Mavzu: Turistlar xavfsizligini ta’minlashning xususiyatlari. Reja
Sayohat davomida turistlarning hayotiga ta’sir etuvchi omillar
Download 62.68 Kb.
|
Mavzu Turistlar xavfsizligini taâminlashning xususiyatlari. Rej-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jismoniy toliqish, asabiy va ruhiy omillar
4. Sayohat davomida turistlarning hayotiga ta’sir etuvchi omillar
Atrof-muhit ta ’siri Atmosfera bosimining tushishi, yog‘ingarchilik, havo namligi, havo harora- tining yuqoriligi yoki pastligi atrof-muhit ta ’siri omillari hisoblanadi. Tumi tashkil qilishda qulay faslni tanlash, turistik tadbirlarni amalga oshirish uchun qulay kunlami, turistik yo‘nalish uchun trassani maqsadga muvofiq holda tanlash, ob-havo va shart-sharoitlarini hisobga olish, yog‘ingarchilikdan bekinish uchun joy bo‘lishi kerak. Binolarni konditsioner, avtomatik nazorat va signalizat- siya bilan ta ’minlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatar va qutqarish chora- tadbirlari haqida turistlarni vaqti-vaqti bilan ogohlantirish lozim. Turistga berilgan ta ’rifdan ma’lumki, u boshqa bir joyga yoki mamlakatga sayohat qiladi. Ayniqsa, eng xatarli omillar turistning boshqa iqlim mintaqasiga, ya’ni odatdagi yashash sharoitidan farqli o‘laroq boshqa joyga borishidan yuzaga keladi. Turistik sayohat qisqa bo’lganligi sababli, hamma vaqt ham turistning organizmi borgan yerdagi ob-havo sharoitlariga o’rgana olmaydi. Mahalliy vaqtning to‘g‘ri kelmasligi sababli turist yaxshi uxlay olmaydi va o’zini yomon his qiladi, ekskursiyalarda ma’lumotlarni yaxshi esda olib qola olmaydi va unga qizil ko‘zlar degan ta’rif ham beriladi. Ob-havosi issiq bo‘lgan joyga borganda organizmga issiq havo ta’sir qiladi. Masalan, agar Isroilda yozda ma’lum bir miqdorda suv ichilmasa (kuniga 5 litrgacha), unda organizm suvsiz- lanadi va og‘ir oqibatlarga olib keladi. Shuning uchun tu r yaxshilab ishlab chiqilishi va turistning jismoniy holatini hisobga olishi, turistni ortiqcha zo‘riqtirmaslik va unga joy sharoitlariga mosla- shish uchun ma’lum bir vaqt (va albatta dam) ham berish kerak. Jismoniy toliqish, asabiy va ruhiy omillar Turist 1000 AQSH dollariga yo’llanma sotib olib, sarflagan puliga yarasha dam olishni xohlaydi. Lekin, kundalik hayotda es-hushi joyida bo’lgan odamlar kuniga besh marta dengizda cho‘milmaydi, sakramaydi va uncha ko‘p yugurmaydi, issiqda ko‘p soatli ekskursiyalarga har kuni boravermaydi, ertalabgacha ashula aytib, raqsga tushmaydi, har xil va o ‘rganilmagan ovqatlar iste’mol qilmaydi. Ba’zan turizmda organizm zo‘riqadi, masalan, ko‘p ekskursiyalar, toqqa chiqish, dengiz va uzoq muddatli avtobus ekskursiyalari. Bular jismoniy jihatdan baquvvat odamlarga mo‘ljallangan, ya’ni qisqa muddatli zo‘riqishlarni ko‘tara oladigan odamlarga. Qarib qolgan kishilar, yosh bolalar, sog‘lig‘i yomon bo’lgan , surunkali kasali bor odamlar, shuningdek balanddan qo‘rqadigan va dengiz chayqalishini ko‘tara olmaydiganlar shifokor bilan maslahatlashishi va ehtimol bu turdagi safar va turlarga borishdan bosh tortishi kerak bo‘ladi. Ayrim turlarga turistlami qabul qilishda turistlardan sog‘lomligi haqida ma’lumotnoma talab qilinishi kerak. Yo‘nalishni tashkil qilishda odamlaming ma’lumot qabul qilish qobiliyatini hisobga olish kerak, dam olish uchun ularga bo‘sh vaqt berish va mustaqil o ‘zlari turistik resurslar bilan tanishishlarini ta ’minlash kerak. Ishni, turistlami joyga yetkazish jadvalini va tadbirlarning ketma -ketligini har bir soniyagacha yaxshilab rejalashtirish kerak. Turistlaming bir me’yordagi hayot tarzini ta ’minlash uchun zarur va yetarli vaqt oraliqlarini obdon hisobga olish kerak (masalan, uyqu, ovqatlanish, gigiyenik, maishiy va sanitar ehtiyojlar). Ekskursiya ishining to ‘g‘riligini belgilashda turist- larning intellektual qobiliyatini, turistlar guruhining psixofizik tayyorgarligini, hamda ulaming an’analarini, urf-odatlarini, dinini hisobga olish ham muhim o‘rin tutadi. Download 62.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling