Mavzu: Turkiy tillarda kelishiklar


-g‘a//–gä jarangli undosh bilan, –qa//-kä


Download 190.32 Kb.
bet3/4
Sana28.12.2022
Hajmi190.32 Kb.
#1015541
1   2   3   4
Bog'liq
kelishiklar-1

-g‘a//–gä jarangli undosh bilan, –qa//-kä qo‘shimchasi jarangsiz undoshlar bilan tugagan so’zlarga qo‘shiladi:
Eykim barї she'r ahlїg‘a sen xān yaŋlїg‘,
She'riŋ Harї she'rlärgä sultān yaŋlїg‘ (Bobir).
XIII-XIV asr yodgorliklarida bu tartib buzilgan:
Ibrahimg‘a//Ibrahimqa, avg‘a//avqa, otg‘a //otqa (QR).
-a/-ä affikslari undosh bilan tugagan so‘zlarga qo‘shiladi. XIII- XIV she'riy asarlarda ham, prozaik asarlarda qo‘llangani holda, XV asrdan keyingi davrlarda asosan she'riy asarlarda uchraydi:
Bashlarїnї qashїma yetkürüŋüz (ShN).
Kel, taqї yurtuŋa egä bo‘l (Sh.tar) .
III shaxs egalik shaklidan so‘ng -a/-ä affiksidan oldin n (-na/-nä) tovushi orttiriladi:
Salman nazarni өzgä sanamlar jamolina (Atoiy).
Qadimgi turkiy tilga xos –g‘aru/-gärü//-qaru/-kärü//-ru/-rü affikslari eski o‘zbek tilida o‘zining kelishik funksiyasini yo‘qotgan va ravishga aylanib ketgan.
–ra/-rä affiksi «Tafsir»da uchraydi:
Ya Muhammad, tashra chїq.
Jo‘nalish kelishigining belgisiz qo‘llanishi ham eski o‘zbek tili uchun xarakterli bo‘lgan:
Senki ul yan äzimät etküŋdür (Navoiy).
Bir inisin yibärür boldї Hisār (ShN).
Jo‘nalish kelishigi boshqa kelishiklar vazifasida ham qo‘llangan:
Chiqish kelishiigi o‘rnida:
Bashig‘a nekim өtti äyladi yād (Navoiy SS).
O‘rin payt kelishigi o‘rnida:
Anї evina kөrmädi (Tafsir).
Tushum kelishigi o‘rnida:
Ul kimersägä fasiq atayurlar (Tafsir)
O‘rin-payt kelishigi.
-da/-dä jarangli undosh va unli bilan tugagan so‘zlarga qo‘shiladi:
Qayg‘uda za'if boldї (QR).
Yüzüŋdä nurї tajallї, labїŋda javhari ruh (Lutfiy).
-ta/-tä jarangsiz undosh bilan tugagan so‘zlarga qo‘shiladi:
Bu ishtä ixtїyarїm yoq turur (Atoiy).
Tanїmaqta mägär yanїlmїsh-sen (Navoiy).
Qadimgi turkiy tilda bo‘lgani kabi XIII-XIV asrlarda III shaxs egalik shaklidagi so‘zlarga qo‘shilganda n tovushi orttirilgan: yetti yashїnda.
O‘rin-payt kelishigi boshqa kelishiklar vazifasida ham qo‘llangan:
Jo‘nalish kelishiigi o‘rnida:
Men Kābulg‘a kelgandä, …Xurāsāndїn Kābulda kildilär (BN).
Chiqish kelishigi o‘rnida:
Bashїnї uch yerdä yardїlar (Tafsir).
Bu ishlärdä birini qїlsaŋїz (QR).
Meni devāna teb, axir surar ermish eshikindä (Tafsir).

Download 190.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling