Mavzu: Turkiy tillarda kelishiklar


Download 190.32 Kb.
bet2/4
Sana28.12.2022
Hajmi190.32 Kb.
#1015541
1   2   3   4
Bog'liq
kelishiklar-1

-їŋ //-iŋ //-üŋ. Undosh bilan tugagan negizlarga qo‘shilgan. «Tafsir»da keng qo‘llangan: ul eliŋ evläri, anlarїŋ evläri.
-üŋ qo‘shimchasi kim olmoshi bilangina qo‘llangan: Sen kimüŋ og‘lї-sen?
-im XIII-XIV asrlarda I shaxs birlik va ko‘plikdagi kishilik olmoshlariga qo‘shilgan:
Menim yarlїqїm bila kirdi (Rabg‘.).
Bu bizim bāg‘imiz ermäz (Rabg‘.).
Bo‘stān bizim ermäz ermishdük (Tafsir)
Qaratqich kelishigining -nїŋ/-niŋ//-nuŋ /-nüŋ shakli bu davrda ham belgisiz qo‘llangan:
Mülk ikki bāg‘ї ikki ālam,
Sultanlїg‘ erür saŋa musallam (Xamsa).
Yїg’ach budaqlarї (Taf.) atalarїmїz dini (Rabg’.) kөzüŋ qarasї (Lutf.)/ kөzüm yashї (Atoiy) Hindustān daryālarї (BN)
Tushum kelishigi.
-nї//-ni. Bu affiks eski o‘zbek tilida daol qo‘llangan:
Yolnї berkitäyin, qamug‘nї qutqarayїn (QR).
Bu sөzni kizlädilär (TF).
Qadingi turkiy tilda qisqargan -n shakli qo‘llangan.
«Bobirnoma» asarida qaratqich kelishigi o‘rnida qo‘llangan:
Bir qїrg‘avulnї üskünäsini tөrt kishi yeb tugata almaydur (BN).
-n varianti she'riy asarlarda keng qo‘llangan va III shaxs egalik qo‘shimchasidan keyin qo‘shilgan:
Qїlїch birlä bashїn kesti (O‘N).
Ismāilnїŋ evin sordї (QR).
-ї//-i. Bu qo‘shimcha I va II shaxs egalik qo‘shimchalaridan keyin qo‘shilgan:
Adl qulag‘ї-la eshit hālїmї (Muqimiy).
Aqlїmї tamām aldї tügmäi giribaniŋ (Furqat).
Uning belgisiz qo‘llanishi ham bu davrga xos:
Qoymag‘umdur etägiŋ (Bobir).
Kөŋül shäkär bikin ag‘zїŋ kөrüp (Sakkokiy).
–g‘//-g,-їg‘//-ig//-ug‘//-üg eski o‘zbek tilida uchramaydi.
Jo‘nalish kelishigi.
Bu kelishik eski o‘zbek tilida –qa//-g‘a //- kä // -gä, –a//-ä va –na //-nä kabi variantlariga ega.

Download 190.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling