Mavzu: turizm sohasining tasniflanishi va turlari ma’ruza mashG’uloti rejasi


Download 306.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/15
Sana25.01.2023
Hajmi306.98 Kb.
#1119887
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
3 mavzu-turizm turlari

Tog’ turizmi — tog‘lar bo‘ylab ot-ulovda, piyoda yurish va har xil tog‘ o‘yinlaridan 
foydalanish, tog‘ bag‘rida toza havoda dam olish, tog‘ hayvonlarini ov qilish kabi xizmatlarni 
turmahsulot sifatida sotish amalga oshiriladi. Tog‘ turizmi respublikamizda keng rivojlanish 
imkohiyatiga ega va ko‘pchilik aholi yozda tog‘ bag‘rida dam olib kelishadi. 
O’qish turizmi — boshqa davlatlar oliygohida o‘qishga, qisqa dasturlarda malaka 
oshirishga borish jarayoni. Biror millatning madaniyati, urf-odatini va musiqasi yoki tarixini 
o‘rganish maqsadida boshqa davlatlarga borish yo‘nalishi. Muzeylarga va konsert, kinolarni 
ko‘rish |maqsadida boshqa davlatlarga borish jarayoni ham o‘qish turizmiga kiradi. Rivojlangan 
davlatlarga turistlar til o‘rganish maqsadida, yangi ish tajribalarini o‘rganishda, yangi 
texnologiyani boshqarishni o‘rganish maqsadida borib kelishadi. 
Chegara turizmi — qo‘shni davlatlar ichida keng rivojlanib, ayrim kishilar tijorat qilish 
maqsadida vaqtincha chegaradan o‘tishga ruxsat olishadi. Ayrim davlatlar o‘rtasida yozma 
ijozatsiz o‘tish masalalari hal qilinib, turistik firmalar yordamida o‘tishga ruxsat beriladi. 
Chegarada joylashgan qo‘shni davlatlar o‘rtasida turistlar almashinadi. 
Etnik turizm — o‘z qarindosh-urug‘larini ular yashayotgan davlatlarga borib ko‘rish 
maqsadida turistik firmalar yordamida boshqa joylarga borish jarayonini ifodalaydi. Bu guruh 
turistlarga alohida yozma ijozat beriladi va uzoq muddatga mo‘ljallanadi. 
Yer yuzidagi ko‘plab davlatlarning aholisi turizm maqsadida xorijga chiqishga qodir 
emas. Asosiy sabab olinadigan maoshning kamligi yoki aholining kambag‘alligidir. So‘nggi 
yillarda Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlariga hukumatimiz va xorijiy investorlar 
tomonidan turizm infratuzilmasi uchun mablag‘ ajratildi. Yirik mehmonxonalar qurildi, 
modernizatsiya qilindi, yangi zamon talabidagi avtobus va avialaynerlar sotib olindi. Yirik 
turistik markazlar, madaniy yodgorliklar ta‘mirlandi, yo‘llar barpo etildi. Xususiy 
mehmonxonalar va milliy uylar bunyod yetilib, mahalliy va xorijiy turistlar qabul qilinmoqda. 
Rekreatsion hududlar, masalan, Chorbog‘ — Chimyon hududiga respublika byudjetidan katta 
mablag‘ ajratildi. Madaniy-tarixiy yodgorliklarni ta‘mirlash ishlari davom yetmoqda. 
Respublikamizda ichki turizmni rivojlantirish butun dunyoga mashhur Samarqand
Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Toshkent kabi tarixiy shaharlarni rivojlantirish, aholining 
turizm va dam olish ehtiyojlarini to‘laroq qondirish uchun turistik resurslardan maksimal tarzda 
foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Shuningdek, boshqa iqtisodiy omillar ham mavjud. Masalan, turistik xizmatlardan, ayniqsa, 
transport, mehmonxona, ovqatlantirish xizmatlari darajasi va narxi turistlarni qanoatlantirmaydi. 
Mahalliy turistlar uchun ham, xorijiy turistlar uchun ham bir xil narx belgilangan. Lekin, Nyu-
York va Toshkent shaharlari aholisi yashash tarzi, daromadlari turlicha. 
Hozirda qancha xorijiy fuqaroning respublikamizga kelganligi va chiqib ketganligi 
haqida aniq ma‘lumot yo‘q. Har bir tashkilot o‘zining statistikasini olib boradi. Tashqi ishlar 
vazirligi berilgan vizalar soni bilan, Ichki ishlar vazirligi ro‘yxatga olingan xorijiy fuqarolar soni 
bilan, bojxona qo‘mitasi iqtisodiy deklaratsiya to‘ldirgan fuqarolar soni bilan; Davlat 
chegaralarini muhofaza qilish qo‘mitasi aeroport, temir yo‘l vokzalining asosiy punktlarida 
keluvchilar va ketuvchilarni ro‘yxatlash bilan shug‘ullanadilar. 
 
Mustaqil ishlash uchun savollar 
 
1. Turizm sohasining tasniflanishi qanday amalga oshiriladi? 
2. Harakatlarning turlariga nisbatan turistik marshrutlar tasnifi qanday ko‗rinishlarga ega? 
3. Turizm turlarining tasnifi bo‗yicha yana qanday turlarni bilasiz? 
4. Diniy turizmning hozirgi faoliyati nimadan iborat?

Download 306.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling