Mavzu: Turistlarga joylashtirish xizmatlarini tashkil etish Bajaruvchi
Mehmonxonalar tasnifi va mehmonxona turlari
Download 136.96 Kb.
|
Turistlarga joylashtirish xizmatlarini tashkil etish Yusupov Otabek
1.3 Mehmonxonalar tasnifi va mehmonxona turlari
Mehmonxonalar klassifikatsiyasi - aniq bir mehmonxona va nomerlarning xizmat ko`rsatish kriteriylari va standartlariga mos kelishini aniqlashdir. Har bir davlatda qabul qilingan klassifikatsiya standartlarning sifat parametri hisoblanadi va bu uning nufuziga, shakllanishiga, mijozlariga, xizmatlar narxiga ta‘sir qiladi Mehmonxonalar klassifikatsiyasi xalqaro va milliy darajalarda, shuningdek, mehmonxonalar zanjiri, uyushmalari, ittifoqlari darajasida tartibga solib turiladi. Hozirda 30 dan ortiq klassifikatsiyasi mavjud bo`lib, ulardan nisbatan keng tarqalganlari quyidagilar -yulduzlar tizimi (1dan 5gacha); -harflar tizimi(A,V,S,D); - "tojlar" yoki kalitlar tizimi; - ball tizimi; - razryadlar tizimi va boshqalar; Dunyoda yagona tizimning yuzaga kelishi uchun davlatlarning milliy an‘analari, madaniy-tarixiy farqlar, sifat kriteriylari to`siq bo`ladi. Hozirda O`zbekistonda mehmonxonalar klassifikatsiyasi tizimi 1 dan 5 yulduzgacha bo`lgan standart joriy qilingan. Har bir yulduz kategoriyasi quyidagilar bo`yicha ma‘lum standartlar talablariga javob berishi lozim: - binolar, inshootlar; - mehmonxona nomerlari; - hayot xavfsizligini ta‘minlash tizimi; - qulaylik darajasi; - asosiy, qo`shimcha va yordamchi xizmatlar; - personallar malakasi va boshqalar Turistlarni joylashtirishda klassik tipdagi bosh korxonadir. Uning asosiy belgilaridan biri nomerlar mavjudligidadir. Mehmonxonalar barcha zaruriy xizmatlarturlarini taqdim etadi. Har kuni to`shakni tartibga keltirish, xona (nomer) va sanitariya uzellarini yig`ishtirish, shuningdek, qo`shimcha va yo`l-yo`lakay talab qilinadigan xizmatlarni bajarish. Mehmonxonalarning turli klassifikatsiyalari mavjud. Mehmonxona xo`jaligi nazariyasi va amaliyotida xizmatlar turlari va maishiy qulayligidan kelib chiqilib otellarni guruhlarga bo`lish keng tarqalgan. Bu klassifikatsiya xizmat ko`rsatish standartiga qarab qabul qilingan otel kattegoriyasiga muvofiq belgilanadi. Attestatsiya natiajalari bo`yicha har bir mehmonxonaga razryad berildi. Bu uning binosi sifat va son xususiyatlariga, nomer fondiga, infrastrukturasi, turmush ta‘minoti, shuningdek shinamlik darajasi, asosiy assortimentlari, qo`shimcha va yo`l-yo`lakay xizmatlari, xodimlar malakasi, servis madaniyatiga bog`liqdir. Razryadga ega bo`lish otel narxnomalari va mijozlar tarkibining nufuzida aks etadi. U sayohat qiluvchi shaxsga turistik bozor takliflarida erkin munosabatda bo`lishga ko`maklashadi. Mehmonxonaning sifati, xizmat ko`rsatish bilan narxini tenglashtirib ko`rish, tunash uchun qulay joy tanlashga imkon beradi. Boshqaruv organlari otel klassidan davlat investitsiyalari va soliq miqdorining taqsimlanish mezoni sifatida foydalaniladi. Mehmonxona biznesi sohasida narx siyosatini ishlab chiqishda uni hisobga oladi. Download 136.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling