen–1,3 sintetik kauchuk (polibutadiyen)
Lebedev usuli bilan sintetik kauchuk olish uchun xomashyo sifatida etil spirti ishlatilgan. Endilikda butanni katalitik degidrogenlash yo`li bilan butadiyen olish usuli ishlab chiqilgan.
Hozirgi vaqtda strukturasi tabiiy kauchuknikuga o`xshash stereoregulyar tuzilgan (unda metil guruhlari qat`iy muayyan tartibda joylashgan) izopren kauchuk ishlab chiqarish yo`lga qo`yilgan. Stereoregulyar tuzilishli butadiyen kauchuk ham olingan, u divinil kauchuk deyiladi. Stereoregulyar tuzilgan izopren va divinil kauchuklar xossalari jihatidan tabiiy kauchukka yaqin turadi, divinil kauchuk esa yedirilishga chidamliligi jihatidan hatto tabiiy kauchukdan ustun turadi.
Tabiiy va sintetik kauchuklarning sifatini yaxshilash uchun ular rezinaga aylantiriladi. Rezina–bu vulkanlangan kauchuk. Vulkanlashning mohiyati shundan iboratki, kauchukning chiziqsimon (ipsimon) molekulalariga qo`shbog`lar bor joyda S atomlari birikadi va bu molekulalarni go`yo bir–biriga tikadi. Vulkanlash natijasida yopishqoq va bo`sh kauchuk elastik rezinaga aylanadi. Rezina kauchukdan puxta va harorat o`zgarishlariga chidamliroq bo`ladi.

Mavzuga oid adabiyotlar.
1. G. P. Xomchenko. Kimyo. Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun, Toshkent, «O`qituvchi», 2001.
2. G. E. Rudzitis, F. G. Feldman. Organik kimyo. 10–sinf darsligi, Toshkent, «O`qituvchi», 1992.
3. A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. Umumiy kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.
4. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. Kimyo. Toshkent, «O`zbekiston», 2002.
5. A. A. Abdusamatov, R. Mirzayev, R. Ziyayev. Organik kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.
Download 29.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling