Мавзу: Туризм жисмоний тарбиянинг таркибий қисми эканлиги ва бошқа фанлар билан алоқадорлиги
Turizim jismoniy tarbiya nazariyasi bilan bog’liqligi
Download 172.84 Kb.
|
turizim jismoniy tarbiyaning tarkibiy qismi ekanligi va boshqa fanlar bilan bogliqligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biologiya fani
1.1. Turizim jismoniy tarbiya nazariyasi bilan bog’liqligi
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati qator ilmiy fanlar bilan chambarchas bog’liq.har qanday fan faqatgina o’zining ilmiy izlanishlari bilan chegaralanib qolsa to’laqonli natija bera olmaydi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati bir necha fanlar qo’shilishi orqali maxsus pedagogik muammolarnihal qiladigan predmetga aylangan. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati umumiy pedagogika, psixologiya, inson umrining yoshi davrlarining fiziologiyasi va jismoniy tarbiya psixologiyasining ilmiy izlanishlari natijalaridan foydalanadi. Ayniqsa, sport pedagogikasi barcha fanlar bilan uzviy bog’langan. Oldingi yagona, bo’laklarga bo’linmagan jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatidan alo’ida pedagogik fanlari ajralib chiqdi, bular qatorida sport pedagogikasi fanlariham, lekin ularning so’nggi rivojida bir-biri bilan o’zaro uzviy bog’liqlik namoyon bo’ldi, jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati tomonidan ishlab chiqilgan umumiy qoidalarga tayanishga to’g’ri keldi. Olingan dalillar yangi umumlashtirishlar uchun aniq material vazifasini o’tadi. Bu jismoniy tarbiya jarayonidek bir butun pedagogik mu’itini o’z ichiga olgan keng ilmiy izlanish va o’qitish predmetidan asta-sekinlik bilan maxsus sport so’asi fanlari ajralib chiqa boshlaganligidir: gimnastika, yengil atletika, sport o’yinlari fanlari va boshqalar. Ammo jismoniy mashqlarning alo’ida turlari uchun kerakli bo’lgan, nisbatan umumiy qonuniyatlar, qaysiki,hamma turlar uchun taosir ko’rsata oladiganlarigina alo’ida fan bo’lib ajralmadi va ajralib chiqishiham mumkin bo’lmasdi. Ana shuning uchun barcha sport fanlari uchun umumiy va xususiy qonuniyatlarni ishlab chiqishhozirgi zamon jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati fanining asosiy mazmunini tashkil qiladi. Biologiya fani bilan bog’liqligi – jismoniy tarbiya vositalarini shug’ullanuvchilar organizmiga taosiri reaksiya-sini o’rganish, jismoniy tarbiya jarayonini samarali boshqa-rishda anatomiya, fiziologiya, bioximiya, sport tibbiyoti fanla-rining qonuniyatlarinihisobga olish bilangina amalga oshirilishi mumkin. Shuni esda saqlash lozimki, jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati fanini boshqa fanlar bilan bog’liqligi bir tomonlama bo’lmay, ikki tomonlamadir. Jismoniy tarbiyahaqidagi fanning rivojlanishi aralash fanlarga taosir etmay qolishi mumkin emas. Masalan, sport nazariyasi va amaliyoti psixologlar va fiziologlarning bolalar va katta yoshdagilar organizmining potensial imkoniyatlari degan tasavvuriga aytarli tuzatishlar kiritilishiga olib keldi. Turizm – reja asosida oldindan mo’ljallangan sayo’at, ekskursiya, poxod, tog’ga chiqish va sayrlardan iboratki, bunda biror neomat yaratilmay, jismoniy qobiliyat va jismoniy sifatlarni rivojlantirish va aktiv dam olishga yo’naltirilgan omil deb qaraladi. Geologlar, gidrogeograflarning sayohatla-ridan maolumki, ular o’z sayo’atlarini moddiy qiymat yaratishga maqsadida rejalashtiradilar. Jismoniy tarbiya jarayonida esa uning xususiy tomonlaridan foydalaniladi. Turistik sayo’atlarda tabiatning maolum to’siqlaridan o’tish kishilarda aqliy, jismoniy, axloqiy - estetikhislat-larni tarbiyalaydi. Ularga jamoaga munosabat, qo’rqmaslik, kuch, chidamlilik sifatlarini rivojlantiradi. Sayo’atda tog’, dala-ning turmush tarzi, unda yashash, me’nat qilish sharoitga moslashish malakasi va ko’nikmalari rivojlanadi. Turizm boshqa jismoniy tarbiya omillariga nisbatanhayotiy-amaliy sharoitda qo’llanadigan jismoniy mashqlarga boy. Shunga ko’ra, ularhayotiyligi va amaliyligi bilan farqlanadi. Jismoniy tarbiya vositasi sifatida turizm quyidagi asosiy xususityalarga ega: 1.hayotiy-amaliyligi xususiyati. Mustaqil faoliyat, tashabbuskorlikni tarbiyalaydi. Ra’barlik, boshqarish, mo’ljal olish, yo’lni tanlash va uni to’g’ri topish,haritani o’qiy olishdek qator malakalarni shakllantiradi va rivojlantiradi. 2. Turizm jismoniy sifatlar vaharakatlar malakasini baravariga tarbiyalaydi, chunki unda ajratib olingan mutaxas-sislikka kerak bo’lganhislatlar rivojlanmaydi. 3. Safarga tayyorlanish va safar davomida barcha faoliyat,hayotiy a’amiyatga ega bo’lgan yurish, yugurish, to’siqlardan oshish va boshqahayotiy-amaliy mashqlardan foydalaniladi. 4. Turizm shug’ullanuvchiga maolum darajadagi jismoniy tayyorgarlikka ega bo’lish talabini qo’ymaydi. Shunisi bilan u sportga o’xshaydi. 5. Turizm paytida jismoniy mashqlar organizmga iqlim sharoiti (sovuq, issiq, shamol kabi) va marshrutining relpye-figa qarab taosir ko’rsatadi va uning taosiri turlicha bo’lishi mumkin. 6. Turizmda kuch sinashish, musobaqalashish asosiy o’rinni egallaydi. 7. Turistik sayo’atlar katnashchilari o’zlarining ichlari-dan ra’barni saylab oladilar. Ra’bar 16 yoshdan yuqori, tajribaga ega bo’lgan kishi bo’lishi shart. Turizmda ra’barning o’ziham qatnashchilari bilan ishtirok etadi. U maolum qo’shimcha vazifalarni bajaradi: turistik sayo’at marshrutini, qatnash-chilar tarkibini, ular shaxsini o’rganadi, ji’ozlarni ko’rib chiqadi va amaliy masalarnihal qiladi. Sayo’at katnashchilari yosh sayyo’lar bo’lsa, ularga 19 yoshdan kichik bo’lmagan mutaxasis yo’riqchi etib tayinlanadi. 8. Turizm mashg’ulotlarining asosiy formasi poxoddir. Poxodda turizm paytida bilish kerak bo’lgan barcha forma va usuliyatlardan foydalaniladi, bu bilanhayotiy zaruriyharakat malakalari shakllantiriladi. Mashg’ulotda suzish, tirmashib chiqish vahokazolar, shuningdek, topografiya bilan ishlash, to’siqlardan oshishlar-ninghammasi o’zlashtiriladi. Turizmga jismoniy tarbiya vositasi tarzida qaraladi tabiiy to’siqlardan o’tish, yuk ko’tarishni jismoniy mashqlar bilan qo’shib olib borish tavsiya etiladi. tarbiya jarayonida qo’llanilgan mashqlarni tarixan shakllangan jismoniy tarbiya tizimlaridagi belgilariga ko’ra turkumladilar. Lekin tizimlarning yangilanishi, tarbiya jarayonida qo’llaniladigan mashqlarning takomillashganlarining vujudga kelishi, yangi mashqlarning tarixan qabul qilingan mashqlar tarkibiga sig’may qola boshladilar. Chunki xususiyatlariga qarab ular gimnastika, o’yinlar, sport yoki turizm mashqlaridan deyarli farq qilar edi. Download 172.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling