Mavzu: Tuman markaziy shifoxonasi Reja


Tuman markaziy shifoxonasi


Download 22.45 Kb.
bet3/5
Sana18.10.2023
Hajmi22.45 Kb.
#1709059
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tuman markaziy shifoxonasi

Tuman markaziy shifoxonasi tuman aholisiga malakali,
ixtisoslashgan statsionar hamda konsul`tativ xizmatni ko`rsatuvchi, tumandagi
barcha tibbiyot muassasalarining ish faoliyatini boshqaruvchi, tuman aholisiga
sifatli tibbiy xizmatni tashkil etishga mas`ul tashkiliy - metodik markaz
hisoblanadi. Markaziy tuman sifoxonasi davolangan bemorlar sonidan, tuman
aholisi sonidan, xizmat radiusidan kelib chiqqan holda quyidagi tarkibga ega
bo`ladi.
I. Diagnostika bo`limi
1. Rentgen xonasi.
2. UTT xonasi.
3. EKG xonasi.
4. Laboratoriya (klinik, bioximik, bakteriologik).
5. EEG, REG, ExoEG.
6. Endoskopiya bo`limi.
II. Statsionar bo`limi
1. Qabul bo`limi.
2.Rejali jarrohlik bo`limi.
3. Tez yordam stantsiyasi, reanimatsiya bo`linmasini o`ziga olgan shoshilinch tez yordam bo`limi.
4. Bolalar bo`limi.
5. Tug`ruq bo`limi.
6. Terapiya bo`limi.
7. Yuqumli kasalliklar bo`limi.
III. Ma`muriy xo`jalik qism
IV. Yordamchi xizmat bo`limi.
V. Patologik anatomiya bo`limi.
VI. Markaziy sterilizatsiya bo`limi.
VII. Kamerali dezinfektsiya bloki.
VIII. Insenerator.
Tuman markaziy birlashmasi qoshida bevosita bosh vrachga bo`ysunuvchi
ayrim bo`limlar: apteka, moliya – buxgalteriya, xodimlar bo`limi, tibbiyot arxivi,
tashkiliy uslubiy bo`lim, biblioteka va hakozolar.
Markaziy tuman shifoxonasining statsionari yuqorida ko`rsatilgan
bo`limlardan tashkil topadi. Boshqa bo`limlar aholining kasallanish darajasiga,
ixtisoslashgan tibbiy yordamga ehtiyoji bo`lgan hamda statsionarning moddiy
texnik bazasi va kadrlar bilan ta`minlanganiga qarab tashkil etilishi mumkin.
Tibbiyot muassasalarini joylashtirishda tumanning ichki sharoitini e`tiborga
olish zarur. Tumanda mustaqil ravishda bolalar kasalxonasi, tug`ruq kompleksi,
yuqumli kasalliklar shifoxonasi mavjud bo`lishi mumkin.
Tuman markaziy shifoxonasida bosh vrachning ruxsati bilan bemorlar
shaxsiy ust boshlardan foydalanishlari mumkin, bundan bolalar
kasalxonasi, tug`rukxona bo`limi, yuqumli kasalliklar shifoxonasi mustasno.
Tuman markaziy shifoxonasi qoshida jamoa kengashi, kasalxona kengashi,
hamshiralar kengashi, ilmiy - tibbiy jamiyat sektsiyasi faoliyat ko`rsatadi.

Download 22.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling