Mavzu: Turkistonda sovet boshqaruv tiziming shakillanishi, davlat boshqaruvining o’ziga xos jihatlari
Download 1.05 Mb.
|
Tirkashov Islom 9- seminaR
Buning asosiy sababi, o‘lkaning butun tasarrufi, taqdir-qismati yetuk milliy arboblarga emas, balki hukmron Markaz va uning Turkistonda katta vakolatlar bilan ish yuritayotgan xos namoyondalariga ko‘p jihatdan bog‘liq edi. Bunda ayniqsa, Markaz tomonidan cheklanmagan favqulodda vakolatlar bilan 1919-yil oktabrida Turkistonga yuborilgan “Turkkomissiya”ning o‘rni va roli alohidadir. Turkkomissiyaning butun faoliyati o‘lkada sovet va partiya qurilishi ishlarini jadal sur’atlar bilan olib borish, yangi tuzum asoslarini chuqur ildiz ottirish sari yo‘naltirildi. Turkkomissiya a`zolari V.Bokiy, F.Goloshche kin, V.Kuybishev, Ya.Rudzutak, M.Frunze, Sh.Eliavalarning butun qahru zahri bu hududda sovet tuzumiga qarshi yo‘nalgan harakatlarni barham toptirish edi. Ular “Turk respublikasi”, “Turk Kompartiyasi” g‘oyasini amalga oshirishga intilgan T. Risqulov, A.Rahimboyev, N.To‘raqulov, Q.Otaboyev singari mahalliy aholi vakillariga zulm o‘tkazish, ularni yo‘q qilish yo‘lini tutdilar. Xullas, Turkkomissiya siymosida o‘lka hayotida zo‘rlik bilan qaror toptirib borilayotgan bolsheviklar diktaturasining butun mazmun-mohiyati mujassamlashgan edi.
Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling