Mavzu: Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar
Download 0.77 Mb.
|
O\'zbekiston tarixi ( Gofforov, Yunusov, Sharipov)
2-masala:
Bolsheviklar Markazda siyosiy hokimiyatni qo‘lga olar ekanlar, ular sobiq Rossiya imperiyasi tarkibiga kirgan hududlarda, jumladan, Turkistonda ham sovet tuzumini qaror toptirishga intildilar. Turkistonda sovet hokimiyatini o‘rnatish g‘oyatda murakkab jarayonda kechdi. Buning boisi, avvalo, oktabr g‘oyalarining mahalliy aholining dili va shuuriga botmaganligidadir. Negaki, bu zamin aholisi sotsialistik o‘zgarishlar orqali hamma narsani umumlashtirish va milliylashtirishni, asrlar davomida shakllangan o‘ziga xos turmush tarzini, yashash sharoitini, xo‘jalik yuritish, idora qilish tartib qoidalarini bir lahzada tubdan o‘zgartirishni xohlamasdi. Bu begona maslak va g‘oyalar bolsheviklar firqasi va uning Turkistondagi yalovbardorlari tomonidan kuch va zo‘rlik bilan o‘lka xalqlariga majbur qilindi. Bu esa joylarda xalq qonining daryo yanglig‘ to‘kilishiga, mislsiz qurbonlar berilishiga sabab bo‘ldi. Aholini ma’naviy-ruhiy kamsitish, diniy e’tiqodini, islomiy qadriyatlarini tahqirlash, muqaddas qadamjolarni haqoratlash, diniy kitoblarni gulhanda yondirish – bular sovet tuzumi zo‘ravonlari uchun o‘sha kezlarda odatiy tus bo‘lib qolgandi. Aniq ma’lumotlarga ko‘ra, Farg‘ona vodiysida sovet hokimiyatini or`natish chog‘ida Marg‘ilonda 7 ming, Andijonda 6 ming, Namanganda 2 ming, Bozorqo‘rg‘on va Qo‘qonqishloq (hozirgi Paxtaobod tumani) atroflarida 4,5 mingdan ziyod begunoh kishilar qirg‘in qilingan. Bunday qirg‘inlik Turkistonning boshqa shahar va qishloqlarida ham sovet hokimiyatini o‘rnatish chog‘ida sodir etildi. Sovet hokimiyati dohiylari bor ovoz bilan olamga jar solib, barcha mazlum xalqlar, elatlarga huquqiy tenglik, o‘z taqdirini o‘zi belgilash, milliy davlatchiligini tuzish va mustaqil davlat sifatida ajralib chiqishga qadar ularning haqli, huquqli ekanligini e’lon qilgan edilar. Amalda zimdan boshqacha siyosat tutib, bu jarayonning yuzaga chiqishiga butun choralar bilan to‘sqinlik qildilar. Buning yorqin ifodasi Turkistonda sovet hukumatini tuzish chog‘ida to‘la kuch bilan namoyon bo‘ldi. O`lka hududlarida sovetlar hokimyatini zo‘rlik bilan o‘rnatish jarayoni davom etayotgan bir kezda Turkiston bolsheviklari o‘zlariga o‘xshagan boshqa siyosiy partiyalar namoyondalari bilan til biriktirib, mahallliy millat namoyondalarini bu ishdan mustasno etib, o‘z hukumatini tuzishga kirishadilar. Bu hiyla-nayrangning hidini oldindan sezgan turkistonlik mahalliy taniqli arboblar mabodo yevropalik ozchilikning manfatini ko‘zlaydigan hukumat tuziladigan bo‘lsa, bu turgan – bitgan adolatsizlik bo‘ladi va ko‘pchilik aholining keskin noroziligiga olib keladi, deb o‘z nuqtai-nazarlarini oshkora bayon qildilar. 1917-yilning 12–15-noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan Umumturkiston musulmonlarining III-qurultoyi qabul qilgan qarorlarda: “hokimiyatning mahalliy aholi manfaati uchun deyarlik zid bo‘lgan begona va o‘tkinchi, tasodifiy kishilar guruhi – harbiylar, ishchilar va dehqonlar tashkilotlari qo‘lida bo‘lishi demokratik tamoyillarga javob bermaydi va mahalliy aholiga xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash asosida to‘g‘ri hayot qurishiga kafolat berolmaydi”, deb qayd etilgan edi. Biroq bu haqqoniy talab va ogohlantirishlar Turkistonda sovet hokimiyati mutasaddilari sifatida ish yuritayotgan, joylarda esa bu hokimiyatni zo‘rlik yo‘li bilan qaror toptirayotgan bolsheviklar va ularning muvaqqat ittifoqchilariga zarracha ham ta’sir etmadi. Ular o‘z muddaolariga erishish maqsadida Toshkentda 1917-yilning 15–22-noyabr kunlari Turkiston ishchi, askar va dehqon deputatlari sovetlarining III-qurultoyini chaqirdilar. Biroq uning ishida Turkiston musulmonlari vakillari teng huquqli asosda ishtirok eta olmadilar. Bu hol hukumat tarkibida ham aniq-ravshan namoyon bo‘ldi. Bolshevik F.I.Kolesov raisligida tuzilgan 7 bolshevik va 8 so‘l eser komissarlardan iborat Turkiston Xalq Komissarlari Soveti tarkibiga o‘lka aholisining qariyb 95 foizini tashkil etgan mahalliy aholining birorta ham vakili kiritilmadi. Bu endi sovet hokimiyati hukmdorlariga xos shovinistik va ulug‘ davlatchilik siyosatining tipik namunasi sifatida mahalliy aholini mensimaslik, uning manfaatlarini sa riq chaqaga olmaslikni bildirar edi. Shu bois ham yerli aholining ko‘pchiligi yangi sovet hokimiyatidan hafsalasi pir bo‘lib, unga nisbatan g‘azab-nafrati oshib bordi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling