Mavzu: Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar
Download 0.77 Mb.
|
O\'zbekiston tarixi ( Gofforov, Yunusov, Sharipov)
2-masala:
Chor hukmronligiga qarshi davom etib kelayotgan uzluksiz kurash nihoyat 1917-yil fevraliga kelib g‘alaba qozondi. Mutlaq monarxiya tuzumi quladi. Mart oyi boshlaridan boshlab rus burjuaziyasi vakillaridan iborat Muvaqqat hukumat faoliyat yurita boshladi. Ayni paytda Petrograd va boshqa joylarda ishchi, dehqon va askar deputatlari sovetlari tuzilib, hokimiyat organlari sifatida faoliyat yurita boshladi. Shu tariqa Rossiyada tarixda nihoyatda kamdan-kam uchraydigan noyob hodisa – qo‘shhokimiyatchilik boshqaruvi vujudga keldi. Rossiyada fevral inqilobining amalga oshishi, siyosiy tuzumning o‘zgarishi, demokratik jarayonlarning yuzaga kelishi uchun qulay imkoniyatlarning ochilishi Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy voqealarning borishiga ijobiy ta`sir ko‘rsatdi. Turkiston general-gubernatorligi mahkamasi tugatildi. Uning o‘rniga Muvaqqat hukumatga bo‘ysunuvchi Turkiston qo‘mitasi tashkil etildi. Ayni chog‘da viloyatlardagi harbiy gubernatorlik lavozimari ham tugatildi. Ularning o‘rniga viloyat komissarlari lavozimi joriy etildi. Fevral o‘zgarishi Turkiston o‘lkasi xalqlari hayotida muayyan demokratik jarayonlarni baxsh eta bordi. Keng xalq ommasi, uning turli ijtimoiy qatlamlari faol harakatga kela boshladi. O`lkaning yirik shaharlarida tashkil topgan va asosiy tarki bi mahalliy millat vakillaridan iborat kasaba uyushmalari, turli kasb kishilarini birlashtirgan uyushmalar ham aholining tub manfaatlarini, ularning iqtisodiy va siyosiy talablarini himoya qilib faoliyat yuritdilar. 1917-yilning may oyiga kelib Turkiston o‘lkasidan mardikorlikka olinganlarning qaytib kelishi ham inqilobiy kuchlar safini toldirib bordi. Bu o‘rinda fevral o‘zgarishidan keyin o‘lka xalqlari hayotida muhim ro‘l o‘ynagan, ularning siyosiy faolligini oshirishga xizmat qilgan ko‘plab inqilobiy-demokratik tashkilotlar, siyosiy firqalar, kasaba uyushmalari faoliyatiga alohida urg‘u bermoq kerak bo‘ladi. Gap shundaki, bu davrda Rossiyada faoliyat yuritayotgan ko‘plab siyosiy partiyalar, jumladan, eserlar, sotsial-demokratlar va boshqa partiyalarning mahalliy tashkilotlari Turkistonda ham o‘z faoliyatlarini aktivlashtirib, aholining turli ijtimoiy tabaqalarini o‘zlariga jalb qilish, o‘z dasturiy g‘oyalarini ularning ongi, shuuriga singdirishga harakat etardilar. Toshkentda 1917-yil mart oyida ishchi va askar deputatlari soveti tashkil etildi. Biroq ulardagi deputatlarning asosiy ko‘pchiligi yevropalik millatlar vakillari edi. Mart oyi oxirlarida o‘lkada ishchi va askar deputatlarining 75 soveti faoliyat yuritdi. Bu davrda Turkistonda kechayotgan voqealar, jiddiy o‘zgarishlarning yalovbardorlari istiqlol uchun kurash yetakchilari bo‘lgan jadid rahnamolari edi. Turkiston jadidlari mahalliy aholining siyosiy ongini o‘stirish, uni katta tarixiy o‘zgarishlarga tayyorlash, o‘z ketidan ergashtirib borishga bosh-qosh bo‘ldilar. Ayniqsa, Rossiya Muvaqqat hukumatining ikki yuzlamachilik siyosati, uning inqilobning tub masalalarini, chunonchi, urush va tinchlik, 8 soatlik ish kuni, agrar va milliy masalalarni hal etishni turli bahonalar bilan chetga surishi ilg‘or jadid arboblarini inqilobiy-demokratik yo‘nalishda izchillik bilan kurash olib borishga da’vat etdi. Jadid rahnamolarining sa’y-harakatlari bilan Turkistonning bir qator yirik shaharlarida gazeta va jurnallar nashr etila boshlandi. Jumladan, Toshkentda “Turk eli”, “Najot”, “Kengash”, “Ulug‘ Turkiston”, “Turon”, Samarqandda “Hurriyat” vaqtli nashrlari chiqa boshladi. Ular orqali e’lon qilingan maqolalarda kechayotgan davrning o‘ziga xos xususiyatlari, o‘tkir ijtimoiy-siyosiy masalalar, joylardagi ahvol, ommani to‘lqinlantirayotgan muammolar aks ettirilib borilardi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling