Ishning dolzarbligi: aholining ijtimoiy-madaniy turmushida sayr juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega tabiatning go’zal gushalariga sayr qilish, tog’larga sayr qilish, xushmanzara joylardan miriqib xordiq chiqarish, tarixiy va madaniy obidalar sirlarini o’rganish o’quvchilarga zavq – sharq baxsh etibgina qolmay salomatligini yaxshilash, jismoniy kamolotni rivojlantirish, ma’naviy olamini boyitish, dunyo qarashini kengaytirishga ham xizmat qiladi.
Sayrlardagi turli tuman manzaralar, tog’ xavosi va amaliy harakatlar nafas olish, yurak qon-tomir o’rishi va ovqatni xazm qilish a’zolarining ish faoliyatlarini yaxshilaydi. Shu maqsadda biz malakaviy bitiruv ishimizni kollej o’quvchilar organizmiga turistik sayrni ta’sirini aniqlashni vazifa qilib quydik.
Buning uchun albatta o’quvchi yoshlarni darsdan tashqari bo’sh vaqtlari ommaviy sayrlarni tashkil qilish va mashg’ulotlarni o’tkazish orqali ularning jismoniy va ma’naviy kamolotlarini sinov tajriba tarzida o’rganish xozirgi kunning muhim va dolzarb muammolaridan hisoblanadi.
Shuning uchun maktablarida ommaviy turistik sayrni tashkil qilish va amalga oshirish yo’llarini ishlab chiqish talab qilinadi.
Ishining maqsadi: turizm jismoniy tarbiyaning tarkibiy qismi ekanligi bo’gungi ko’nda turizimni tashkil etish va utkazish buyicha ko’pchilik sayir jarayonida o’kuvchilarning nafas olish va yurak qon tomir urishiga ta’sirini o’rganish hamda shu asosida turli tayyorgarlikka ega bo’lgan o’quvchilarga ko’p kunlik sayr yo’nalishini o’zgartirish.
Ishining vazifalari: turizim bo’yicha maxsus adabiyotlar ma’lumotlarini to’plash va uni taxlil qilish.
O’kuvchilar bilan ko’p kunlik sayrni tashkil qilish va o’tkazish uchun amaliy tavsiya berish.
Ishning obekti: Samarqand shaxar 54-umumta’lim maktabi jismoniy tarbiya darslari hamda va ularni rivojlantirish yo’llarini o’rganish.
Tadqiqot uslubiyati. o’quvchilarini sog’ligini mustahkamlashga o’rgatish hamda bu mavzuda qo’llaniladigan usul va uslubiyatlarni zamonaviy yangi pedagogik texnoligiyalar bilan boyitish va foydalanib amaliyotda tadbiq etish.
Mavzuga mos zaruriy uslubiy va davriy adabiyotlarini or’ganish va tahlil qilish ilg’or tajribalarni o’rganish va tahlil qilsihdir;
Pedagogik kuzatishlar olib borish;
Pedagogik eksperimentlar o’tkazish;
Olingan natijalarni tahlil qilish;
Nazorat mashqlaridan foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |