Mavzu: “Transchegaraviy elektron tijoratni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini yaratish” Reja: 1-bob. Transchegaraviy elektron tijoratni boshqarishning nazariy- huquqiy asoslari


Download 0.58 Mb.
bet6/6
Sana19.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1622598
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1Annotatsiya

2-MUAMMO: Kuryerlik joʻnatmalarini respublikamiz hududiga olib kirish chogʻida joʻnatmalarni qabul qiluvchi shaxsga tegishli maʼlumotlarni kuryerlik tashkilotlari tomonidan taqdim etilishi va keyinchalik mazkur maʼlumotlardan fuqarolarning ruxsatisiz noqonuniy ravishda foydalanish holatlari mavjud. Bojxona nazorati jarayonida qabul qiluvchi shaxs bevosita ishtirok etmasligi sababli, haqiqatda ushbu tashkilotlar tomonidan qabul qiluvchi jismoniy shaxs manziliga kuryerlik joʻnatmalari yetkazilganligini nazorat qilish imkoniyati mavjud emas.
TAKLIF: Jismoniy shaxslar uchun xalqaro kuryerlik joʻnatmalari masofadan turib tasdiqlash, rasmiylashtirish, bojxona toʻlovlarini amalga oshirish, bojsiz olib kirish meʼyorlarini nazorat qilish imkonini beruvchi mobil ilovani yaratish;
NATIJA: Bu o’z navbatida Bojxona organlarida shaxsan fuqaro tomonidan tasdiqlangan ma’lumot bazasi shakllanishi olib keladi. Bu orqali, bojxona organlari shaxsni identifikatsiya qilish tizimidan foydalanilganligi sababli xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari ustidan bojxona nazorati tugagandan keyingi bojxona nazoratini(Bojxona auditini) amalga oshirish imkoniyati paydo bo’lib, dastlabki elektron ma’lumot bilan taqqoslagan holda xavflarni tahlil etish mumkin bo’ladi.
3- TAKLIF: Pochta va kuryerlik jo‘natmalari rasmiylashtiruvidan keyingi bojxona nazoratini amalga oshirish.
Rasmiylashtiruvdan keyingi bojxona nazoratini amalga oshirishda mobil ilovaga kiritilgan ma‘lumotlardan foydalanish.
NATIJA: Buning natijasida yashirin iqtisodiytning oldi olinib, tijorat uchun mo‘ljallangan tovarlarni jismoniy shaxslar nomiga bojsiz olib kirish normasi chegarasida noqonuniy olib kirish holatlariga chek qo‘yiladi.
Mobil ilova orqali:

  • istalgan vaqtda istalgan joyda ma’lumotlarni kiritish;

  • ma’lumotlar shaxsi tasdiqlangan fuqarolar tomonidan shakillantirish;

  • qiymatni tasdiqlash va taqiqlangan tovarlar bilan tanishish imkoni yaratiladi;

  • bojsiz olib kirish meʼyoridan ortiqcha tovarlarga bojxona toʻlovlari avtomatik hisoblanadi.

4 -MUAMMO: Soʻngi yillaardagi kuryerlik tashkilotlari sonini eʼtiborga oladigan boʻlsak, 2018-yil 228ta, 2019-yil 121 ta, 2020-yil 130 ta kuryerlik tashkilotlari faoliyat olib borgan. Bundan koʻrinadiki, soliq va bojxona organlari nazariga tushishdan qochish, hisobotlarni yashirish maqsadida ayrim turdagi kuryerlik tashkilotlari qisqa muddatlarda oʻz faoliyatini tugatgan yoki oʻz tashkilot nomlarini oʻzgartirib, qaytadan faoliyat boshlaganlar.
TAKLIF: Vakolatli iqtisodiy operator (AEO) konsepsiyasini transchegaraviy elektron tijorat sohasida qoʻllash.
Bunda kuryerlik tashkilotlariga vakolatli iqtisodiy operator maqomini berishda tashkilotning ma’muriy (1 yil) hamda jinoiy (3 yil) javobgarlikka tortilmaganligi, yetkazib berilgan tovarlar aylanmasi, faoliyat olib borgan yiliga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq.
NATIJA: Vakolatli iqtisodiy operator (AEO) konsepsiyasini transchegaraviy elektron tijorat sohasida qoʻllash doimiy va uzoq yillar faoliyat koʻrsatib kelgan kuryerlik tashkilotlarini saralashga yordam beradi.
5-MUAMMO: Elektron ma’lumotlarni idoralararo almashinuv jarayonida bir qator muammolar yuzaga kelmoqda. Jumladan, davlat idoralari dasturlari bir-biriga integratsiyalashmagan, davlat idoralari oʻrtasida hamkorlik yoʻlga qoʻyilmagan.
Xitoy mamlakatining tajribasida shuni koʻrish mumkinki, ular savdo deklaratsiyasini va bojxona rasmiylashtiruvini osonlashtirish uchun yuklarni joʻnatishdan oldin maʼlumotni bir martalik joylashtiradigan yagona texnologik platforma sifatida "Yagona oyna" imkoniyatlaridan foydalanadilar1. "Yagona oyna" konsyepsiyasi bitta agentlikka barcha kerakli maʼlumotlarni toʻplashi, soʻngra boshqalarga tarqatishi mumkin.

TAKLIF: Vakolatli davlat organlari oʻrtasida, shu bilan birga xalqaro mamlakatlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.
NATIJA: Ushbu yangilik koʻproq shaffoflik va tezroq rasmiylashtirish imkonini taqdim etadi


1 WCO Study Report on Cross-Border E-Commerce”, 2017. 31p. 14-bet.


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling