Mavzu: Turistlar xavfsizligini ta’minlashning xususiyatlari. Reja
Xatarli nurianish va kimyoviy omillar
Download 62.68 Kb.
|
Mavzu Turistlar xavfsizligini taâminlashning xususiyatlari. Rej-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yong‘in xavfi
Xatarli nurianish va kimyoviy omillar
Ultrabinafsha nurlanishi, radioaktivlik darajasining yuqori bo‘lishi - juda ham ko‘p uchraydigan omillar hisoblanadi. Ultrabinafsha nurlanish xavfi bor hollarda (quyoshdan kuyish, issiq urishi) turistlarni ogohlantirish kerak hamda ularga xatarli hududga borishganda shaxsiy himoya vositalari (quyosh nuriga qarshi ko’z oynak- lar, himoyalovchi krem, maz va kiyimlar)ni ishlatish tavsiya etiladi. Bu tog‘larga uyushtirilgan safarlarda, tog‘-chang‘i va suv sayohatida ham keng tarqalgan. Radiatsiya darajasi yuqori bo’lgan hududlarga turistik yo'nalishlarni uyush- tirish mumkin emas. Yaponiyalik ko‘pgina turistlar doimo o ‘zlari bilan radiatsiya darajasini ko‘rsatuvchi maxsus datchiklar olib yurishadi va radiatsiya darajasini yuqoriligini sezishsa, turistik yo‘nalishlami to‘xtatishlari ham mumkin. Joylarning inson organizmiga ta ’sir qiluvchi kimyoviy omillari ham b o ‘ladi (masalan, zahar- lovchi, og‘riq paydo qiluvchi). Yo‘nalishni tashkil qilish vaqtida bunday omillar bor yo‘qligini tekshirish kerak. Suv tarkibida, ayniqsa, ichimlik suvi tarkibida, havo, tuproq, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi zararli moddalar ustidan nazorat o ‘matish kerak. Shuningdek, kimyoviy ta ’siri past bo‘lgan yo‘nalish trassalarini, yo‘lda dam olish joylarini, uxlash uchun joylami, ovqatlanish uchun va dam olish joylarini tanlash maqsadga muvofiqdir. Joylarda dezinfeksiya ishlarini qo’llash kerak. Yong‘in xavfi Qurilish me’yorlari va qoidalariga doimo rioya qilish kerak. Shuningdek, turistlaming himoyasi uchun obyekt va muassasalarda yong‘in xavfining oldini oladigan qo‘llanmalarga ham e’tibor berilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Tashish bosqichidagi xavf va xatarlar sayohatda turistlarni tashish juda ham xatarli bo’lgan bosqich hisoblanadi, chunki transport vositalari juda katta xatar manbalaridir. Tashish turlarining hammasida xavfsizlik eng asosiy masala bo’lishiga qaramas- dan, noxush hodisalarning ko‘pi tashish bosqichida sodir bo‘ladi. Avtobuslaming avariyaga uchrashi, temiryo‘1 poyezdlarini (eng zamonaviy liniyalar ham) relslar- dan chiqib ketishi ( 1998-yili Germaniyada yuqori tezlik bilan harakat qiladigan poyezd relsdan chiqib ketgan va bu og‘ir oqibatlarga olib kelgan. 2006-yilning avgust oyida Misrda bir-biriga qarama-qarshi yo‘lga chiqqan poyezdlarning to‘q- nash kelishi natijasida yuzlab odamlar vafot etdi va jarohatlandi), dengiz kemalarining ch o ‘kishi, hamma markadagi samolyotlarning yerga yoki dengizga qulashi mumkin. Texnik yoki tabiiy nosozliklar falokatlarni keltirib chiqaradi, lekin bunday hollar terroristlaming ishi deb belgilanmaydi. Har hafta butun jahon juda ham ayanchli hodisalar bilan birga o ‘n va o ‘ndan ortiq odamlar o‘limi bilan tugayotgan falokatlarni eshitib larzaga keladi. Lekin, bunday hodisalar tashish hajmining kam foizini tashkil etadi. Agar bunday bo‘lmaganda hech kim biror-bir yerga bormasdi, xavfdan qo‘rqib uyda o ‘tirar edi. Bundan tashqari, har b ir turist sayohatga otlanayotganda, albatta, u bilan hech narsa sodir bo‘lmaydi, — deb hisoblaydi. Har bir transport turida yo‘lovchilarni tashish qoidalari mavjud va shu bilan birga yo’lovchi va ularning yuklarini sug‘urtalovchi institutlar tashkil etilgan. Havo va dengiz, avtomobil va temir yo‘llarida tashish haqida Butunjahon Konvensiyasi qabul qilingan. Bunda xavfsizlik qoidalari asosiy o‘rinni egallaydi. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI
Download 62.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling