Mavzu: turkiy tillarning shakllanishi va taraqqiyoti


Download 54.52 Kb.
bet17/19
Sana04.05.2023
Hajmi54.52 Kb.
#1426451
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
TURKIY TILLARNING SHAKLLANISHI VA TARAQQIYOTI

Chig‘atoy atamasi mo‘g‘ullar istilosidan keyin paydo bo‘lgan. Chunki
Chingizxon vafotidan oldin bosib olgan o‘lkalarni o‘g‘il va nabiralariga taqsimlab
bergan edi. Shunga ko‘ra, O‘rta Osiyo va Shimoliy Afg‘oniston o‘rtancha farzandi
Chig‘atoygacha berilgan. Uning hududlariga qaraydigan yerlar chig‘atoy yurti,
elatlar esa chig‘atoy ulusi, mazkur territoriyada yaratilgan adabiy, tarixiy asarlar
asta-sekin, davrlar o‘tishi bilan chig‘atoy adabiyoti, uning tili sun’iy ravishda
chig‘atoy tili nomi bilan yuritiladigan bo‘ldi.11 Shu o‘rinda aytish joizki, Chig‘atoy
adabiyoti atamasi o‘zbek mumtoz adabiyoti, Chig‘atoy tili, chig‘atoy turkiysi
atamasi eski o‘zbek adabiy tili o‘rnida ishlatilgan. G.Blagovaning yozishicha,
bu atama dastlab XIII-XIV asrlarda Chig‘atoy sulolasi (turk-mo‘g‘ul), davlat
hokimiyatining oliy tabaqa vakillari, shuningdek, cherikka nisbatan qo‘llanilgan.
Keyinchalik, XIV asrda Mavoraunnahr va Xurosondagi turk ulusi, XVI asrdan
boshlab, Mavoraunnahrdagi turkiy va forsiy aholiga nisbatan qo‘llangan3.
Chig‘atoy nomi hozir ham respublikaning turli yerlaridagi joy, suv
nomlarida, kishilar ismida saqlangan: Chig‘atoy oqtepa, Chig‘atoy ko‘chasi,
Chig‘atoy mahallasi, Chig‘atoyxon, Chig‘atoev, Chig‘atoynisa. Mavlono Lutfiy
o‘z devoniga kirgan bir g‘azalda Chig‘atoy so‘zini Toshkent viloyati yoki
Turkiston eli ma’nosida ishlatgan: Sendek sanamni ko‘rmadi Lutfiy Chig‘atoyda Chin so‘yla Xito ho‘blariga ne bo‘lursen deb. Navoiy «Chor devon»ida chig‘atoy, jo‘ji atamalari urug‘, qabila nomlarini bildirgani haqida ma’lumot berilgan: «Turkiy qavm jo‘jidur, inoq, chig‘atoy». Binobarin, XV-XVI asrlarda bu nomning ijtimoiy siyosiy vazifasi kengayib, butun Mavoraunnahr hududini, uning xalqi (chig‘atoy eli va ulusi) va tili (chig‘atoy turkiysi)ni ifodalay boshladi. Jumladan, Muhamad Solih
“Shayboniynomasi”da: Chig‘atoy el meni o‘zbek demasun, Behuda fikr qilip g‘am yemasun.
Abushqa” lug‘atida “yurt” ma’nosida Chig‘atoy, Chig‘atoy diyori nomlari
qo‘llanilgan. XVI asrda yuz bergan temuriylar saltanatining inqirozi va
Mavoraunnahrda shayboniylar hokimiyatining barpo etilishi, o‘zbekqipchoqlarining bu o‘lkaga kirib kelishi oqibatida ushbu atama asta – sekin
iste’moldan chiqa boshladi.12 Venger sharqshunosi H.Vamberi “chig‘atoy tili” atamasi ostida XII asrda tashkil topib, XIX asrgacha keng ishlatilgan adabiy tilni tushungan. V.Radlov, P.Melioranskiy kabi olimlar esa bu atamaning qo‘llanish doirasini XIV-XVI asrlar deb chegaralaydi. A.Samoylovich chig‘atoy tilining tarixini besh asrga uzaytiradi:
1.Chig‘atoy adabiy tilining oltin davri (XV-XVI asrlar).
2.Chigatoy adabiy tilining inqirozi (XVII-XVIII asrlar).
3. Chig‘atoy adabiy tilining qayta jonlanishi (XVII-XVIII asrlar).
V.Reshetov qayd qilganidek, eski o‘zbek tiliga nisbatan “chig‘atoy tili”
atamasini hatto shartli ravishda ham qo‘llab bo‘lmaydi. Mazkur atama Abulg‘ozi
Bahodirxon, Radlov, Sherbak yozganidek, “sun’iy til”, nisbiy atamadir. Chunki
chingiziylar Mavoraunnahr xalqlari madaniyati, tilida sezilarli iz qoldirgan emas.
Qolaversa, bu o‘lkada faqat turkiylar yashagan. Aksincha, turkiy xalqlarning
chingiziylarga ta’sir kuchli bo‘lgan.13 Masalan, XIII asrda yashab o‘tgan yevropalik
sayyoh Gilom Rubrikning yozishicha, Chingizxonning buyrug‘i bilan turkiy (ba’zi
manbalarda uyg‘ur) yozuv asosida mo‘g‘ul xati yartilgan. Yana bir ma’lumot:
Nosiruddin Rabg‘uziy “Qisasi Rabg‘uziy” asarini islom dinini qabul qilgan,
mo‘g‘ul beklaridan bo‘lgan Nosiruddin To‘qbug‘abekning iltimosiga binoan hijriy
709-710 (milodiy 1309-1310) yillarda bitganini yozadi. Bu chingiziylar
hukmronligi davom etayotgan bo‘lsa ham Volga bo‘ylaridan to Xitoy
chegaralarigacha cho‘zilgan ulkan hududda mo‘g‘ullar qanday
turkiylashayotganini va islom ta’limotini turkiy tilda «o‘qimoqqa keraklik,
o‘rganmakka yarog‘liq» kitoblar orqali qabul qilib musulmon bo‘layotganini
ko‘rsatadigan tarixiy dalildir. Shunday ekan, Mo‘g‘ullar istilosidan ancha ilgari
shakllanib, tarqqiy etgan xalq, til va adabiyotni chig‘atoy nomi bilan bog‘lashga
hech qanday asos yo‘q. O‘zbeklarning o‘troq qismi XVI asrgacha turk nomi bilan yuritilib kelgan, undan keyin ularning ma’lum qismi – shahar aholisi sart deb ataladigan bo‘ldi. XVI asrdan boshlab, Chirchiq, Ohangaron, Qoradaryo va Norin daryosi vodiysida yashovchi aholi, ularning qaysi tilda so‘zlashishidan qat’iy nazar sartlar deyilgan.
Bundan so‘ng Zarafshon vodiysi va Xorazm vohasidagi o‘troq dehqon-kosib
hunarmand aholi ham sart nomi bilan yuritgan. Demak, sart atamasi etnik ma’noni
emas, kishilarning kasbi, xo‘jaligi, turmush tarzini anglatgan.
Sart atamasi birinchi marta Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida
uchraydi. Negu ter eshit emdi sartlar bashi (DTS,490). Sart atamasi aslida sanskrit
tilidan olingan bo‘lib “karvonboshi, savdogar, shaharlik ma’nolarini anglatgan.
Bunda sartlar alohida guruh bo‘lib, ularning boshliqlari ham bo‘lgani xususida gap
boradi. “Devonu lug‘otit turk”da “savdogar” semasida kelgan: sartning azuqi arig‘
bo‘lsa yo‘l uza yer
(MK,I,76). Sart atamasi aslida sanskrit tilidan olingan bo‘lib
“karvonboshi, savdogar, shaharlik” ma’nolarini anglatgan Arablar esa O‘rta
Osiyodagi musulmonlarni sart nomi bilan atashgan. Rashididdinning “Jome-uttavorix” kitobida mo‘g‘ullar qarluqlarni sart deb ataganligi yoziladi. Nosiruddin
Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy” asarida mazkur leksema o‘troq aholini
bildirgan. Navoiy “Muhokamatul lug‘atayn” asarida forsiy tilda so‘zlovchilarni
sart, sart ulusi, sart eli va forsigo‘y atamalari bilan tilga oladi. Ularning tilini esa
sart tili, sart lafzi, forsiy, forsiy til, forsiy alfoz singari tushunchalar bilan
ifodalaydi. Bobur bu so‘zni ham fors-tojiklar, ham o‘troq aholiga nisbatan
qo‘llagan: eli sarttur; ba’zi kentlarda sartlardur. Muhammad Solih
“Shayboniynoma” asarida Samarqand qamalini ta’riflab, uning xalqini sart deb
qayd etadi: Sartlar asru zabun bo‘ldilar. Bu shayboniylar istilosidan keyin O‘rta
Osiyodagi o‘troq aholi ham ko‘chmanchi o‘zbeklar tomonidan sart deb
yuritilganini ko‘rsatadi. Atama Abulg‘ozi Bahodirxon va XIX asr Qo‘qon
tarixchilarining asarlarida ham ayni ma’noda tilga olinadi.
Venger olimi Vamberi “O‘rta Osiyo bo‘ylab sayohat” (1865) kitobida sart
so‘zi “shaharlik” ma’nosini bildiradi deb yozgan edi. Keyinchalik XIX asr 2-
yarmidan keyin sart atamasi o‘zbeklar va ularning tiliga nisbatan ishlatiladigan
bo‘ldi: sartiya eli, sartiya lisoni (sart tili, sart iborasi). Mazkur atama chorizm,
ruslar tomonidan mahalliy aholiga nisbatan qo‘llana boshlagan. Bu haqda qator
kitoblar yaratildi. Xususan, ruslarning o‘zbek tilini, ayni paytda, o‘zbeklarning rus
tilini o‘rganishlari uchun V.Nalivkin xotini M.Nalivkina bilan birgalikda «Русскосартовский и сартовско-русский словарь обшеупотребительных слов с
приложением краткой грамматики по наречиям Наманганского уезда»
(Kazan, 1884; ikkinchi nashri Toshkent,1912), V.Nalivkinning «Руководство к
практическому изучению сартовского языка» (Samarqand,1898),
N.Pantusovning «Материалы к изучению сартовского наречия тюркского
языка. Маргеланская сказка о старце и дочери купца» (1899) kitoblari yaratildi.
O‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi, uning nomlanish tarixi xususida
S.Tolstov, A.Yakubovskiy, Ya.G‘ulomov, L.Omanin, M.Vahobov, A.Asqarov,
B.Ahmedov, I.Jabborov kabi olimlarning tadqiqotlari mavjud.
O‘zbek atamasi garchi o‘ziga bek, mustaqil beklik kabi ma’nolarni bildirgan so‘z deb yuritila boshlagan bo‘lsa ham qadimda bu so‘z qanday ma’noni anglatgani aniq emas. B.Ahmedovning qayd etishicha, XVI asrning 2 - yarmida Dashti Qipchoqning katta qismi, xususan, Oq O‘rda va Shaybon ulusida ko‘chib yurgan turk-mo‘g‘ul qabilalari o‘zbeklar, bu bepoyon hudud o‘zbeklar viloyati, deb atala boshlanadi.
Bundan o‘zbeklar Dashti Qipchoqqa faqat XIV asrning ikkinchi yarmidan paydo
bo‘lgan degan xulosasi kelib chiqadi.
Tarixiy asarlarda Shayboniyxon boshchiligida O‘rta Osiyo ishg‘ol qilgan
barcha qabila va urug‘lar o‘zbeklar deb ataladi. X.Doniyorov (O‘z tariximizni
bilasizmi \\ Guliston, 1990. №9) maqolasida manbalarga suyanib, o‘zbek
atamasining XI asrda ham ishlatilganini ta’kidlaydi. Olimning qayd etishicha, XI
asrda Suriyada yashagan arab tarixchisi Usoma Ibn Munqizning “Kitob al e’tirof”
(Ibratli kitob) asarida yozilishicha, “o‘zbek qavmiga mansub kishilar o‘sha
vaqtdayoq Arabistonda ancha mavqe egallaganlar, u yerdagi shaharlarga hokim
bo‘lganlar va ularning ixtiyorida o‘z lashkarlari bo‘lgan hamda ular
yevropaliklarning salb yurishlarida musulmonlar tomonida turib jang qilganlar.
“O‘zbekistonning etnik atlasi”da o‘rganilayotgan atama Chingizxonning
katta o‘g‘li jo‘chi xonadoniga mansub yettinchi podshoh O‘zbekxon (1312-1340)
nomidan kelib chiqqanligi aytiladi. O‘zbek so‘zi urug‘, qabila, elat, saxiy, odamoxun, diltortuvchi, suyukli ma’nolarida Lutfiy, Atoiy, Navoiy asarlarida ham uchraydi:

Download 54.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling