Mavzu: Turkistonda sovet boshqaruv tiziming shakillanishi, davlat boshqaruvining o’ziga xos jihatlari


Download 1.05 Mb.
bet4/5
Sana24.12.2022
Hajmi1.05 Mb.
#1057951
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tirkashov Islom 9- seminaR

Turkiston avtonom respublikasining yangi rahbarlari 1919-yil yanvar isyoni saboqlaridan zarur xulosa chiqarib, mahalliy millat ziyolilari va kommunistlari vakillarini ham birin-ketin sovet organlari faoliyatiga tortishga majbur bo‘ldilar. 1919-yil mart oyida Turar Risqulov (1894–1938) raisligida o‘lka musulmon kommunistlari byurosi – O`lka Mussovet tashkil etildi, uning “Ishtirokiyun” gazetasi tez orada nashr etila boshlandi. Mahalliy xalq orasida katta obro‘ va nufuz qozongan, ko‘p yillik inqilobiy kurash tajribasiga ega bo‘lgan T.Risqulov, N.To‘raqulov, N.Xo‘jayev, A.Rahimboyev, Q.Otaboyev, S.Tursunxo‘jayev, S.Segizboyev, O.Bobojonov, A.Ikromov singari mahalliy kommunistlar, yurt rahnamolari partiya va sovet boshqaruvi ishlariga asta-sekin jalb qilib borildi. 

  • Turkiston avtonom respublikasining yangi rahbarlari 1919-yil yanvar isyoni saboqlaridan zarur xulosa chiqarib, mahalliy millat ziyolilari va kommunistlari vakillarini ham birin-ketin sovet organlari faoliyatiga tortishga majbur bo‘ldilar. 1919-yil mart oyida Turar Risqulov (1894–1938) raisligida o‘lka musulmon kommunistlari byurosi – O`lka Mussovet tashkil etildi, uning “Ishtirokiyun” gazetasi tez orada nashr etila boshlandi. Mahalliy xalq orasida katta obro‘ va nufuz qozongan, ko‘p yillik inqilobiy kurash tajribasiga ega bo‘lgan T.Risqulov, N.To‘raqulov, N.Xo‘jayev, A.Rahimboyev, Q.Otaboyev, S.Tursunxo‘jayev, S.Segizboyev, O.Bobojonov, A.Ikromov singari mahalliy kommunistlar, yurt rahnamolari partiya va sovet boshqaruvi ishlariga asta-sekin jalb qilib borildi. 

Ularning ko‘plari qanday rahbariy lavozimlarda va murakkab sharoitda ish yuritmasinlar, o‘z imkoniyatlari darajasida o‘z xalqi, millati manfaatlarini ko‘zlab, uning orzu, armonlarini ro‘yobga chiqarish uchun doimiy kurashdilar. Masalan, Turar Risqulov 1920-yil yanvaridan shu yilning iyuliga qadar Turkiston respublikasi MIQ raisi lavozimida ishlagan davrida Turkiston xalqlarining milliy manfaatlari, o‘ziga xoslik jihatlariga javob berolmaydigan, hududiy, sinfiy manfaatlardan nari o‘tmaydigan Turkiston avtonom sovet respublikasi o‘rniga “Turk respublikasi”ni tuzish g‘oyasini amalga oshirish uchun sobitqadamlik bilan kurashdi. Shu masala yuzasidan bu inson Moskvaga qadar borib, u yerdagi Markaz rahbarlari bilan uchrashib, o‘z maqsad yo‘lini adolatli hal etishga intildi. Bunga erisholmagach, o‘z vazifasidan iste’fo berishga majbur bo‘lgan. Uning o‘rniga shu lavozimga kelgan Abdulla Rahimboyevning faoliyati ham keyinchalik shunday natijasiz yakun topdi.

  • Ularning ko‘plari qanday rahbariy lavozimlarda va murakkab sharoitda ish yuritmasinlar, o‘z imkoniyatlari darajasida o‘z xalqi, millati manfaatlarini ko‘zlab, uning orzu, armonlarini ro‘yobga chiqarish uchun doimiy kurashdilar. Masalan, Turar Risqulov 1920-yil yanvaridan shu yilning iyuliga qadar Turkiston respublikasi MIQ raisi lavozimida ishlagan davrida Turkiston xalqlarining milliy manfaatlari, o‘ziga xoslik jihatlariga javob berolmaydigan, hududiy, sinfiy manfaatlardan nari o‘tmaydigan Turkiston avtonom sovet respublikasi o‘rniga “Turk respublikasi”ni tuzish g‘oyasini amalga oshirish uchun sobitqadamlik bilan kurashdi. Shu masala yuzasidan bu inson Moskvaga qadar borib, u yerdagi Markaz rahbarlari bilan uchrashib, o‘z maqsad yo‘lini adolatli hal etishga intildi. Bunga erisholmagach, o‘z vazifasidan iste’fo berishga majbur bo‘lgan. Uning o‘rniga shu lavozimga kelgan Abdulla Rahimboyevning faoliyati ham keyinchalik shunday natijasiz yakun topdi.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling