Mavzu: Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar
Download 0.77 Mb.
|
O\'zbekiston tarixi ( Gofforov, Yunusov, Sharipov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi harakat. Reja
- Adabiyotlar
Nazorat uchun savollar:
Turkistonda sovet avtonomiyasini tuzishdan ko‘zda tutilgan maqsad nima edi? Turkiston sovet avtonomiyasi mazmunan va mohiyatan nega mahalliy aholining tub manfaatlariga javob bera olmasdi? Turkiston ASSR konstitutsiyasining cheklanganlik va sinfiylik mohiyati to‘g‘risida so‘zlab bering? O`lka hayotida bolsheviklarning zo‘ravonligi nimalarda namoyon bo‘ldi? Turkkomissiya faoliyati haqida nimalar deya olasiz? “Harbiy kommunizm” siyosati deganda nimani tushunasiz? Sovet hokimiyati iqtisodiy siyosatining mahalliy aholi ahvolini nochorlikka duchor etganligining boisi nimada edi? Sovet hokimiyatining dastlabki yillarida xalq ta’limi tizimida qanday o‘zgarishlar yuz berdi? Turkistonda oliy ta’lim tizimi shakllanishi jarayoniga sizning munosabatingiz. O`lkaning adabiy-madaniy hayotida kechgan dastlabki o‘zgarish jarayonlari to‘g‘risida qanday fikrdasiz? Mavzu: Turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi harakat. Reja: Sovet hokimiyatiga qarshi harakatning yuzaga kelishi. Farg‘ona vodiysida qarshilik ko‘rsatish harakati. Sovet hokimiyatiga qarshilik harakatining mag‘lubiyati sabablari, saboqlari. Adabiyotlar: “O`zbekistonning yangi tarixi” 2-kitob T “Sharq” 2000 83-102 betlar Usmonov Q, Sodiqov M. «O`zbekiston tarixi” (1917–1991-yillar). T.“Sharq” 2003, 41-51 betlar. 1-masala: Turkistonning yaqin o‘tmishi tarixida yorqin sahifa yozgan hamda xiyla uzoq davom etgan, qonli, fojeali voqealarga to‘lib-toshgan sovet hokimiyatiga qarshi harakat ko‘p zamonlar noxolis, g‘ayriilmiy nuqtai-nazardan yoritilib kelindi. O`z safiga erk va hurlikka tashna, vatan mustaqilligi yo‘liga jonini tikkan millionlab yurt fidoyilarini birlashtirgan bu qudratli harakatning mazmun-mohiyatini kelgindi, qizil sovet mustamlakachilari mutlaqo buzib, noto‘g‘ri talqin qilib, soxtalashtirib keldi lar. Uni sho‘rolar terminida “bosmachilik harakati”, “aksilinqilobiy kuchlar bosqini”, “bir to‘da yurt buzg‘unchilari harakati” va shu singari nomlarda “ta’riflab”, “tavsiflab” kelish sovet tarixshunosligida o‘ziga xos odatiy tusga kirgandi. Biroq xalqimizda “oyni etak bilan yopib bo‘lmaydi” deyilganidek, ajdodlarimizning elu-yurt erki, ozodligi uchun olib borgan bu mardona kurashi to‘g‘risidagi tarixiy haqiqat milliy istiqlol sharofati bilan to‘liq tiklanib, o‘z haqqoniy, xolis bahosini topdi. Bu harakat sovetlar mafkurasi to‘qib chiqargan shunchaki “bosmachilik” harakati emas, balki sovet hokimiyatining g‘ayritabiiy siyosati va zo‘ravonlikka asoslangan amaliyotiga qarshilik ko‘rsatish harakatidir. Xo‘sh, bu harakatning Turkiston zaminida yuzaga kelishining muhim ijtimoiy omillari, sabablari nimalardan iborat edi? Nega 1918-yil bahoridan Farg‘ona vodiysida boshlangan bu qurolli harakat asta-sekin alanga olib, Turkistonning keng hududlari bo‘ylab yoyildi? Bu harakat mohiyatiga shu nuqtai-nazardan yondashar ekanmiz, uni bir qator muhim sabablar keltirib chiqarganligiga amin bo‘lamiz: Birinchidan, xalqimiz 1917-yilda sodir etilgan fevral va oktabr o‘zgarishlariga katta umidvorlik bilan ko‘z tikkandilar. Ular ilg‘or jadidchilik harakati rahnamoligida Rossiyada rivojlanib borayotgan demokratik harakatlardan foydalanib, erk, ozodlikni qo‘lga kiritmoqchi, o‘lka xalqlarini mustaqillikka olib chiqmoqchi bo‘lgandilar. Biroq sovet hokimiyati o‘rnatilgach, mahalliy xalqlarni sariq chaqaga arzitmasdan, ularni siyosiy faoliyatdan oshkora chetlatib, zo‘ravonlikni avjiga mindirish yaqqol ko‘zga tashlandi. Ikkinchidan, mahalliy xalqqa butunlay yot kommunistik mafkurani bayroq qilib olgan sovet zulmkorlari aholining milliy qadriyatlari, udumlari, diniy e’tiqodini tahqirlash, kamsitish, masjid, madrasalar, ziyoratgoh joylarni oyoqosti qilish, noyob ma’naviy bisotlarni talash, dindorlarni ta’qibu quvg‘in ostiga olish kabi nomaqbul ishlar bilan shug‘ullandilar. Uchinchidan, o‘lka xalqlarining xohish-irodasi sifatida vujudga kelib, ularning milliy manfaatlari yo‘lida ilk qadamlar qo‘yib borayotgan Turkiston Muxtoriyatining qonga belanishi, yurt farzandlarining qirg‘in qilinishi, Qo‘qon shahri va uning atrofidagi qishloqlar begunoh aholisining ayovsiz talon-taroj qilinishi va fojeaga giriftor etilishi mahalliy xalq sabr-kosasini limmo-lim to‘ldirib yuborgan edi. O`z otameros zaminida o‘z milliy davlatchiligini barpo etib, boshqa millatlardek erkin yashashga bel bog‘lagan, yurt jilovini qo‘lga olishga intilgan xalqqa, uning vatanparvar rahnamolariga nisbatan sovet tuzumi uyushtirgan bunday g‘ayriqonuniy qirg‘inbarotlar butun Turkistonni oyoqqa turg‘izdi. Dilda toptalgan vatan, xalq dardi, armoni jo‘sh urgan yuz minglab kishilarning qo‘lda qurol bilan sovetlar zo‘ravonligiga qarshi kurashi mana shu zaylda boshlanib ketdi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling