Мавзу: Туризм жисмоний тарбиянинг таркибий қисми эканлиги ва бошқа фанлар билан алоқадорлиги


Download 172.84 Kb.
bet13/16
Sana22.06.2023
Hajmi172.84 Kb.
#1649420
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
turizim jismoniy tarbiyaning tarkibiy qismi ekanligi va boshqa fanlar bilan bogliqligi

Geografiya
Hudud resurslarining turistik salohiyatini baholash geografik va unga bo’lgan omillarga bog’liq. Geografiya - tabiiy - iqlimiy, demografik (demografiya - aholishunoslik) ma’lumotlar, ularning o’zgarish tendensiyalari va istiqbollari, turizmning hududlararo va hudud ichida rivojlanishini batafsil rejalashtirish, obyektlar, turistik sanoat, turizm sohasini investisiyalashni rivojlantirishni rejalashtirish, turistik oqimlarni, aholi bandligini va turizmdan tushuvchi daromadni rejalashtirish uchun juda zarur hisoblanadi.
Informatika
Rivojlanishning hozirgi bosqichida xo’jalikning har qanday tarmog’i kuchli axborot ko’magisiz ishlay olmaydi. Turli fan sohalari bo’yicha ma’lumotlardan turizm maqsadlarida ham foydalaniladi. Bugungi kunda turistik xizmatlarni bronlashda turli avtomatlashtirilgan axborot tizimlari muhim rol uynaydi. Turistik resurslar, turistik mahsulotlar ma’lumotlarining axborotlari turli xil - kitoblar, spravochniklar, kataloglar, prospektlar, yo’l ko’rsatkichlar, jadvallar ko’rinishlarida aks etadi. Ko’pchilik turistik kompaniyalar o’z tarkibida nafaqat xususiy turistik agentligi, balki quvvatli axborot markazlari va nashriyotlariga ham yegadirlar. Masalan, Buyuk Britaniyaning “Reyed Travel Group” turistik agentligi bunga misoldir.Ta’kidlab o’tish kerakki, yo’l ko’rsatuvchi kitoblar turizmning o’zi rivojlanishidan ancha oldin ishlab chiqilgan.Tomas Kuk birinchi bo’lib turistik sayohatni tashkil qilgan paytda, Londondan Parijga sayohat qilishni amalga oshirish uchun yo’l ko’rsatuvchi kitoblar bor yedi. Ko’pchilik yo’l ko’rsatkichlar 100 yillik tarixga yega.
Bugungi kunda ko’pgina axborot oqimlari SD - disklarda jamlangan. 1990 - yil kompyuter bilan ta’minlashdagi texnik inqilob turizm maqsadlari uchun kuchli avtomatlashtirilgan tizimni vujudga keltirdi.
Jahon Global kompyuter tizimlari axborot tashuvlarini birinchi navbatda havo transporti hamda mehmonxona va boshqa xizmatlarni bronlashni tashkil qilishda keng tarqalgan.
Turistik axborotni rivojlantirishda yana bir juda katta turtki internet global tarmog’i bo’ldi. Bugungi kunda deyarli barcha turistik firmalar ye-mail yelektron pochta orqali ushbu tarmoqqa chiqish imkoniyatiga yega. Tarmoqdan foydalanuvchilarning barchasi turistik xizmatlar haqida keng axborot olishda ulardan foydalanadilar.
Turizmga javob beruvchi davlat tashkilotlari, xususiy kompaniyalar, turistik firmalar, otellar, turistik assosiasiyalar, tashuvchilar, attraksiya xizmatini taklif yetuvchi firmalarda katta axborot tizimlari mavjud. Axborotni internet tarmog’iga joylashtirish umumiy holda kitob yoki buklet chiqarishdan arzon, axborot oson va tez ko’rinishini o’zgartiradi, yuqori sifatli rangli illyustrasion ma’lumotni ham uzatish mumkin. Axborot rivojlangan mamlakatlardagi foydalanuvchilarning keng doirasiga yetib boradi.
Huquq
Turizm ko’pchilik mamlakatlar iqtisodiyotining muhim qismi sifatida, xalqaro aloqalarning tarkibi sifatida alohida huquqiy tartibga solishni talab qiladi. Shuning uchun o’ziga xos tarmoq - turistik huquq tarkib topgan.

Download 172.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling