Mavzu: Turkistonda sovet boshqaruv tiziming shakillanishi, davlat boshqaruvining o’ziga xos jihatlari


Download 1.05 Mb.
bet3/5
Sana24.12.2022
Hajmi1.05 Mb.
#1057951
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tirkashov Islom 9- seminaR

Respublika siyosiy hayotida Turkiston Kommunistik partiyasi — TKP (1918-yil iyunda Toshkentda tuzilgan) mugʻim rol oʻynagan. Hokimiyatning oliy qonun chiqaruvchi organi TSSR MIK hisoblangan. Ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organ TSSR XKS sanalgan. Birok, amalda hokimiyat RSFSR ning Toshkentdagi favqulodda organlari: Turkiston Komissiyasi, RKP(b) MK Turkiston byurosi (Turkbyuro), keyinchalik RKP (b) MK Oʻrta Osiyo byurosi (Sredazbyuro), Turkiston fronti qoʻlida boʻlgan. Soʻngra mahalliy hokimiyat RSFSRning turli komissarliklariga boʻysundirilgan. 1920-yilgacha mahalliy millat vakillari respublika oliy rahbariyati tarkibiga kiritilmagan. Keyinchalik T.Risqulov, N.Toʻraqulov, Q.Otaboyev, A.Rahimboyev, I.Xidiraliyev, R.Islomov, N.Aytoqov TSSR rahbarlari boʻlishgan.

  • Respublika siyosiy hayotida Turkiston Kommunistik partiyasi — TKP (1918-yil iyunda Toshkentda tuzilgan) mugʻim rol oʻynagan. Hokimiyatning oliy qonun chiqaruvchi organi TSSR MIK hisoblangan. Ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organ TSSR XKS sanalgan. Birok, amalda hokimiyat RSFSR ning Toshkentdagi favqulodda organlari: Turkiston Komissiyasi, RKP(b) MK Turkiston byurosi (Turkbyuro), keyinchalik RKP (b) MK Oʻrta Osiyo byurosi (Sredazbyuro), Turkiston fronti qoʻlida boʻlgan. Soʻngra mahalliy hokimiyat RSFSRning turli komissarliklariga boʻysundirilgan. 1920-yilgacha mahalliy millat vakillari respublika oliy rahbariyati tarkibiga kiritilmagan. Keyinchalik T.Risqulov, N.Toʻraqulov, Q.Otaboyev, A.Rahimboyev, I.Xidiraliyev, R.Islomov, N.Aytoqov TSSR rahbarlari boʻlishgan.
  • Markaziy hokimiyat Turkistonda bolshevistik tashkilotlarni birlashtirib, yagona kommunistik partiya tuzishga kirishdi. Safida 2 ming nafar a’zosi bo‘lgan o‘lka bolsheviklarining 1918-yil iyunida bo‘lib o‘tgan I-s’ezdida Turkiston Kompartiyasi tuzilganligi e’lon qilindi. Unda ishtirok etgan 46 delegat ichida atigi 6 nafari mahalliy millatlar vakillari edi. TKPning tuzilishi bilan Turkistondagi sovet davlatchiligining bolshevistik partiya rahbarligiga qaramligi kuchayadi.
  • Bolsheviklarning o‘lkada o‘zboshimchalik va yakka hukmdorlik siyosati ularni oxir-oqibatda mushkul ahvolga duchor etishi tayin edi. O`lkaning ko‘p sonli musulmon mehnatkashlarigina emas, balki bu yerdagi ko‘plab muxolifatchi kuchlar, siyosiy doiralar ham kuchayib borayotgan bolsheviklar yakka hokimligiga qarshi bosh ko‘tara boshladi. 1919-yil 19-yanvarda harbiy komissar K.Osipov tomonidan uyushtirilgan isyonda 14 nafar Turkiston komissarlari otib tashlandi. Ular boshchilik qilgan o‘lka sovet hukumati ag‘darildi. Biroq, sovetlarga sadoqatli kuchlar, mahalliy ishchi va askar deputatlari sovetlari, xususan, Toshkent temir yo‘l korxonalari ishchilarining qurollangan otryadlari Osipov isyonini darhol bostirib, sovet hokimiyatini saqlab qoldilar.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling