Мавзу: Туризм жисмоний тарбиянинг таркибий қисми эканлиги ва бошқа фанлар билан алоқадорлиги


Download 172.84 Kb.
bet11/16
Sana22.06.2023
Hajmi172.84 Kb.
#1649420
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
turizim jismoniy tarbiyaning tarkibiy qismi ekanligi va boshqa fanlar bilan bogliqligi

Antropologiya
Antropologiya - odamning kelib chiqishi va yevolyusiyasi (rivojlanishi), jismoniy tuzilishi va irqlar, millatlarning paydo bo’lishi haqidagi fandir. Turizm ilmida yesa u - insonning atrof - muhitga ta’siri va madaniyatini o’rganadi. Maqsadi - inson hayotining murakkab xarakterini, ularning o’zaro aloqadorlik tizimini va jamiyatdagi xulqini tadqiq qilishdir. Shuningdek, u sayohat qilishga undovchi sabablarni keltirib chiqaruvchi omillarni; sayohat zaruriyatini taqozo qiluvchi ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy sharoitlarni; turistlarning atrof - muhitga ta’sirini, turli holatlarda mahalliy aholi bilan o’zaro aloqasini, mahalliy madaniyat va millatlararo aloqalar rivojlanishining turizmga ta’sirini o’rganadi. Aynan antropologiyani o’rganish turistik obyektlar va markazlar chegarasini aniqlashga yordam beradi va turistik oqimni to’g’ri taqsimlash va yo’naltirish imkoni tug’iladi.
Pirovard natijada quyidagi savollarga javob olinadi: ma’lum bir obyektga obyektning o’zi va turistlarga zarar qilmagan holda nechta turist tashrif buyurishi mumkin? Turistlar tomonidan axborot (informasiya) va atrofni o’rganish, ushbu resurslardan maqsadli foydalanishni ta’minlash mumkinmi? Bu ma’lumotlar turizmni turli darajada rejalashtirish imkonini beradi.
Sosiologiya
Sosiologiya - jamiyashunoslik haqidagi fandir. Turizm ilmida yesa u - insonni boshqa joyga borishga yordam beruvchi ijtimoiy (sosial) sharoitlarni o’rganuvchi fan bo’lib gavdalanadi. Inson hayotida turizmni amalga oshirish uchun kamida (minimum) ikkita muhim shart bajarilishi kerak: turistik sayohatni amalga oshirish uchun bo’sh vaqt va mablag’. Shuningdek, tinch siyosiy holat va mijoz xohishi mavjud bo’lgan paytda bo’lishi kerak.
Turizm iqtisodiy munosabatlarda paydo bo’ladigan har qanday nomutanosibliklardan ta’sirlanadi. Jahon ijtimoiy hayotida katta voqyea yoki iqtisodiy tizimda muhim o’zgarishlar sodir bo’lishi bilan darhol turizm rivojlanishi holati va dinamikasida aks etadi. Masalan, 1998 - yilgi Rossiya moliyaviy inqirozi jamiyatni larzaga keltirdi. Osiyo krizisi ushbu hudud turistik bozoriga yomon ta’sir qildi va bundan turizm 10 % ga qisqardi. Biror mamlakatdagi moliyaviy tizimning krizisi turistik xizmatlarning to’loviga bo’lgan talabini deyarli tugatadi. Natijada, tashqariga chiqadigan va ichki turizm sohasida turistlar soni yuz martalab kamayadi, haftalab davomida turistik faoliyat deyarli mavjud bo’lmaydi.
Doimiy taraqqiyotda turizm ijtimoiy (sosial) hodisa sifatida qaraladi. Insonlarning xulqi ularning yoshi, millati, ijtimoiy holati, ma’lumoti, yashash joyi, madaniy qarashlarga bog’liq holda o’rganiladi. Sosiologiya psixologiya va antropologiya usullaridan foydalanib, insonlar guruhining xulqini tadqiq qiladi.
Hozirgi kunda sosiologik tadqiqotlarga katta ye’tibor berilmoqda. Deyarli har bir katta tadbir yoki ko’rgazmada turistlar va tashrif buyuruvchilardan turli ma’lumotlarni to’plash maqsadida anketalash o’tkazilmoqda. Bu anketalash hozirgi va kelajakdagi sayohatlar darajasini baholash uchun muhim ma’lumotlar olish imkonini beradi. Turizm xizmatchilari ham turistlar ham faol ravishda anketada qatnashmoqdalar.
Sosiologik tadqiqotlar ma’lumotlari ma’lum bir iste’molchi bozorida turistik mahsulotning harakat qilish siyosati shakllanishida, bashorat va ko’rsatmalar ishlab chiqishda hamda bojxona va migrasion munosabatlar va qoidalar sohasida muhim siyosiy - iqtisodiy qarorlar qabul qilishda asos bo’lish uchun dastlabki baza hisoblanadi.

Download 172.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling