Mavzu: Turistlar xavfsizligini ta’minlashning xususiyatlari. Reja
TRANSPORT VA TURIZM OBYEKTLARIDA XAVFSIZLIKNI
Download 62.68 Kb.
|
Mavzu Turistlar xavfsizligini taâminlashning xususiyatlari. Rej-fayllar.org
TRANSPORT VA TURIZM OBYEKTLARIDA XAVFSIZLIKNI
TA’MINLASHGA OID QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport va turizm obyektlarida jamoat xavfsizligini ta’minlashning samarali tizimini joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 6-martdagi PQ-4229-son qaroriga muvofiq, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda transport va turizm obyektlari hamda ularga tutash hududlarda jamoat xavfsizligini ta’minlashning markazlashgan muvofiqlashtirilgan boshqaruvini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda Bosh boshqarma deb ataladi) tuzilmasida Situatsion-tahliliy markaz (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etilsin. 2. Quyidagilar Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin: transport va turizm obyektlari hamda ularga tutash hududlardagi holat va vaziyatni monitoring qilish, kelib tushgan ma’lumotlar tahlili asosida vaziyatning kelgusi rivojlanishini prognoz qilish; transport va turizm obyektlari hamda ularga tutash hududlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, tizimlashtirish, jamlash va tahlil qilish; transport va turizm obyektlari hamda ularga tutash hududlarda huquqbu- zarlik holatlari, tabiiy va texnogen tusdagi hodisalarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan tezkor va samarali choralar ko‘rish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish; transport va turizm obyektlari hamda ularga tutash hududlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflar to‘g‘risida Bosh boshqarma Navbatchilik qismini tezkor ma’lumotlar bilan ta’minlash. 3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi tuzilmasida Situatsion-tahliliy markazni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi: a) 1 oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi Situatsion-tahliliy markazining nizomini tasdiqlasin; b) 2021-yil 1-yanvarga qadar: transport obyektlarida xavfsizlikni ta’minlovchi profilaktika inspektorlari va patrul-post xizmati xodimlarini mobil videoregistrator (bodikamera)lar bilan ta’minlasin; transport obyektlarida xavfsizlikni ta’minlovchi profilaktika inspektorlarini qidiruvdagi shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan dasturiy ta’minotga ega planshetlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin; 5. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyala- rini rivojlantirish vazirligi Markazni transport va turizm obyektlari hamda ularga tutash hududlarda jamoat xavfsizligini ta’minlashning markazlashgan boshqaruvini amalga oshirish uchun zarur yuqori tezlikdagi aloqa transport kanallari bilan belgilangan tartibda ta’minlasin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin. Download 62.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling