Mavzu: Tuproq hosil qiluvchi g’ovaksimon nurash mahsuloti


Download 1.95 Mb.
bet1/4
Sana23.04.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1389095
  1   2   3   4
Bog'liq
Tuproq hosil qiluvchi g’ovaksimon nurash mahsuloti

Mavzu: Tuproq hosil qiluvchi g’ovaksimon nurash mahsuloti

BAJARDI: AVAZOV RAVSHAN

QABUL QILDI: SAYDAMATOV FARHOD

FAN: TUPROQLAR GEOGRAFIYASI

REJA


1. Tuproq hosil qiluvchi tog’ ona jinslar
2. Elyuviy va delyuviy jinslar
3. Allyuvial va ko’l-allyuvial jinslar
4. Prolyuvial va muz(morena)yotqiziqlari
5. Eol yotqiziqlari va lyoss jinslar.

1. Tuproq hosil qiluvchi tog’ ona jinslar


Nurash po‘sti yuzasida tarqalgan g'ovak holdagi (g‘ovaksimon) cho£kindi yotqiziqlar tuproq hosil qiluvchi ona jinslar deb ataladi. Cho’kindi tog’ jinslaridan tuproq hosil boiishi va rivojlanishi muqarrar. tashkil etadi. Tuproq hosil boiish jarayonida ona jins o‘zining mexanik, mineralogik va kimyoviy tarkibini, shuningdek, fizik, kimyoviy, fizik-kimyoviy xossalarini unga o£tkazadi, keyinchalik asta-sekinlikda turli darajada o£zgaradi. To‘rtlamchi davr g‘ovak cho‘kindi jinslari asosiy tuproq paydo qiluvchi jinslar hisoblanadi. Ana shu jinslardan deyarli barcha hozirgi zamon tuproqlari shakllangan. Kelib chiqishi (genezisi)ga va hosil boiish sharoitlariga ko‘ra, to‘rtlamchi davr cho‘kindilari Bu o‘z navbatida tuproqning paydo boiish jarayonlarida va hosil boiadigan tuproqlar unumdorligida aks etadi. Barcha tuproq paydo qiluvchi (ona) jinslar kelib chiqishiga ko‘ra quyidagi guruhlarga: elyuvial, deiyuvial, allyuvial, koiallyuvial, prolyuvial, muz, dengiz, eol yotqiziqlari va lyoss jinslariga boiinadi. Bu jinslar tashqi ko‘rinishi, belgilari, tuzilishi va shuningdek, kimyoviy - mineralogik va mexanik tarkibi bilan farqlanadi.

2. Elyuviy va delyuviy jinslar


Elyuvial jinslar yoki elyuviy - tub jinslar nurash mahsulotlarining nurash po‘stida - o‘z joyida qolib to‘planishidan hosil boiadi. Magmatik va metamorfik jinslarining elyuviysi asosan tog‘li o‘lkalarda, baland tekisliklar (platolar)da (Kavkaz, Ural, O‘rta Osiyo va boshqa hududlarda) tarqalgan. Ko‘pincha kimyoviy va mineralogik tarkibi hamda xossalariga ko‘ra dastlabki boshlangich jinslardan unchalik farq qilmaydi. G‘ovak mayda zarrali materiallaming asta-sekin zich jinslarga o‘tib borishi elyuviyga xosdir. Tuproq paydo boiishida elyuviyning ahamiyati uning xossasi bilan belgilanadi. Karbonatli jinslar elyuviysida ko‘pincha unumdor (qora tuproq, bo‘z tuproq kabi) tuproqlar hosil bo’ladi.
Uncha qalin bo’lmagan elyuviyda (O‘rta Osiyo va boshqa joylarda) shag‘al tarkibli tuproqlar keng tarqalgan. Ko‘pincha, to‘rtlamchidavrga qadarli hosil boigan ohaktoshlar, mergellar, qumtoshlar singari jinslarning elyuviysi ona jinslar hisoblanadi. Ana shunday jinslar to‘rtlamchi davr yotqiziqlari bilan qoplanmagan maydonlar (tog‘ri o‘lkalar, Ustyurt platosi)da uchraydi.
Deiyuvial jinslar. Deiyuvial jinslar yoki delyuviy deb, nurash mahsulotlarining yomgir va erigan qor suvlari ta’sirida qiyaliklarning quyi qismlari va tog‘ yonbagirlariga keltirilib, to‘planishidan hosil boiadigan yotqiziqlarga aytiladi. Deiyuvial jinslar materiallari ancha saralanganligi va yaxshi qatlamli boiib, odatda yonbagirga parallel yo‘nalishda joylashuvi bilan farqlanadi. Delyuviy O‘rta Osiyodagi suv ayirgichlaming yonbagirlari va daryo vodiylarining yuqori terrasalarini qoplagan. Ko‘pincha elyuviy va delyuviy chegarasini aniqlash qiyin boiganda, ularni alohida elyuviy-delyuviy guruh iga kiritiladi. Delyuviyning kimyoviy va mineralogik tarkibi dastlabki jinslarga nisbatan biroz o'zgarishi bilan farqlanadi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling