Mavzu: Turkistonda sovet boshqaruv tiziming shakillanishi, davlat boshqaruvining o’ziga xos jihatlari
Download 1.05 Mb.
|
Tirkashov Islom 9- seminaR
Sovet hokimiyati Turkistonda sovet avtonom respublikasini tuzish va uni tashkil qilish ishlari bilan shug‘ullandi. Turkistonda sovet avtonomiyasini tashkil qilish masalasi 1918-yilning 20-aprelidan 1-mayigacha Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘lka sovetlarining IV-s’ezdida ko‘rib chiqildi. Bolsheviklar fraksiyasi taklifi asosida s’ezd qabul qilgan “Turkiston sovet respublikasi to‘g‘risida qoidalar”da RSFSR tarkibiga kiruvchi Turkiston Avtonom Sovet Respulikasi tuzilganligi e’lon qilindi. Turkiston avtonom respublikasining hududiy chegaralari belgilandi. Uning oliy qonun chiqaruvchi organi sifatida ishchi, askar, dehqon va musulmon-dehqonlar sovetlari s’ezdi, doimiy faoliyat yurituvchi oliy organi qilib esa Markaziy Ijroiya Qo‘mita belgilandi. O`lkaning boshqaruvi, uning ijroiya funksiyalari Xalq Komissarlari Kengashi tasarrufiga berildi. Joylarda esa mahalliy sovetlar va ularning ijroiya qo‘mitalari hokimiyat organlari sifatida tuzildi. Qonun chiqaruvchi organ – Markaziy Ijroiya Qo‘mitaning raisi etib bolshevik P.A.Kobozev saylandi. Uning 36 a’zosidan atigi 9 nafari mahalliy millat kishilari edi. Turkiston hukumati – Xalq Komissarlari Soveti raisi etib bolshevik F.I.Kolesov saylandi. 16 kishidan iborat ushbu hukumat tarkibiga ham atigi 3 nafar mahalliy millat vakillari kiritildi.
Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling