Mavzu: Turistlarga joylashtirish xizmatlarini tashkil etish Bajaruvchi


Ovqat va ichimlik tannarxini hisoblash usullari


Download 136.96 Kb.
bet5/9
Sana24.06.2023
Hajmi136.96 Kb.
#1653699
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Turistlarga joylashtirish xizmatlarini tashkil etish Yusupov Otabek

Ovqat va ichimlik tannarxini hisoblash usullari
1950-yilning boshlariga e’tiboran mehmonxona xo‘jaliklarida tatbiq qilina boshlangan faol nazorat tizimlari ovqat va ichimlik tannarxlarining pasayishiga imkon bergan, ishchilar maoshlaridagi ahamiyatli ko‘payishiga nisbatan ko‘payish ko‘rsatmoqda. Ovqat tannarxi nazoratining 2 ta ahamiyatli uslubi mavjud.
1. Xorvat va Xorvat ovqat tannarx tizimi. Bu tizim menyu haqidagi har bir narsa tannarxining sotishlar bilan aloqasiga tayanadi.
2. Tannarxlarni proporsiyalashga tayangan nazorat uslubi. Bu uslub tannarxlarning va ovqat sotilishdan keyingisini emas, oldingi daromadlarning nazorati uchun qabul qilingan 2-3 kunlik vaqtdagi jami foyda va tannarxni taxminan ko‘rsatadi. Bu tizim 2 ta asosiy guruhda jamlanadi.
1. Sotishlarning oldindan taxminiy hisoblanishi.
2. Tannarxlarning oldindan taxminiy hisoblanishi.
Taxminiy sotishlarning hisoblanishi uchun hamisha qayd qilinishi kerak bo‘lgan narsalar quyidagalar: Ertalabki nonushta, tushlik va kechki ovqatdagi ish hajmi. Tablodan, maxsus ovqatlardan va menyudan sotilgan hajm miqdori. Tarix, kun va qaysi salonlarning qo‘llanilgani, maxsus voqealar va doimiy mijozlar miqdori.
Ovqat tannarxini oldindan nazorat qilish uchun; Menyudagi hamma narsaning ma’lum jinsi, miqdori, sifati ko‘rsatilib standart buyurtmalar yuzaga keltiriladi. Har bir menyu uchun standart reseptlar qilinadi. Standart oshpazlik va muomala usullari qo‘llaniladi. Ovqat va ichimlik nazorat byurosi nomini olgan va boshqaruvni ovqat va ichimlik nazoratchisi tomonidan olib borilgan bir javobgar tomonidan qilinadi. Nazoratchi bevosita oziq-ovqat direktoriga bo‘ysunadi. Vazifasi, har xil bo‘limlardan kelgan ma’lumotlarni jamlash, bu ma’lumotlardan va oldingi davrlardagi hisob daftaridan foydalanib, kelgusi davrlar uchun taxmin qilish va taxminlar bo‘yicha ro‘yobga chiqqan natijalarni solishtirib natijalarini bo‘limlarga yetkazishdir. Ovqat va ichimlik nazoratida eng ahamiyatli muammo kelgusi qisqa davrlarda korxonaning turli servis joylarida qancha kishiga servis ko‘rsatilishini taxmin qilishdir. Ovqat va ichimlik nazoratchisi taxminlarning (servis hisobi, sotish daromadi, ovqat tannarxi, tannarx foizi) yonida taxmin qilingan davrning ro‘yobga chiqqan hisob natijalarining kuniga bog‘liq, bo‘limlardan hosil qilib, taxminlar bilan ro‘yobga chiqqan sonlarni qiyoslaydi va kelgusi davr uchun yangidan taxmin qiladi.

Download 136.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling