Мавзу: Туризм жисмоний тарбиянинг таркибий қисми эканлиги ва бошқа фанлар билан алоқадорлиги
Download 172.84 Kb.
|
turizim jismoniy tarbiyaning tarkibiy qismi ekanligi va boshqa fanlar bilan bogliqligi
Milliy huquq
Ko’pchilik mamlakatlarda rezident va norezident kompaniyalar uchun turistik faoliyat normalari va rivojlanish tamoyillarining asosiy konsepsiyalari turizm xaqida milliy qonunlar bilan mustahkamlangan. Norezidentlar faoliyati uchun odatda ma’lum cheklashlar mavjud. Turizm tashkilotchilari va turist - mijozlar munosabatlari tartibga solingan. O’zbekiston Respublikasida bu masalaga qanday qaraladi? Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, mustaqillik turizm sohasiga ham o’z ta’sirini o’tkazdi. Iqtisodiyotning mazkur yo’nalishida ham chuqur islohotlar boshlab yuborildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 - yil 27 - iyuldagi "O’zbekturizm" Milliy Kompaniyasini tashkil yetish to’g’risida"gi Farmoni, 1995 - yil 2 - iyundagi "Buyuk Ipak yo’li"ni qayta tiklashda O’zbekiston Respublikasining ishtirokini avj oldirish va respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi chora -tadbirlar to’g’risida"gi Farmoni, 1999 - yil 15 - apreldagi "2005 - yilgacha bo’lgan davrda O’zbekiston da turizmni rivojlantirish Davlat dasturi to’g’risida"gi Farmoni, ayniqsa, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999 -yil 20 - avgustda qabul qilingan "Turizm to’g’risida"gi Qonuni, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va boshqa mutasaddi davlat tashkilotlarining turizmga oid qator qarorlari, tartiblari, klassifikasiyalari, yo’l - yo’riqlarida turistik faoliyat olib borilishi uchun zarur bo’lgan me’yorlar, nizomlar, qoidalar belgilab berildi. Turistik faoliyatni lisenziya (ruxsatnoma) lashtirish, turistik xizmat va mehmonxona xizmatini sertifikat (guvohnoma) lashtirish, turistik faoliyatni olib boruvchi tashkilotlarni soliqqa tortish masalalari - imtiyozlari, sug’urta, buxgalteriya hisobini tartibga solish, imtiyozli kreditlar, xalqaro turizm maqsadlari uchun chegaradan o’tishdagi rasmiyatchiliklar, bojxona rasmiyatchiliklari, turistlarni kirish va chiqish "viza"lari haqidagi tartiblar - qoidalar, shartnomalar va kelishuvlar ham mazkur hujjatlarda atroflicha keltirib o’tilgan. Turistik faoliyatni yendi boshlovchi subyektlar va mehmonxona biznesi bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan yuridik shaxslar ushbu hujjatlardan albatta xabardor bo’lmoqlari kerak. Shu bois, turizmga oid me’yoriy xujjatlardan xabardor bo’lishni istovchilarga 2003 - yil "Talqin" nashriyoti tomonidan chop yetilgan "Turizm huquqi" kitobini (mualliflar G. Nazarova, M. Mirzayev va boshqalar) o’qishni tavsiya yetardik. U asosan Turizm kasb - hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma sifatida nashr yetilgan. Turizmga oid me’yoriy hujjatlarning ahamiyatini hisobga olib, biz mavzuimizning 3 - bo’limini unga bag’ishlaganmiz. Xalqaro turistik xuquq Xalqaro turizm ko’pgina konvensiyalar, xalqaro shartnomalar va bitimlar bilan tartibga solinadi. Dastlab turizm rivojlanishiga asos bo’lgan, dam olish va bo’sh vaqtning asosiy huquqlarini ta’minlash to’g’risidagi bitimga yerishildi. 1948 - yil Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan inson huquqlari Umumjahon Deklerasiyasining 24 - moddasida shunday deyiladi: "Har bir inson ish vaqtini oqilona chegaralanishi va har yilga pullik ta’tilni olishi, dam olishi va bo’sh vaqt huquqiga yegadir". 1966 - yil BMT Bosh Assambleyasi bu shiorni tasdiqladi va kengaytirdi. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi Xalqaro pakt (bitim)ga imzo chekkan davlatlar har bir insonning "dam olish, bo’sh vaqt, ish vaqtini oqilona cheklash, davriy pullik ta’til hamda bayram kunlari uchun to’lov" huquqini ta’minlash majburiyatini bo’yniga olganlar. Bu nizomlar turizm rivojlanishiga, xususan, xalqaro turizm rivojlanishiga turtki berdi. Xalqaro turizmning jadal rivojlanishi turistik faoliyatni tartibga soluvchi me’yorlar o’rnatish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Xalqaro turistik huquq tashkil topishining yeng asosiy yo’nalishlaridan biri terminologiya va ta’riflar to’g’risidagi bitim tuzish yedi. Download 172.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling