Mavzu: turizmda xizmatlarning asosiy tushunchalari
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili
Download 240.83 Kb.
|
maqola14
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot metodologiyasi
- Tahlil va natijalar
Mavzuga oid adabiyotlarning tahliliTurizm xizmatlari bozori faoliyatini kengaytirishnig nazariy va amaliy jihatlari hamda hududiy sayyohlik tizimlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish masalalari ko‘plab xorij iqtisodchi olimlarining ilmiy ishlarida o‘z aksini topgan. Jumladan, Shilchenko T.L.[3], Kvartalnov V.[4], Chudnovskiy A.D.[5], Durovich A.P.[6], va boshqalarning ilmiy ishlarida yoritilgan. Mamlakatimizda turizm xizmatlari bozori faoliyatini kengaytirishning nazariy jihatlari, hududiy sayyohlik tizimlarini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari, turistik klasterlar hamda erkin turistik hududlar faoliyatini rivojlantirish masalalari To‘xliev I.S[7], Rahmatullaeva F.M.[8], Navro‘z-zoda Sh.B.[9], Ro‘ziev Sh.R[10] va boshqa olimlarning ilmiy ishlarida tadqiq etilgan. Shunday qilib, so‘nggi yillarda mamlakat milliy iqtisodiyotining strategik tarmoqlaridan biri sifatida turizmni rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda, bu esa uning tez rivojlanishi, yangi ish o‘rinlarini yaratish, daromadlarni ko‘paytirish, aholi turmush darajasi va sifatini yuksaltirish, shuningdek, investitsion jozibadorligini oshirishga qaratilgan. Tadqiqot metodologiyasiUshbu maqolada xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy ishlari, ilmiy monografiyalari, o‘quv qo‘llanmalari va maqolalarini tahlil qilish, statistik tahlillari, miqdor va sifat ko‘rsatikichlarni hisoblash, ularni bir-biri bilan solishtirish kabi uslublardan foydalanildi. Tahlil va natijalarKeyingi yillarda turizmga oid ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni shakllantirish va rivojlantirishda alohida ahamiyatga ega bo‘lgan yangi resurslar guruhi, ya’ni institutsional resurslarni inobatga oliniashi taqozo etilmoqda. Chunki institutsional resurslar jami resurs ta’minotini faollashtirish uchun davlat tashkilotlari, rasmiy va norasmiy moliyaviy institutlar salohiyatidan har taraflama va to‘liq foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratadi. Hududda turizm bozorini rivojlantirish uchun doimiy nazoratni talab etuvchi tashkiliy-boshqaruv bloki elementlaridan biri bo‘lgan turistlar xavfsizligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiyotda xizmatlar o‘sishining asosiy omillarini ilmiy bilimlar, nomoddiy shakldagi to‘plamlar, axborot texnologiyalari va tadbirkorlik faoliyati integratsiyasi kabi omillar tashkil etadi. Bugungi kunda Respublikamizda xizmat ko‘rsatish sohasini, jumladan turistik xizmatlar ko‘rsatadigan korxonalarni jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda turizm xizmatlarining o‘rni va ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o‘zgartirish dolzarb masala hisoblanadi. Turizm bozorining rivojlanishini belgilovchi munosabatlar poydevori ma’lum bir makon va zamonga xos bo‘lgan shart-sharoitlar poydevori asosida shakllanadi. Ma’lum bir hududda turizm bozorining rivojlanish shart-sharoitlari xususiyatlarini to‘liqroq anglash uchun ularni uchta tuzilmaviy guruhga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiqdir (1-jadval). 1-jadval Turizm bozorining rivojlanish shart-sharoitlari
Turizm bozoridagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar mohiyatan bir tomondan, turoperatorlar, turagentlar, ularning kontragentlari va hamkor tashkilotlarning turistik talabni qondirishga yo‘naltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatlarini rag‘batlantirish, boshqa tomondan esa, ikki tomonlama kelishuv asosida turistlarning to‘lovga qodir talablarini qondirish va motivlashtirishga qaratilgan hisoblanadi. Mamlakat hududlarida turizmning ijtimoiy samaradorlikka bevosita ta’sirini alohida ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. Bu yo‘nalishda xorijda bir qator ilmiy ishlar chop etilishiga qaramasdan, turizmning ijtimoiy rivojlanishga va aholi turmush darajasiga ta’sirining ilmiy-nazariy asoslari hali to‘liq shakllanmagan. Avvalo, hududiy turizm bozorining ijtimoiy sohaga ta’sir ko‘rsatishining asosiy yo‘nalishlarini aniqlab olish zarur (1-rasm). 1- rasm. Turizm bozorining ijtimoiy samaradorlik yo‘nalishlari Turizmning ijobiy ta’siri birinchi navbatda mintaqadagi milliy qadriyatlar va urfodatlarni mustahkamlash va yanada rivojlantirishga olib keladi. Ushbu yo‘nalish mintaqada o‘ziga xos madaniy turistik brendni shakllanishi va turistlarni taklif qilishning muhim mexanizmi bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, turizm infratuzilmasini rivojlantirishda yangi kommunikatsiyalar, informatsion texnologiyalarni qo‘llash aholining ijtimoiy qarashlarini va faoliyatlarini ijobiy tarafga o‘zgarishiga olib keladi. Milliy iqtisodiyot tarkibida turizm sohasining rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, bular quyidagilardan iboratdir: Turizm sohasi sayyohlarning ehtiyojlarini qondirishga yunaltirilgan ko‘p qirrali funksional tuzilmaga ega murakkab tizim hisoblanadi, shuningdek, xizmat ko‘rsatishda foydalaniladigan o‘ziga xos shakl va usullarni qamrab oladi; Turizm bozorida turistlar uchun o‘ziga xos bo‘lgan turistik mahsulot taklif etiladi. Turistik mahsulot kompleks tavsifga ega bo‘lib, sayoohat davomida vujudga keladigan talabni qondirish uchun zaruriy xizmatlarning “paketi” shaklida namoyon bo‘ladi; Turizm sohasining moddiy ishlab chiqarishdan asosiy farqi, turistik xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha pirovard natijalarga erishish bevosita isteʼmolchining ishtirokida yuzaga kelishi hamda isteʼmol jarayonining bevosita turistik resurslar mavjud joyda amalga oshirilishi hisoblanadi; Turistik xizmatlarga bo‘lgan talabning bozor konʼyunkturasiga nisbatan ijtimoiy-iqtisodiy muhit o‘zgarishiga yuqori taʼsirchanlikka ega ekanligi. Bunda turizm sohasida ko‘rsatiladigan xizmatlar xavfsizligi o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘ladi. Turizm industriyasi subektlari faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan turizm faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarini va normativ-huquqiy baza shakllanmoqda. Turizmning rivojlanishidagi barcha to‘siq va g‘ovlarga barham berish, viza va ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-taomillarini, pasport va bojxona nazoratini soddalashtirish, turizm sohasini davlat tomonidan boshqarish va bozorga xos tarzda tartibga solish mexanizmini maqbullashtirilmoqda. Turizm sohasida tadbirkorlik faolligini rag‘batlantirish va turizm xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni hamda, turizm sohasida statistik hisobga olish tizimini takomillashtirilmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling