Мавзу: Туризм жисмоний тарбиянинг таркибий қисми эканлиги ва бошқа фанлар билан алоқадорлиги


Turizm fani qaysi fanlar bilan bog’liq deb o’ylaysiz?


Download 172.84 Kb.
bet6/16
Sana22.06.2023
Hajmi172.84 Kb.
#1649420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
turizim jismoniy tarbiyaning tarkibiy qismi ekanligi va boshqa fanlar bilan bogliqligi

Turizm fani qaysi fanlar bilan bog’liq deb o’ylaysiz?
1-jadval

A A

Jismoniy madaniyat, Biologiya,Tarix,Giyografiya,Iqtisod,Pedagogika fanlari bilanbog’liq

25

B

Informatika,Fezika,fanlari bilan bog’liq

3

S

Astranomiya,Kimyo,Ona-tili fanlari bilan bog’liq

7

D

Adabiyot,Rus-tili,KimyoFezika fanlari bi9lan bog’liq

5

1-diagramma





1.2. Turizm asoslari fanining maqsad va vazifalari
O’zbekiston mustaqillikka yerishgach, bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurishni o’zining asosiy maqsadi qilib belgilab oldi. Bu ishda turizm sohasi ham yetakchi tarmoqlardan biri hisoblanadi. Turizm nafaqat o’tmishni o’rganish, o’zga xalqlar va yelatlar bilan tanishish, ularning madaniy yodgorliklaridan bahramand bo’lish, shuningdek, u katta biznes hamdir. Mazkur faoliyatni yo’lga qo’yish yesa mutaxassislarga bog’liq. Buning uchun malakali kadrlarni tayyorlash hozirgi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining "Xalqaro turizm" fakulteti va Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, qolaversa, qator Turizm kasb - xunar kollejlari bu ishga o’z hissalarini qo’shib kelmoqdalar. Bu o’quv maskanlarida qator fanlar, jumladan, mutaxassislik fanlari ham bo’lib, ularda kasb ilmiga taa’lluqli muammolar o’z yechimini topadi. Shunday fanlar ichida "Turizm asoslari" o’z o’rniga yega yangi o’kuv fanlaridan biri bo’lib, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining "Xalqaro turizm" fakultetida 2002 - 2003 o’quv yilidan ye’tiboran mashg’ulotlar olib borilmoqda.
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, turizm tarixi, uning asosiy yo’nalishlari, turlari, kategoriyalari, turistik xizmatlar, umuman turizm ilmi bilan bog’liq barcha masalalar haqida bilim berish, hatto turizmga oid tushuncha va atamalarning har birini ta’rifu tasniflash muhim ahamiyatga yega bo’lib, bu alohida predmet darajasidagi masala hisoblanadi. Shularni ye’tiborga olgan holda, ta’bir joiz bo’lsa aytish mumkinki, "Turizm asoslari" turizmga oid barcha mutaxassislik fanlarining alifbosi sifatida tashkil yetildi. Ma’lumki, turizm yo’nalishidagi fanlarining hammasida ham o’rganiladigan masalaga to’g’ridan - to’g’ri yondashiladi, ya’ni sohaning ibtidosini o’rgatiladigan, uning "ob - havo"sini belgilab beradigan fan kerak yedi. "Turizm asoslari" yesa aynan shunday predmet hisoblanadi. Uni puxta yegallamay turib, mutaxassislikka oid boshqa fanlarni o’zlashtirib olish juda qiyin kechadi.
Ho’sh, "Turizm asoslari" fanining maqsad va vazifalari nimalardan iborat? - degan haqli savol tug’ilishi tabiiy. Masalaga oydinlik kiritish uchun ularni quyidagi tarzda belgilab oldik.
Fanning maqsadlari sifatida:
- turizmning asl mohiyatini ochib berish;
- turizmning taraqqiyot yo’li, tajribasi, hozirgi kundagi muammolarini aniqlab olish;
- turizmning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va ijtimoiy ahamiyatini yoritib berish;
- sohaga oid tushuncha va atamalarni ta’riflash;
- O’zbekiston va jahon turizm biznesining ildizlarini o’rganishga asosiy ye’tibor qaratildi.
Fanning vazifalarida yesa:
- turizm va turist tushunchalarini ta’riflash, ularning ilk ko’rinishlari, taraqqiyoti, shakllanishi haqida ilmiy va daliliy manbalar keltirish;
- O’zbekiston Respublikasining turizm to’g’risidagi Davlat siyosati haqida (me’yoriy hujjatlar asosida) ma’lumotlar berish;
- jahon turizm tajribasining ilg’or namunalari bilan o’rtoqlashish;
- turizm va turistning maqsadlarini aniqlab olish;
- turizmning tashkiliy tuzilishi va asosiy kategoriyalarini bilib olish;
- turistik industriya va unga bo’lgan talablarni o’rganish;
- turizm infratuzilmasi haqida ma’lumot olish;
- turizm turlari va uning asosiy ko’rinishlarini belgilab chiqish;
- turistik resurslarni tushuntirib berish;
- turistik tovarlar va mahsulotlar haqidagi tushunchalarni yegallash;
- turistik xizmatlar va servis darajasini takomillashtirish sirlarini ochib berish;
- turizm marshrutlari va maxsus marshrutlar haqidagi bilimlarga yega bo’lish;
- turizmda soliq, sug’urta va moliyaviy masalalarni o’rganish dolzarb masala, - deb bilindi.
Mazkur fanni puxta yegallash va kelajakda yetuk mutaxassis bo’lish uchun studentlar birinchi navbatda O’zbekiston va jahon tarixi, geografiyasi, ularning tabiiy - iqlimiy resurslari, arxeologik va me’moriy yodgorliklari, muzey va madaniyat koshonalari, ayniqsa, iqtisodiyot fanlarining - marketing, menejment, servis, buxgalteriya, soliq, boj yo’nalishlari haqida ma’lum tushunchalarga yega bo’lishlari lozim. Shuningdek, "Buyuk ipak yo’li", savdogarlik tarixi, diniy bilimlar bo’yicha ham yetarli fikr - mulohazalar talab yetiladi. O’quv qo’llanmani tayyorlash jarayonida ushbu masalalar ham chetda qolgani yo’q.
"Turizm asoslari" mutaxassislik fanlari ichida "Xalqaro turizm", "Turistik marshrutlarni tashkil yetish", "Turizm iqtisodi", "Yekskursiyalarni tashkil yetish" kabi va boshqa fanlar bilan uzviy aloqada hisoblanadi.
Fanni o’zlashtirish jarayoni - o’qitishda turistik yekskursiya, yekspedisiya va maxsus turlar tashkil yetish; turizm bozori (Xalqaro Toshkent turizm yarmarkasi)da ishtirok yetish; mehmonxonalar faoliyatini, turistik firmalar ishini, restoran xizmatini amaliy tarzda namoyish yetish; yekologik, tarixiy - madaniy yodgorliklarni aks yettiruvchi video kassetalar, bukletlar, tarixiy xaritalar ishlab chiqish; internet aloqa tizimidan turli ma’lumotlar olish muhim ahamiyatga yega.
"Turizm asoslari" fanidan o’quv mashg’ulotlarini "Turizm menejmenti", "Xalqaro turizm" yo’nalishlari 1 - va 2 - bosqich bakalavrlari uchun olib boriladi. Unda xorijiy davlatlar va respublikamizda nashr yetilgan turizm sohasiga oid ilmiy, o’quv, uslubiy qo’llanmalardan hamda jurnal va gazetalardagi maqolalardan, turistik firmalarning namunaviy marshrutlari, bukletlari va yo’l ko’rsatkichlaridan foydalanish tavsiya yetiladi.

Download 172.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling