Mavzu: Tuproq hosil qiluvchi g’ovaksimon nurash mahsuloti


Allyuvial va ko’l-allyuvial jinslar


Download 1.95 Mb.
bet2/4
Sana23.04.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1389095
1   2   3   4
Bog'liq
Tuproq hosil qiluvchi g’ovaksimon nurash mahsuloti

3. Allyuvial va ko’l-allyuvial jinslar


Allyuvial yotqiziqlar va allyuviy — doimiy oqar suvlar - daryolar faoliyati bilan bogiiq yotqiziqlardir. Toshqinlar natijasida daryo sohillari va daryo bo‘ylarida ko‘p to‘planadi. Allyuvial yotqiziqlar qatlamli va yaxshi saralanganligi bilan, ko'pincha sohil allyuviysi uchun qatlamli, o‘zan allyuviysiga qing‘ir-qiyshiq qatlamli tuzilish xarakterli. Sohil allyuviysi asosan qumoq va soz jinslardan iborat boiib, qoldiq qayirlarda organic nioddalarga boy allyuviy to‘planadi. O‘zan allyuviysi odatda turli oichamli zarrachalardan iborat qumdan tashkil topgan boiadi. Allyuvial yotqiziqlar uchun mineral donachalaming yaxshi yumaloqlanganligi xarakterli. Ular qadimgi va hozirgi zamon allyuvial jinslarga ajratiladi. Qadimgi allyuvial yotqiziqlar yirik daryolaming sohil usti maydonlarida tarqalgan. Qadimgi allyuviyda shag‘al toshlar ancha chuqurda yotqizilgan. Sirdaryo va Amudaryoning quyi tekislik maydonlarida shag‘al kam yotqizilib, asosan qalin qumdan iborat. Yosh daryo terrasalari uncha qalin boimagan (1-2 m chuqurlikda) qumoqdan iborat boiib, ancha qadimgi terrasalardaesa qumoq va soz jinslar qalin hamda shag‘alli yoki qum qatlami ancha chuqurda joylashadi. Allyuvial yotqiziqlar Amudaryo, Sirdaryo, Qashqadaryo, Zarafshon, Surxondaryo, Chirchiq, Ohangaron, Murg‘ob, Tajan daryolari vodiylarida, sohil va deltalarida keng tarqalgan boiib, ko‘pgina gidromorf tuproqlaming ona jinsi hisoblanadi.
Ko’l-allyuvial yotqiziqlar - koi va allyuviy jinslardan tashkil topgan. Bu jinslar bahorda erigan muz suvlarining pastqam tekisliklardagi havzalarida hosil boiadi. Ko’l - allyuvial yotqiziqlaming mexanik tarkibi xilma-xil, asosan qumli va ko‘ndalang qatlamli tuzilishga ega. Ko’l yotqiziqlari qadimgi pastqam joylarni to’ldirib, tarkibining loyli va qatlamli boiishi bilan ajralib turadi. Jumladan, muzliklar oldida hosil boigan koilardagi muz-koi yotqiziqlarida lentali loyli qatiam yaxshi ifodalangan. Ko‘1 yotqiziqlarida ko‘pincha organik modda saqlovchi qatlamchalar bo‘lishi va kalsiy karbonat to‘planishi mumkin. Quruq, issiq mintaqalarda gips va suvda oson eriydigan tuzlar to‘planadi hamda ulardan sho‘rlangan tuproqlar hosil boiadi. Sho‘r koilar qurigach sho‘rxoklarga aylanadi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling