Mavzu: turkiy tillarning shakllanishi va taraqqiyoti
Download 54.52 Kb.
|
TURKIY TILLARNING SHAKLLANISHI VA TARAQQIYOTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi”ning boshqa fanlar bilan aloqasi.
Shorlar (o‘zlarini «shor-kiji» deb ataydi) Sibirda Kemerevo viloyatining janubidagi Tom daryosining Kondoma va Mrassu tarmoqlari bo‘ylarida yashaydi. Shorlarning umumiy soni 16 ming kishi. Ular xristian diniga e’tiqod qiladi.
Hozirgi shorlarning avval «shorlar», «mrassu va kondoma atarlari», «kondo-malilar», «mrassulilar», «kuznes tatarlari» deb nomlaganlar. XX asrning 20-yillaridan boshlab «shor» termini Tom daryosi bo‘yida yashovchi barcha turkiy xalqlarga nibatan ishlatiladigan bo‘ldi. Shorlar qadimgi ugor, samodiy va ket qavmlarining turkiylashgan avlodlari hisoblanadi. Yoqutlar (o‘zlarini «saxa» deb ataydi)–Sibirda yashovchi turkiy xalqlardan biri. Ular Yoqutiston Respublikasining asosiy aholisini tashkil etadi. Umumiy soni 345 ming kishi. Dini – xristian. Yoqutlarning ota-bobolari VII–VIII asrdagi o‘rxun yodnomalarida tilga olingan quriqanlar bo‘lgan. Ular VI–X asrlarda Baykal yoqasida, Angaraga va Lenaning yuqori oqimida yashagan. Keyinchalik, XI asr boshida ular mo‘g‘ul qavmlari tazyiqiga uchrab, Lena buyiga ko‘chishga majbur bo‘lgan. “Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi”ning boshqa fanlar bilan aloqasi. “Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi” kursi “ Turkiy filologiyaga kirish”, “Tilshunoslikka kirish”, “Qadimgi turkiy til”, “O‘zbek adabiy tili tarixi”, “O‘zbek tilininig tarixiy grammatikasi”, “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”, “O‘zbek tilshunosligi tarixi”, O‘zbek shevashunosligi”, “Falsafa”, “Sotsiolingvis-tika” kabi fanlarda o‘rganiladigan muammolar bilan aloqador bo‘lib, ular bir-birini to‘ldirish-ga xizmat qiladi. Turkiy tillarning fоnеtik, lеksik, gram-matik хususiyatlarini, turkiy tillarning mоrfоlоgik, tipоlоgik o‘ziga хоslik-larini umumlashtirish, turkiy tillarning umumtaraqqiyot va хususiy taraqqiyot bоsqichiga оid хususiyatlarning hоzirgi turkiy tillardagi ifоdalanish darajasini bеlgilash; turkiy tillar taraqqiyotidagi tashqi va ichki оmillarning o‘rnini tahlil qilish til talaq-qiyotiga хоs хususiyatlarni o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi turkiy tillarni qiyosiy-tarixiy yo‘sinda o‘ganish, ularning turli til sathlarida mushtarakligi va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash, bularga nisbatan bo‘lgan zamonaviy yondashuvlar hamda tadqiq metodlarini o‘rganish, shu asosdagi nazariy ma’lumotlatlarni talabalar ongiga yetkazish barobarida, qadimgi turkiy davridan to hozirgacha iste’molda bo‘lib kelayotgan so‘zlarning etimolo-giyasi haqida aniq tushunchalarni sjakllantirishda, ayniqsa, o‘zbek tilining turkiy tillar orasida tutgan o‘rnini belgilashda, malakali filolog mutaxassislarni tayyor-lashda ushbu fanning ahamiyati kattadir. Download 54.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling