Mavzu: “Transchegaraviy elektron tijoratni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini yaratish” Reja: 1-bob. Transchegaraviy elektron tijoratni boshqarishning nazariy- huquqiy asoslari


Bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadi


Download 0.58 Mb.
bet2/6
Sana19.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1622598
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1Annotatsiya

Bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadi: transchegaraviy elektron tijorat va uning turlarini oʻrganish, uni iqtisodiy mohiyatini ochib berish hamda uni amalga oshirish protseduralarini bojxona organlari tomonidan samarali tartibga solishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari:
- Transchegaraviy elektron tijorat tushunchasi, uning vujudga kelish tarixi va rivojlanish bosqichlarini oʻrganish
- Transchegaraviy elektron tijoratning huquqiy asoslari, uning xalqaro va milliy qonunchilikdagi mazmun-mohiyatini ochib berish;
- Transchegaraviy elektron tijoratni boshqarishda bojxona organlari bilan bogʻliq jarayonlarni tahlil qilish;
- Transchegaraviy elektron tijoratni Oʻzbekiston Respublikasi va xorij savdo bozorlarida rivojlantirish tendensiyalarining qiyosiy tahlilini amalga oshirish;
- Transchegaraviy elektron tijoratni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini yaratishda xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish;
- Transchegaraviy elektron tijoratni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarni yaratishda mavjud muammolarni tahlili asosida ularni bartaraf etish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Bitiruv malakaviy ishining obyekti. Oʻzbekiston Respublikasida transchegaraviy elektron tijoratning amalga oshirish jarayonlari.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti. Oʻzbekiston Respublikasida transchegaraviy elektron tijorat bilan bogʻliq faoliyatni bojxona organlari tomonidan boshqarishni takomillashtirish.
Bitiruv malakaviy ishini nazariy-metodologik asoslari. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning raqamli iqtisodiyot, uning tarmoqlarini rivojlantirish va bojxona maʼmurchiligini tubdan isloh etish borasida bildirgan fikr va mulohazalari, “2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi”, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 5-iyunda qabul qilingan PF-6005-sonli “Bojxona maʼmuriyatchiligini isloh etish va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi farmoni tadqiqot ishining konseptual asosi sifatida olindi.
Tadqiqot ishida butunjahon bojxona tashkilotining “savdo yoʻnalishi va farovonlik”, “Transchegaraviy elektron tijorat boʻyicha standartlarning JBT ramkalari” nazariyalari, “Vakolatli iqtisodiy operator (AEO) kontsepsiyasini transchegaraviy elektron tijoratga kengaytirish” boʻyicha JBT kotibiyati eslatmasi “Elektron tijorat boʻyicha amaliy ishlar” kompediumi nazariy asos sifatida belgilandi. Tadqiqot ishining metodologik asosini tizimli yondashuv tashkil etib, ishda shuningdek, statistik tahlil, qiyosiy tahlil, SWOT tahlil, hujjatlar tahlili, ekspertlar bahosi, konseptual modellashtirish metodlaridan foydalanildi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling