Mavzu: Tuproqning suv rejimi va uni boshqarish usullari
Tuproqdagi suvning shakllari
Download 101.44 Kb.
|
Kurs ishi Dexqonchilik chala
- Bu sahifa navigatsiya:
- «fizikaviy birikkan»
Tuproqdagi suvning shakllari.
Professor L.P.Rozov tabiatdagi har qanday tuproqda ma’lum miqdorda suv bo`ladi deb yozgan edi. Agar nam tuproq 100-110gacha qizdirilsa, bir necha vaqtdan keyin suv bug`lanib ketadi, 100-110° da quritilgan bunday tuproq shartli ravishda absolyut quruq tuproq deb ataladi, shuningdek, agar qizdirish davom ettirilsa, u yana og`irligini yo`qota boradi, ya’ni suv ajralib chiqadi va oxirgi qismi suv tuproq cho`g` holatiga kelganda, ya’ni 500gacha qizdirilganda ajralib chiqadi. Bundan ma’lumki, tuproqda suvning ikki shakli (holati) bor, «fizikaviy birikkan» suv, u 100da bug`lanadi va ikkinchisi «kimyoviy birikkan» suv, u 100 da bug`lanmaydi. Bu suv, asosan, kristallizatsion va gidratatsion suvdan iborat. Shunday qilib, tuproqda fizikaviy va kimyoviy holatda birikkan suv bo`ladi. Kimyoviy birikkan suv, mineral kolloidlar va minerallar tarkibida gidroqsil birikma yoki molekula shaklida uchraydi. Kimyoviy birikkan suv ba’zan tuproq og`irligining 5-7% ga yetadi. Kimyoviy birikkan suv qancha ko`p bo`lsa, tuproqning mineral tarkibi shuncha murakkab, qancha kam bo`lsa, shunchalik oddiy bo`ladi. Bu suv tuproqda juda katta kuch bilan birikkanligi uchun, undan o`simliklar foydalana olmaydi. Fizikaviy shakldagi suv o`z navbatida quyidagi turlarga bo`linadi: bug`simon suv, gigroskopik suv, pardasimon suv, kapillyar suv va gravitatsion suv. Bug`simon suv. Har qanday sharoitda tuproqdagi suvning bir qismi bug` holatiga o`tadi. Bug`simon suv o`simliklarga singmaydi, u hech qanday fiziologik ahamiyatga ega emas. Ammo, suyuq holatga o`tgandan keyin o`simliklarga singadi: biroq bu bug`simon suv o`simliklar uchun asosiy suv manbai bo`la olmaydi. Shuning uchun ham, bug`simon suv, dehqonchilikda amaliy jihatdan ahamiyatga ega emas. Gigroskopik suv. Gigroskopik suv tuproq zarralari yuzasiga singdirilgan namlikdir. Tuproqdagi namlikning miqdori maksimal gigroskopik suvdan ikki marta ko`p bo`lsa, o`simliklar so`liy boshlaydi. Masalan, ma’lum bir tuproqdagi maksimal gigroskopik suv 4 %, shu tuproqdagi nam 8 % bo`lsa, o`simliklar so`liy boshlaydi. Har qanday tuproqdagi maksimal gigroskopik suvning ikki xissasiga teng bo`lgan namlik o`simliklarning so`lish koeffitsiyenti deyiladi; bunday miqdordagi suv o`simliklar hayoti uchun foydasizdir. Pardasimon suv. Parda suv-tuproq zarrachalarining sirtidan yupka parda singari o`rab olgan bo`ladi. Pardasimon suvni o`simlik o`zlashtira olmaydi. Kapillyar suv. Kapillyar suv tuproq qatlamlaridagi kapillyar kovaklar orqali quyi qatlamdan yuqori qatlamga erkin harakat qiladigan suvdir. Kapillyar suv tuproqning juda mayda kapillyarlarini (yo`llarini) to`ldiradi va o`simlik yaxshi foydalanadi, shuning uchun o`simlikni suv bilan taminlashda asosiy manbalardan hisoblanadi. Gravitatsion suv. Tuproqning nokapillyar kovaklari orqali yuqoridan quyi qatlamlarga erkin harakatlanadigan suv gravitatsion suv deyiladi. Gravitatsion suvdan o`simlik yaxshi foydalanadi, lekin u tezda pastki qatlamga o`tib ketadi yoki suvning boshqa holatiga aylanib qoladi. Download 101.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling