Mavzu: Tuproq hosil qiluvchi g’ovaksimon nurash mahsuloti
Prolyuvial va muz(morena)yotqiziqlari
Download 1.95 Mb.
|
Tuproq hosil qiluvchi g’ovaksimon nurash mahsuloti
4. Prolyuvial va muz(morena)yotqiziqlariMuzlik yotqiziqlari yoki morenalar - muzliklar keltirib aralash holda yotqizilgan loy, qum, qirrali va silliqlangan shag‘al toshlardan iborat jinslardir. Morenalar kam saqlangan va mexanik tarkibi bo‘yicha esa tosh-shag‘al, qum, qumoq va loylardan iborat bo‘lishi mumkin. 0 ‘rta Osiyoda muzlik yotqiziqlari maydoni uncha ko‘p emas. Ular asosan baland va o‘rtacha baland tog‘li hududlarda tarqalgan. Qadimgi morenalar shag‘alli qumoqlardan va pastqam joylarda muz-ko’llarning loyli jinslaridan iborat. Hozirgi zamon morenalarda ancha dag’al va mayda zarrachalar aralash bo£lganligidan uncha yumaloqlanmagan qirrali toshlar ham uchraydi. Flyuvioglyatsial yoki muzlik suvlari yotqiziqlari – muz suvlarining kuchli oqimi bilan bog‘liq. Bu oqimlar o‘z yo‘lida uchragan morenalar va boshqa xil yotqiziqlar (jumladan, tub jinslar)ni yuvib ketib yotqizgan boiadi. Muzliklar atrofida asosan yumaloqlangan yirik shag‘al va yirik qum, qumloqlar to‘planadi. Undan quyiroqda sekin oqayotgan muz suvlari pastqam joylarga loyli, changsimon zarrachalar yotqiziladi. Ana shunday yo‘l bilan qumoq va loylardan iborat yoyilma hosil boiadi. Muzliklar atrofi va uning yaqinidagi botiq pastqam joylardagi ko‘l havzalarida uchraydigan qum-loyqa qatlamli keltirilmalarga muzlik-kol yotqiziqlari deyiladi Muzlik suvlari yotqiziqlarida shakllangan tuproqlar uchun kam unumdorlik, ya’ni gumus hamda oziq moddalarga kambag‘al va nam sigimining past boiishi xarakterli. Dengiz yotqiziqlari. Bu jinslar qadimgi dengizlar o‘rnida va to‘rtlamchi davrda dengizlar transgressiyasi va regressiyasi natijasida hosil boigan yotqiziqlardan iborat. Dengiz yotqiziqlari odatda qatlamli boiishi, yaxshi saralanganligi va tuzlami ko‘p saqlashi bilan xarakterlanadi. Bu jinslar Shimoliy Muz okeani qirg‘oqlarida, Kaspiy bo‘yi pasttekisligi, Orol dengizi qirg‘oqlariga yaqin pasttekisliklarda keng tarqalgan. Bu jinslaming yer chiqib qolgan joylarida sho‘rlangan tuproqlar paydo bo’ladi. O‘rta Osiyoning katta hududlaridagi sho‘r tuproqlar ham asosan ana shu jinslar bilan bog’liq. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling